“ Ijtimoiy fanlar


Estetika haqida tushuncha



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə366/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 
Estetika haqida tushuncha
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch 
ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha 
bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at 
turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan 
edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714–
1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laybnits (1646–
1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql – idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga 
bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. 
Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan – mantiqning, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan – 
Axloqshunoslikning (etika) falsafiy fanlar tizimida ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-
tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu 
boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni 
anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – 
«estetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
1-o‘quv topshiriq 
3x4 organayzerini to‘ldiring 
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali
talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
Estetika –bu .......


Seminar mashg’ulotlari 
341 
Estetikaning mezoniy tushunchalari 
 
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. SHu bois u 
estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero, go‘zallikning 
ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, 
ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga, miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon 
minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, 
qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona 
mo‘rkonidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, 
ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan Axlat «tog‘i»ga qarab 
zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari 
asosida bunyod etilgan; tog‘ esa, tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘rkonida ham, Axlat 
«tog‘»ida ham hajm, miqdor bor-u, lekin bir narsa – go‘zallik etishmaydi. Minora bilan tog‘dagi 
hajmni mahobatga aylantiruvchi unsur, bu – go‘zallik. Fojiaviylik xususiyatida ham go‘zallikning 
ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi 
Austrlitsda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador 
bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini mahkam siqib, 
ko‘m-ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit – bayroqdor zobitning 
tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu – go‘zal 
o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining o‘limi – fojiaviylik, o‘limning qahramonlikka 
aylanishi – ulug‘vorlik; fojiaviylik bilan ulug‘vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa, 
go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. SHuning uchun ham Napoleonning 
hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va 
tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi 
unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti – go‘zallik, biroq, birinchi 
galdagi vazifasi ana shu go‘zallikni aks ettirish hisoblanadigan san’at ham o‘z navbatida 
nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin