“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali


Hakka kimga qanday ish qilishni buyurdi?



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix18.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#136834
1   2   3   4   5   6   7
2-sinf-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarida-o-quvchilarning-lingvistik-kompetensiyalarini-shakllantirish

2. Hakka kimga qanday ish qilishni buyurdi? 
Osh pishirish, choy damlash, 
dasturxon yozish va non yopish, bog‘dan mevalarni uzish, idish-tovoqlarni yuvish
hovlini supurish, yoʻlakka suv sepish vazifalari kimlarga tegishli ekanini aniqlashadi. 
3. Hakkaning “Mehmon kelgan uyda – toʻy” degan fikriga qoʻshilasizmi?
Nima uchun? 
4. Uyingizga mehmon kelganida oila a’zolaringiz qanday ishlarni 
bajarishadi?
Siz-chi? 3–4-savollarda berilgan fikr izohlanishi, oʻquvchining 
oilasidagi mehmon kutish odati bilan bog‘lanishi mumkin. 
5. She’rga yana qanday sarlavha qoʻygan boʻlardingiz? 
5-savolda she’rga sarlavha qoʻying t
opshirig‘i berilgan boʻlib, eng chiroyli 
sarlavhalar xat taxtada yozib borilishi mumkin.
2
 
Shundan soʻng matndagi qofiyadosh soʻzlar topilishi va bu nimaga 
asoslanayotganligi koʻrsatib oʻtiladi. She’rdagi soʻzlar imlosi va talaffuzi toʻg‘ri 
boʻlishi uchun oʻquvchilar bilan birgalikda imlo lug‘ati tashkil etilib, soʻzlarning 
toʻg‘ri yozilganligini tekshiradilar hamda ularning yozilishini oʻrganib oladilar. 
Quyidagi jadval asosida soʻzlarning qay tartibda yozilishi, ularning toʻg‘ri va 
notoʻg‘ri koʻrinishlari koʻrsatilib, oʻquvchilar soʻzlarning imloviy jihatdan toʻg‘ri 
yozilishini oʻrganadilar. Jadvalda she’r matnidan dastlabki ustunda toʻg‘ri yozilgan 
parcha, qolgan ikki ustunda ularning notoʻg‘ri variantlari keltirilgan. 
2
2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” (o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma) 



Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
56 
Oʻquvchilar bu soʻzlarning yozilishi, talaffuzi va nutqlarida qoʻllash usullarini 
oʻrganadilar. Shu asosda nutqlaridagi soʻzlarni tartibga soladilar va soʻz zaxiralari 
boyiydi. 
Xulosa sifatida shuni aytishimiz joizki, boshlang‘ich sinf oʻquvchilari nutqiy 
kompetensiyaga erishmog‘i uchun dastlab soʻzlarning imlosi, tovush tarkibi, talaffuz 
jihatini bilishi hamda lug‘at boyligini oshirish yoʻlida izlanishi, mantiqiy tafakkurini 
oʻstirishi zarur. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlaridagi izlanishlar natijasi, Xalqaro 
baholash dasturi talab darajasiga javob beradigan yosh kitobxonni tarbiyalash 
maktabda, undan ham oldin oilada shakllantrilishi kerak. Bunday natijaga 
erishmoqlikning sinalgan usuli kitob mutolaa qilishdir. Zero, Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, bugun bitta kitob oʻqigan bola televizor qarshisida kun oʻtkazgan 
oʻnta bolani boshqaradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin