“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali


nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix18.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#136834
1   2   3   4   5   6   7
2-sinf-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarida-o-quvchilarning-lingvistik-kompetensiyalarini-shakllantirish

nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish 
amallari boʻyicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va koʻnikmalar me’yorini 
rivojlantirish, bunda oʻqish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida 
yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va 
fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni 
oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida 
muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. “Ona tili” 
nafaqat leksik va grammatik me’yorlarni oʻrgatuvchi, balki oʻquvchi nutqiy 
faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, toʻg‘ri 
oʻqish, orfoepik va orfografik me’yorlarni qoʻllash salohiyatini rivojlantirishiga 
xizmat qiladigan fandir. Oʻquvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona 
tili darslarida oʻqib tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tilini puxta 
oʻzlashtirgan oʻquvchi boshqa fanlarni qoniqarli oʻzlashtiradi. Oʻqish savodxonligi 



Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
53 
mukammal boʻlgan oʻquvchi boshqa fanlarda oʻrganayotgan matnlarni oʻqish orqali 
mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish layoqati 
rivojlantiriladi. Shuningdek, oʻquvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy 
koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, 
PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga moʻljallangan amaliy 
topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish oʻqituvchi oldidagi asosiy 
vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat 
bildirish malakalarini shakllantirish koʻzda tutiladi. 
Jumladan, yangi yaratilgan 
darsliklarning bosh g‘oyasida ham yuqoridagi fikrlarning asos qilinib olinishi hech 
kimga sir emas. Hozir koʻrib chiqadigan 2-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” 
darsligi ham oʻquvchidan kreativ fikrlashni dars davomida va darsdan tashqari vaqtda 
ham turli sohalarda oʻz tilida ravon nutq soʻzlashi; soʻz boyligining oshishi; tilni 
amaliyotda qoʻllashi; oʻqish savodxonligi doirasida oʻquvchida toʻg‘ri, tez, ongli, 
ifodali oʻqish malakasini shakllantirish; barcha uslubdagi matnlar bilan tanishishi va 
ularni fanlararo integratsiyada oʻrganishi, ta’lim jarayonida oʻquvchilarni voqea-
hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga oʻrgatish orqali 
ijodiy tafakkuri va fikrlash doirasi shakllantirilib boriladi. 
Mavzuiy rejalashtirishlar 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin