― pul va banklar


Tovar xo‗jaligi sharoitida pulning roli



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   266
pul va banklar (2)

Tovar xo‗jaligi sharoitida pulning roli 
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi 
iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga 
e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish 
yoki xizmat turini ko‗rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish 
maqsadida bir necha xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni 
o‗rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‗rsatish jarayonida ishtirok etayotgan 
xodimlarning mehnati uchun haq to‗laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. 
Bularning barchasi tomonlar o‗rtasidagi o‗zaro iqtisodiy hamkorlik va 
manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va 
manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning 
asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki 
firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘moli uchun emas, balki 
bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‗rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu 


ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga 
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗ratasida 
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‗ynaydi. 
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasida ayirboshlanadigan tovar 
yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‗ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va 
taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim 
iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir 
qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‗lgan talab darajasi, sotib 
oluvchining to‗lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning 
ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, pulning tovar xo‗jaligi 
sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi. 
Xususan ular quyidagilardan iborat.
1. 
Iqtisodiyotning 
barqarorligi 
va 
raqobatbardoshligi

Mamlakat 
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va 
xizmatlarga bo‗lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish 
imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. 
Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib 
ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga 
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‘minlanganligi
. Ma‘lumki, Markaziy 
bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan, 
ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat 
boshqaruv organlari bosimidan holi bo‗lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning 
barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‗jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi

Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‗lgan ishonchining yuqoriligi 
pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning 
banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‗sh pul 
mablag‗larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‗yishga undaydi. Bu esa 
pulning jamg‗arma vositasi va to‗lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, 
birinchidan, pul egalariga qo‗shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning 
real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‗jaligi 
sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
4. Inflyasiya darajasining tegishli me‘yorlarda saqlab turilishi
. Milliy 
valyutaning inflyasiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan 
ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Inflyasiya darajasi 
yuqori bo‗lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit 
muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar 
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‗zaro olib sotish yo‗li bilan daromad izlash 
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‗lgan talabi mahalliy 
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning 
barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin