05-Chilangarlik ma`ruzalar matni


 Sexlarda va ishlab chiqarish hududida ish vaqtida amal qilinadigan



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix20.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#100889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
egish kesish

1.3. Sexlarda va ishlab chiqarish hududida ish vaqtida amal qilinadigan 
umumiy xavfsizlik qoidalari 
Amaliyotga qabul qilingan har bir amaliyotchi texnika xavfsizligi 
qoidalarini va ish joyi yo`riqnomalarini yoddan bilishi va amal qilishi kerak. 
- Ish boshlanishidan avval hamma uskunalar, asboblarni tekshirib chiqish 
kerak. Nosoz mashina yoki dastgohda ishlash ta`qiqlanadi; 
- Korxona hududida va barcha sexlarda chekish ta`qiqlanadi. Chunki 
ishlab chiqarishda ishlatiladigan mahsulotlar (gazlar, suyuqliklar) portlovchi va 
tez yonuvchi xususiyatga ega, faqat maxsus ajratilgan joyda chekish mumkin; 
- Maxsus tayyorgarlikdan so`ng payvandlash va boshqa olovli ishlarga 
ruxsat beriladi va ruxsatnoma rasmiylashtiriladi; 
- Har bir amaliyotchi faqat buyurilgan vazifani bajarishi kerak, tegishli 
ruxsatnomasi bo`lmagan ishlarni bajarish man etiladi; 
- Gaz xavfi bor ishlarni bajarishga farmoyish – ruxsatnoma bo`lgan 
taqdirda ruxsat beriladi. Quduqlardi yer osti yo`llarida, apparat ichida ishlash 
maxsus ruxsatnoma bilan, kuzatuvchi yordamida bajariladi; 
- Boshqa sexlarga ruxsatsiz borish ta`qiqlanadi, chunki har bir sex 
o`zining spetsifik (alohida) xususiyatiga ega bo`lib, bilmagan ishchi xavf ostida 
qolishi mumkin; 
- Kasallanish va zaharlanishni oldini olish maqsadida korxonaning har bir 
amaliyotchisi maxsus kiyimdan va himoyalash vositasidan foydalanishi kerak; 
- Ishlab chiqarish jixozlarining aylanuvchi va yuruvchi qismlari oldida 
amaliyotchilarga uzun va yig`ishtirilmagan sochlar, tugmalari ochiq, etagi uzun 
kiyimda bo`lish ta`qiqlanadi. Yeng va old tugmalari o`tkazilgan kiyimda ishlash 
ruxsat etiladi; 


9
- Ishqor va kislota bilan ishlagan vaqtda kislotaga chidamli maxsus 
kiyimda va oyoq kiyimda bo`lish shart; 
- Ish joyida ovqat saqlash va ovqatlanish qat`iyan man qilinadi. Har bir 
sexda maxsus ovqatlanish xonalari, amaliyotchilar uchun yuvinish va kiyinib 
yechinish xonalari bor; 
- Ish vaqtida ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilish shart, amaliyot 
vaqtida bekorchi gaplar bilan yonidagi ishchilarni chalg`itish ta`qiqlanadi; 
- Har bir amaliyotchi texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak . 
- O`t o`chirish vositalarini boshqa maqsadlarda ishlatmaslik kerak; 
- Korxona va shaxar hududida yo`l harakati qoidalariga rioya qilish kerak, 
ochiq qolgan quduqlar og`ir jarohat olishga olib kelishi mumkin, estakada va 
temir yo`llardan o`tishda ehtiyot bo`lish shart; 
- Amaliyot joyi doim toza va hamma narsa joyida , ishlatishga qulay 
holda, taxt turishi kerak, sexda ishlatiladigan moyli mato va boshqa tez 
yonuvchi narsalarni har joyga tashlash ta`qiqlanadi, bularni tashlash uchun har 
bir sexda maxsus qutilar mavjud, metallalom va boshqa keraksiz buyumlar 
uchun ham maxsus qutilar mavjud, notoza va tartibsiz ish joyi baxtsiz 
hodisalarga sabab bo`ladi; 
- Ishlab turgan uskunalarni ta`mirlash ta`qiqlanadi, aylanayotgan
yurayotgan qismlarni qo`l bilan to`xtatish mumkin emas; 
- Himoya to`siqlari bo`lmagan dastgohlarda ishlash mumkin emas; 
- Elektr uskunalarida nosozlik sezilsa darhol uskunani o`chirib amaliyot 
rahbariga bildirish kerak. 


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin