12.3. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi
me‘zonlar.
ugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat
uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar
siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o‗rin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro
bank amaliyotida turli xil
yondashuvlar mavjud. Ulardan so‗nggilari sifatida ―The New Index for Central
Bank Independence‖ reytingli baholash ko‗rsatkichini keltirish mumkin.
Ushbu
ko‗rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini
aniqlaydi. Bunda asosiy me‘zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh:
Monetar
siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik
(MM) ko‗rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham
tarkiban balli baholashga
asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
A1. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va
vazifalarni o‗rnatishdagi mustaqilligi.
a)
Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar
barqarorligi yoki baholar
barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga mo‗ljallangan monetar siyosatning
vazifasi bo‗lsa (3 ball)
b)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi
va boshqa aspektlar,
masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi
hamda bank sektori
barqarorligini ifodalasa (2 ball)
c)
Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o‗sish
hamda ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa (1 ball)
d)
Monetar siyosatning maqsadi to‗g‗ridan-to‗g‗ri iqtisodiy o‗sish va ish bilan
bandlik barqarorligini qisman ta‘minlasa yoki baholar barqarorligini ta‘minlashga
imkoni yo‗q bo‗lsa (0 ball)
A2. Vazifalar va ko‗rsatgichlarni belgilash mustaqilligi
Dostları ilə paylaş: