Yevroosiyo bioxilma-xilligini saqlash: zamonaviy muammolar, yechimlar va istiqbollar



Yüklə 245,15 Kb.
səhifə1/4
tarix03.02.2023
ölçüsü245,15 Kb.
#82543
  1   2   3   4
Axborot xati 26.01.2023 (O\'zbek tilida)









Andijon davlat universiteti

Ege universiteti

Baku davlat universiteti

YEVROOSIYO BIOXILMA-XILLIGINI SAQLASH: ZAMONAVIY MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDAGI


I XALQARO KONFERENSIYA


Andijon davlat universiteti, Andijon shahri, O‘zbekiston Respublikasi


AXBOROT XATI
Hurmatli biolog olimlar va ekologlar!
Sizlarni 2023-yil 15-17 may kunlari Andijon davlat universitetida (O‘zbekiston) Ege unıversıteti (Turkiya) va Baku davlat universitetlari (Ozarbayjon) hamkorligida o‘tkaziladigan “Yevroosiyo bioxilma-xilligini saqlash: zamonaviy muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida I Xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.
Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – Yevroosiyoda bioxilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish hamda monitoring qilish asoslarini muhokama etish.
Konferensiyaga maqolalar o‘zbek, turk, ozarbayjon, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi. Konferensiya materiallari to‘plam ko‘rinishida nashr etiladi. Konferensiya to‘plamiga kiritilgan barcha maqolalar “Google Scholar” hamda Ilmiy qo‘mita tomonidan eng yaxshi deb topilgan maqolalar “Scopus” bazasiga kiritiladi (“Scopus” bazasi uchun tanlangan maqolalar muallifga qayta tahrir qilish uchun yuborilishi mumkin).


Anjuman yo‘nalishlari:
1- seksiya: Yevroosiyoda genetik bioxilma-xillikning muammolari va yechimlari;
2- seksiya: Suv ekosistemalarining biomonitoringi va ularni muhofaza qilish;
3- seksiya: Noyob o‘simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish, ularni qayta tiklash;
4- seksiya: Yevroosiyoda fotosintetik organizmning saqlanishi.
5- seksiya: Yevroosiyodagi zamburug‘lar va ularning simbiotik sheriklarini saqlash.



Yüklə 245,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin