553
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
ISSN: 2181-3132
Vol. 1 No. 4 (2022)
scientific journal impact factor 4.7
USLUBIYAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Sayliyeva Anora Azamat qizi
Buxoro davlat universiteti Pedagogika
instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6589235
ANNOTATSIYA
: Mazkur maqolada nutq uslublari va adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum
sohasi doirasida qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
uslubiyat, so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik
uslub.
Hammaga ma’lumki, odamlar turli nutqiy vaziyatlarda turlicha gapiradi.Bunda nutq tuzishdan
bir maqsad bo‘ladi. Shu maqsad asosida , ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir soha doirasida (masalan,
ilmiy, rasmiy, badiiy kabilar) muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llaniladigan
til shakli nutq shakli
hisoblanadi. Har bir uslub o‘ziga xos til xususiyatlariga ega bòladi. Bu xususiyatlarni bilish, to‘g‘ri
gapirish va yozish, aniq , ta’sirli va tugal nutq tuzish imkoniyatini beradi. Nutq uslublariga tegishli
til xususiyatlarining jami uslubiyat deyiladi.O‘zbek tilshunosligining ma’lum darajada yangi sohasi
hisoblanadigan , nutq uslublarini o‘rganuvchi bo‘limi uslubiyat
yoki uslubshunoslik deb
ataladi.So‘zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik darajasiga ko‘ra
uslubiy
xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi.
Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llaniladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar,
bunday
xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi.
Uslubiy betaraf so‘zlar: maktab, shaxmat, ovqat, futbol, eshik, kitob, ota, piyola, dars .
Uslubiy xoslangan so‘zlar: maqola,
binobarin, dudoq, meng, istiora,
muhtaram, nota,
shartnoma kabilar.
O‘zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1)so‘zlashuv uslub; 2)badiiy uslub; 3) ilmiy
uslub; 4) rasmiy uslub; 5) publitsistik
uslub
Bulardan so‘zlashuv uslubigina og‘zaki, qolganlari esa yozma va og‘zaki hisoblanadi.
Ilmiy asar , ilmiy ma’ruza
matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki nutqqa xos.
Badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) ko‘rinishi mavjud.