64
hozirgi vaqtning eng mashhur depressiyasi bu 1929- yilda oddiy moliyaviy
vahimadan
boshlanib
Ikkinchi
jahon
urushiga
qadar
davom
etgan
Buyukdepressiyadir. 1929 -yilgi fojiadan so‗ng iqtisodchilar va siyosatchilar bu
holatni qayta takrorlamaslikka qaror qildilar. Bu vazifani samarali va talafotlarsiz
bajarish maqsadida faqatgina «depres siya» so‗zining o‗zini iste‘moldan
chiqarishga muvaffaq bo‗lindi. 1937-1938 yillarda navbatdagi og‗ir depressiya
sodir bo‗lganda esa, iqtisodchilar bu so‗zning o‗rniga, yanada jarangdor yangi
«retsessiya» tushunchasini muomalaga kiritishdi.
Ammo qisqa mudsatda «retsessiya» so‗zi ham nozik hissiyotli amerika
ommasi uchun birmuncha qo‗poldek tuyuldi. So‗nggi retsessiya 1957-1958
yillarda yuz bergani e‘tiborga olinsa, shu paytdan buyon moliyaviy inqiroz
ko‗rinishida iqtisodiy pasayish, «orqaga ketish», «chetlashish» kabi tushunchalar
foydalanila boshlandi.
Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan
bo‗lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy
hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970-
2002 yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980-2002 yillar mobaynida esa
77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan.
Shuningdek, ayrim iqtisodchilar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotiga (OESO) a‘zo bo‗lgan rivojlangan davlatlarda 1980-2000 yillar
mobaynida 7 ta tizimli inqiroz, xususan, AQSH, Portugaliya va Italiyada kichik
ko‗lamdagi inqirozlar, YAponiya, Norvegiya, SHvetsiya va Finlyandiyada esa
keng ko‗lamli inqirozlarning yuzaga kelishini asoslashga harakat qiladi.
Norvegiya va Finlyandiyadagi inqirozlar moliyavii tartibga solish tizimidagi
nuqsonlarning natijasi bo‗lib, iste‘mol va ko‗chmas mulk uchun olingan tijorat
kreditlari miqsorining keragidan ortiq darajada oshishiga va uyjoy hamda molmulk
bozorida ―ko‗pik‖larning avj olishiga sabab bo‗ldi. Pirovardida bu inqiroz
mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatiga keskin salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
1991 -1993 yillar davomida Finlyandiyada real uyjoy baholari 30 foizga
pasaydi, SHvetsiyada esa mazkur davrda baholarning pasayishi 25 foizni tashkil
qildi. Har ikki davlatda ham bank tizimini milliylashtirish choralari ko‗rildi.(1-
jadval)
Yaponiyadagi inqiroz jarayonlari sezilarli darajada uzoq muddat davom
etgani bois yalpi yo‗qotishlar hajmi ham shunga mos ravishda yuqoridir. Ayni
paytda, Yaponiya iqtisodiyoti ―likvidlilik tuzog‗i‖ga tushib qolgan bo‗lib, nol
darajadagi foiz stavkalar monetar siyosat samarasini haqiqatda yo‗qqa chiqarar edi.
Zero, J.M.Keynsning ―likvidlilik tuzog‗i‖ konsepsiyasiga ko‗ra, likvidlilik tuzog‗i
yuzaga kelganda foiz stavkasining amaldagi holatida aholi har qanday miqdordagi
pul mablag‗ini ham o‗zida saqlashga harakat qiladi.
15.1-jadval
Dostları ilə paylaş: