― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   266
pul va banklar (2)

Elektron to„lovlar.
 Arzon kompyuterlarning yaratilishi va Internet ni keng tarqalishi elektron 
to‗lovlarni tatbiq etishga shart-sharoit yaratdi. Qadimda cheklarni pochta orqali 
yuborish orqali to‗lashingiz shart edi. Ammo hozirgi kunda siz banklarning Web 
saytiga kirib, bir nechta klavishlarni bosish orqali to‗lovni elektron ko‗rinishda 
yuborishingiz mumkin. Siz nafaqat pochta xarajatlarini kamaytirasiz, balki kam 
harakat talab qilganligi bois hisobni to‗lash deyarli sevimli mashg‗ulot 
hisoblanadi. Banklar tomonidan ta‘minlangan elektron to‗lov tizimi hisobni 
to‗lash uchun tarmoqqa ulanish zaruriyatidan qutqarib, takrorlanadigan to‗lovlar 
avtomat ravishda sizning hisobraqamingizdan echib olinadi. Baholanishicha 
to‗lovni chekda amalga oshirilishiga nisbatan elektron ko‗rinishda o‗tkazilishi 1 
dollardan ortiq tranzaksion xarajatni keltirib chiqaradi. SHuning uchun AQSHda 
elektron to‗lovlar yanada kengroq qo‗llanilmoqda.
Elektron to‗lovlar texnologiyasi faqatgina elektron shaklda mavjud bo‗lgan 
pul – 
elektron ko„rinishdagi pullar
(yoki 
e-money
) nafaqat cheklarni balki naqd 
pullarning o‗rnini bosdi. Elektron pullarning birinchi ko‗rinishi debet plastik 
kartochkasi edi. Debet plastik kartochkasi kredit kartochkasiga o‗xshash bo‗lib, 
ist‘emolchilarning 
bank 
hisobraqamlaridan 
mablag‗ni 
sotuvchining 
hisobraqamiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗tkazish orqali tovar va xizmatlarni sotib olish 


imkonini beradi. Debet kartochkalar kredit kartochkalar qo‗llanilayotgan 
ob‘ektlarda foydalanilib, naqd pullarga qaraganda ko‗proq ishlatilmoqda. 
Masalan, ko‗plab supermarketlarda siz debet kartochkangizni maxsus hisoblovchi 
kassa apparati orqali o‗tkazib, tugmani bossangiz, xaridingizni qiymati bank 
hisobingizdan echib olinadi. Ko‗plab banklar va Visa hamdaMaster Card 
kabikompaniyalar debet kartochkalarni chiqarishadi. Bankomat uchun kartochka 
ham debet kartochka sifatida ishlaydi. Elektron pullarning ancha takomillashgan 
shakli – xotirali kartochka hisoblanadi. Bunday kartochkalarning soddaroq 
varianti telefon ko‗rinishida bo‗lib, oldindan pul to‗lash orqali sotib olinadi va 
ist‘emolchi tomonidan ma‘lum bir xaridlarni amalga oshirish imkoniyati bo‗ladi. 
Xotirali ancha murakkab kartochka smart karta xisoblanadi. Kartochka 
mikroprotsessori bank xisobvarag‗idan elektron pullarni echib olish orqali smart 
kartani elektron pullar bilan to‗ldiradi. Smart kartalar bilan telefon apparatlari va 
personal kompyuterlar bilan maxsus jihozlangan bankomatlar ishlaydi. Elektron 
pullarning uchinchi shakli tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun 
foydalaniladigan elektron naqd pullar hisoblanadi. Xaridor Internetda foydalanish 
orqali bank xisobraqamini yuritishi natijasida o‗zining personal kompyuterida 
naqd pullarni qabul qiladi. Xaridni amalga oshirishni to‗xtatish uchun elektron 
magazinga murojaat qiladi va tanlab olingan tovar bilan bir qatorda ―sotib 
olmoq‖ knopkasini bosadi. Natijada elektron naqd pullar avtomat ravishda 
o‗zining kompyuteridan sotuvchining kompyuteriga uzatiladi. Sotuvchi pullarni 
sotib oluvchining bank xisobraqamidan tovarlarni yuklab jo‗natishgacha bo‗lgan 
davr oralig‗ida qabul qiladi. Elektron pullarning qulayligini xisobga olgan holda 
aytishimiz mumkinki, barcha to‗lovlar elektron ko‗rinishda amalga oshiriladigan 
naqd pulsiz jamiyatga tezkorlik bilan o‗tish imkoniyatiga egamiz. Ammo bu hodisa 
sodir bo‗lmadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin