― pul va banklar


Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266
pul va banklar (2)

3.5.Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi 
‗zining 1936 yilda chop etilgan

"Ish bilan bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi" mashxur kitobida Djon Meynard Keyns klassik yondashishdan 
bosh tortdi, aylanish tezligining doimiy ekanligi to‗g‗risidagi va pulga bo‗lgan 
talab nazariyasini ishlab chiqdi , protsentli stavkalarning rolini alohida e‘tiborga 
olib, bu pulga bo‗lgan talab nazariyasi likvidlikni ustun ko‗rilishi deb 
nomlanadigan nazariya―nega aholi pulni ushlab turadi?― degan savolga javob 
beradi. U taxmin qildiki pulga talab 3 ta sabab orqali izohlanadi : transaksionli, 
spekulyativ va ehtiyotkorlik motivi
38

Transaksion motiv
Klassik yondashishga ko‗ra aholi pulni almashinish vositasi sifati o‗zida 
ushlab turadi (har kungi transaksion amallarni bajarish uchun).
Klassik yondashish amaliga ko‗ra Keyns ta‘kidlab o‗tdiki pulga bo‗lgan 
talabning bu tarkibi avvalambor transaksiya darajasi bilan belgilanadi. 
Klassiklarning fikriga qo‗shilgan holatda transaksiya darajasi daromadga 
proporsional, Keyns taxmin qilar ediki pulga bo‗lgan talabni tashkil qiladigan 
transaksiya daromadga proporsional. 
Ehtiyotkorlik motivi
Klassiklarnnig nazariyasidan tashqariga chiqqan holda Keyns aniqladiki 
odamlar har kungi ehtiyojlarini bajarishdan tashqari kutilmagan vaziyatlar uchun 
ham pulni saqlashadi. Faraz qilamiz siz avaldan stereosistema sotib olmoqchisiz 
va u sotiladigan do‗konni topdingiz ham deylik u protsentga sotilar ekan.. Agar 
sizda kutilmagan vaziyatlar uchun pul bo‗lsa siz uni hoziroq sotib olasiz, agar 
bunday pul bo‗lmasa siz sotuv imtiyozlaridan foydalana ololmaysiz. Kutilmagan 
vaziyatlar uchun bo‗lgan pullar bundan ham yoqimsizroq tovarlarni va xizmatlar 
uchun ham kerak bo‗lib qolishi mumkin misol uchun avtomobil remonti uchun yoki 
davolanish uchun. 
Keyns taxmin qilardiki, pul miqdori kutilmagan vaziyatlar uchun, avvalombor 
kutilayotgan transaksiya amallarining darajasiga bog‗liq, kutilayotgan 
transaksiya darajasi esa daromadlarga proporsional. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin