darajasidir.
PI
Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq tushunishimiz uchun 2 ta A va B
shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni kichikroq biroq aholi soni B
shaharchanikidan ko‘proq. Shunga ko‘ra, A sharchada bank strukturasi yaxshi
rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori darajada tashkil qilingan. A
shaharchada bank muassasalari soni ko‘p bo‘lib, pulni istalgan shaklda ishlatish
bu sharcha aholisi uchun muammo emas. Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida
pul aylanishi ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib, bu uning iqtisodiyot ko‘rsatkichlari yaxshi
bo‘lishiga ham olib kelgan.
Boshqa tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta
bo‘lsa ham, aholi soni bo‘yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi
rivojlanmagan hamda bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati
ham o‘z-o‘zidan rivojlanishi past darajada bo‘lib, bank orqali bo‘ladigan hisob-
kitob operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo‘lidagi pul
mablag‘larini banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B
shaharchaning iqtisodiyoti barqarorligiga ta‘sirini ko‘rsatgan.
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish
darajasi qanchalik darajada past bo‘lsa, pul aholi qo‘lida shuncha kam aylanadi
hamda pul massasining iqtisodiyotga ta‘siri ham sezilarsiz bo‘lishi kuzatiladi. Pul
aylanish darajasiga ta‘sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni
Aholining umumiy soni
Amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari miqdori
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta‘kidlashicha pul
aylanishi tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat
butun bir iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida
o‘rganish kerak. Shu jihatdan pul aylanishi jarayonini o‘rganishda narxlar va
xarid qilish qobilyati bo‘yicha tatbiq etish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi
mumkin.
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid
qilish jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog‘lab
o‘rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko‘rinishda turli jarayon bo‘yicha
tasvirlaydi.
1.
Pul aylanishi to‘lovlar va qarz bo‘yicha olib qaralganda
Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya‘ni bu
jarayonda qaralayotgan mablag‘ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to‘xtovsiz
harakatda bo‘ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub‘ektlar bo‘lib,
agar bu jarayonda masalan, A sub‘ekt B ga xaridi uchun pul to‘lagan bo‘lsin. B
sub‘ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o‘sha pulga D dan tovar sotib
oladi. E su‘bekt esa A ning ko‘rsatgan xizmati uchun to‘lovni D dan qarz sifatida
oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va xizmatlarga to‘lov
uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi. Agarda B sub‘ekt
mablag‘ini qarz munosabatiga yo‘naltirmasa, bunda jarayon buzilishi mumkin.
2.
To‘lovlar va qarzdorlik to‘lovlari bo‘yicha pul aylanishi jarayoni:
Bu jarayonda A sub‘ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o‘zining kreditorlik
qarzini B ga to‘laydi va natijada B sub‘ekt E dan mahsulot sotib oladi. O‘z
Dostları ilə paylaş: |