23
Zubilolar 100, 125, 160, 200 mm uzunlikda, ishchi qismining eni 5, 10, 16
va 20 mm o`lchamlarda yasaladi. Ishchi qismining 0,3— 0,5 mm uzunlikdagi
bo`lagi (tig`i) toblanadi.
To`g`rilash va rixtovkalash o`zining kambar eni bilan farqlanadi (58-rasm,
b). U bilan zagotovkada shponka ariqchalari hosil qilinadi, keng taxta sirtlaridan
qatlamlar kesiladi. Kreysmeysellar zubilo tayyorlanadigan
materiallardan
yasaladi. Har ikki asbobning o`tkirlik burchaklari va zarba oluvchi ishchi
qismlarining mustahkamlik darajalari bir xildir.
Zagotovkalarga yarim aylana (segment) va
shunga o`xshash ariqchalar o`yishda maxsus
kreysmeysellardan foydalaniladi (58-rasm,
v).
Ular oddiylaridan to`g`rilovchi
qismining shakli
bilan farqlanadi.
Ariqcha o`yish kreysmeysellari U8A po`latdan
yasalib, ularning uzunligi 80, 100, 120, 150, 200,
300 va 350 mm, yumaloqlanish radiusi I; 1,5; 2;
2,5 va 3 mm bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: