— Fizika” ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 42-guruh talabasi Jalilova Matlubaning


Jismlarning ichki energiyasining o’zgarishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/12
tarix30.03.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#91397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
— Fizika” ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 42-guruh talabasi Jalilova M

Jismlarning ichki energiyasining o’zgarishi.
Jismning ichki energiyasi qandaydir o’zgarmaydigan kattalik emas, bir jismning o’zida ichki energiyasi o’zgarib turishi mumkin. Masalan, tempratura ko’tarilganda jismning ichki energiyasi oshadi, shu jism molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi oshadi. Temperature pasayganda esa aksincha, jismning ichki energiyasi kamayadi.
Shuningdek jism bir agregat holatidan ikkinchisiga o’tganda, deformatsiyalanganda, maydaroq bo’laklarga parchalanganda uning ichki energiyasi o’zgaradi, chunki bu hollarning barchasida zarralarning bir-biriga nisbatan joylashuvi o’zgaradi, demak ularning potensial energiyasi ham o’zgaradi.
Bu aytilganlarda kelib chiqadiki, jismning ichki energiyasi uning holatiga bog’liq emas. Jism holati o’zgarganda uning ichki energiyasi ham o’zgaradi.
Endi qanday jarayonlar natijasida jismning ichki energiyasi o’zgarishini ko’raylik.
Agar harakat qilayotgan jism ishqalanish kuchini yengib ish bajarsa, uning mexanik energiyasi kamayadi, shu bilan birga jismning holati ham o’zgaradi. Ishqalanganda jismlar isiydi, mayda bo’laklarga parchalanadi, hatto bir agregat holatdan ikkinchisiga ham o’tish mumkin. Demak ish bajarish jarayonida jismning ichki energiyasi o’zgaradi.
Jismlarning ichki energiyasini boshqa yo’llar bilan ham o’zgartirish mumkin. Gaz plitaqsi ustiga qo’yilgan suv qaynaydi, uning ichki energiyasi o’zgaradi. Uydagi mhavo va boshqa buyumlar pechkadan yoki bug’ bilan isitish batareyasidan issiqlik olib isiydi, demak, ularning molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi ko’paygani uchun ichki energiyasi ko’payadi.
Ammo bunnda ish bajarilmaydi. Demak, ichki energiyaning o’zgarishi faqat ish bajarilgandagina emas, balki turli issiqlik jarayonlarida ham ro’y berishi mumkin ekan.
Jism ichki energiyasining hech qanday ish bajarmasdan o’zgarishi jarayoni issiqlik uzatish deb ataladi. Issiqlik uzatish jismlar bevosita bir-biriga tekkanda ham, bir-biridan ma’lum uzoqlikda bo’lganda ham ro’y beradi.
Demak, jismning ichki energiyasi oshsa, u atrofdan ma’lum bir miqdorda energiyaolmgan bo’ladi, yoki aksincha ichki energiyaning kamayishi esa jism o’z energiyasidan bir qismini berganligini ko’rsatadi.
Issiqlik deb ataladigan maxsus kattalik issiqlik uzatish jarayonida jismning olgan yoki bergan energiyasining o’lchovi bo’ladi.
Shunday qilib, jismning ichki energiyasni ikki usul bilan: mexanik ish bajarish yoki issiqlik uzatish usuli bilan o’zgartirish mumkin.
Ichki energiyaning mexanik energiyaga aylanishidek teskari jarayonni ham kuzatish mumkin. Agar broberka ichidagi suv uzatilsa suvning ichki energiyasi orta boshlaydi. Suv qaynaydi, bug’ bosimi shu qadar ortib ketadiki, tiqin otilib chiqib, yuqoriga uchib ketadi. (2-rasm). Tiqinning kinetik energiyasi bug’ning ichki energiyasi hisobiga ortadi. Suv bug’i kengayganda ish bajarib soviydi. Bunda bug’ning ichki enrgiyasi kamayadi.



Silindrdagi gazning ichki energiyasi ish bajarish yo’li bilan ham, gazni isitish orqali ham o’zgartirish mumkin. (3-rasm)

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin