3.4. Kesish usullari
Zubilo bilan ishlashning asosiy qoidalarini bilish uchun o`quvchilar
ko`proq mashq qilishlari kerak.Metallni kesishda zubiloni zagotovka sirtiga 90°
burchak ostida yo`naltirib, yelka usulidagi zarba beriladi (69-rasm). 2 mm. Li
listli materiallar bir zarbadayoq qirqiladi. Shuning uchun ham listlar ostiga
68-rasm. Girada kesishda zubiloni o`rnatish: ishlov beriladigan sirtga (a)
va gira ko`ndalang o`qiga (b) zubiloning qiyaligi.
19
yumshoq po`latdan taglik qo`yiladi. Bir zarbada 2 mm. Dan qalin bo`lgan
listning taxminan yarim qalinligi kesilishi mumkin. Bunday holda, uning teskari
tomonidan zubilo bilan kesib, so`ngra egib sindiriladi.
Listlardan zagotovka qirqib olish. Tayyorlanadigan detal konturini
rejalagandan keyin, uni taxta ustiga qo`yib, quyidagi ketmaketlikda kesiladi:
zubilo tig`ini reja chizig`i bo`ylab qiya
(70-rasm, a) va vertikal holatga keltirib (70-rasm, b), bolg`a bilan kontur
bo`yicha zarba beriladi, so`ngra listni ag`darib, metallni zubilo izlari bo`yicha
kesib chiqiladi (70-rasm, v). Listni qayta ag`darib kesilgan kontur bo`yicha yana
bir marta zubilo bilan kesib zagotovka ajratib olinadi (71-rasm, a, b).
Yumaloqlangan tig`li zubilo bilan o`yilgan ariqcha bir tekis, to`g`ri
tig`lisida o`yilgani ponasimon ko`rinishda bo`ladi (72-rasm, a, b).List va taxta
tipidagi metallarni giraga qisib, listlar qoidaga muvofiq giraning jag`i bo`ylab
kesiladi. Zagotovkani giraga qisg`anda rsja chizig`i g`ira jag`i bilan bir chiziqsa
yotishi lozim.
Zubiloni zagotovka chetiga shunday o`rnatish kerakki, uningtig`i giraninghar
ikkala jagllrn sirtida joylashsin. Zubiloningqiyalik burchagi ishlov burchagidan
sirgga nisbatan 30°—35° (73-rasm, a), gira jag`larining o`qiga nisbatan 45°
bo`lishi kerak (73-rasm, b). Zubilo tig`i gira jag`iga nisbatan qiya botishi bilan
undan qirindi buralib chiqadi. Metall sirtidan birinchi qavat kesilgandan keyin
zagotovkani 1,5—2 mm ko`tarib, metallning navbatdagi qavati kesiladi va ish
shu yo`sinda davom ettiriladi.
71-rasm. Listli zagotovkani qirqish: 72-rasm. Zubilolar:
a— kontur bo`yicha qirqish; a— yumaloqlangan;b— bolg`a bilan urib
|