4.1
. Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining
tarkibiy tuzilishi.
ul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz
harakatlari yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi –
bu pulning
bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishidir. Pulning doiraviy
aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul
aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. I.
Shakerning ta‘rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va
naqd bo‘lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘lib,
bunda pullar muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir
qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi.
Pullarning bir
subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi
pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni
amalga oshirish pul
aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‗oz pullar va tanga pullar
vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‗ladi. Naqd
pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‗rtasida
vujudga
keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar
yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‗chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda ―harakatda‖ bo‗ladi, bu harakat davomida juda ko‗plab
tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi
va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‗z harakati jarayonida bozordagi
talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu
pulning qiymat o‗lchovi, muomala vositasi va to‗lov vositasi funksiyalari orqali
amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda
ishtirok etmagan vaqtda
jamg‗arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‗zining sohibiga qo‗shimcha
daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‗ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga
oshirilayotgan to‗lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga
pulning barqarorligi,
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta‘sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning
ob‘ekti va sub‘ektlariga e‘tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi
sub‘ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya
muassasalari, mamlakat
rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni
keltirish mumkin. Uning ob‘ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya‘ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanishi tushunchasi – bu ma‘lum davr davomida iqtisodiyotda pulning
qanchalik darajada tez ko‘chishib yurishi jarayonini anglatadi. Bu ko‘rsatkich
nominal YaIM ni pul taklifiga (
𝑀
2
) bo‘lish orqali topiladi. Shuningdek bu
mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini bildiradi ya‘ni masalan,
1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun ishlatilinish
Dostları ilə paylaş: