“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
54
“2-sinf oʻquvchisiga ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan qoʻyiladigan
malaka talablar”ida
Ogʻzaki nutq, Tinglab tushunish, Oʻqib tushunish, Yozma nutq
va lingvistik kompetensiya keltirilgan.
OTOʻS.2.LK.1
tovushlarni taniydi, ularni harflarga moslashtira oladi,
tovushlarni qoʻshib soʻz hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini oʻzgartirib yoki
tovushni olib tashlab yangi soʻz hosil qila oladi.
OTOʻS.2.LK.2
boʻgʻinlarni taniydi, ularni qoʻshib soʻzlarni talaffuz qila oladi,
boʻgʻinlarni birlashtirib, joylashuvini oʻzgartirib yoki boʻgʻinni olib tashlab yangi
soʻz hosil qila oladi.
OTOʻS.2.LK.3
sinf darajasiga mos badiiy matnlarda qofiyadosh soʻzlarni
taniydi va ayta oladi.
OTOʻS.2.LK.4
sinf darajasiga mos ogʻzaki va yozma matnlardagi soʻz
birikmasi, notanish soʻz, iboralarning ma’nosini berilgan kalit soʻzlar orqali
aniqlaydi, ularni ogʻzaki va yozma nutqida samarali qoʻllaydi.
OTOʻS.2.LK.5
sinf darajasiga mos og‘zaki va yozma matnda berilgan ishora
soʻzlar asosida fanlar kesimida soʻz va atamalar (notanish soʻz, sinonim, antonim,
soʻz shakllari kabilar)ning ma’nosini aniqlaydi, atamalarni toʻgʻri talaffuz qiladi,
ularni ogʻzaki va yozma nutqida samarali qoʻllay oladi.
OTOʻS.2.LK.6
gaplardagi birinchi soʻzlar hamda ismlarni bosh harf bilan yoza
oladi.
OTOʻS.2.LK.7
sinf darajasiga mos sodda gaplarning egasi, kesimi,
aniqlovchisini farqlay oladi.
OTOʻS.1.LK.8
sinf darajasiga mos matnlarda gaplarning darak, buyruq, soʻroq
hamda his-hayajon ohangida ekanini aniqlaydi, ogʻzaki va yozma nutqida toʻgʻri
qoʻllay oladi.
Dostları ilə paylaş: |