11
rejalash chiviqning tig`i (1) ma`lum burchak ostida o`tkirlangan.
Ishlash oluvchi qismi (4) yuqoriga borgan sayin ingichkalashgan, uchi
qalpoq shaklida. Metallni Rejalashda chizgichning o`rta qismidan (3)
ushlanadi.Chizgichning
o`tkirlik
burchagi
ishlov
beriladigan
metallning qattikligiga bog`liqholda tanlanadi.
Ayrim metallarni
Rejalashda tavsiya etiladigan o`tkirlik burchaklari quyidagicha: qattiq
materiallar (qattiq po`lat, bronza, cho`yan) —70°; o`rta qattiklikdagi
materiallar (po`lat) — 60°; yumshoq materiallar (jez, mis,
titanli
qotishma) — 45°; alyumin qotishmasi — 35°.
Chizgichlar 100, 125, 160, 200 mm uzunlikda, ishchi qismining
eni 5, 10, 16 va 20 mm o`lchamlarda yasaladi. Ishchi qismining 0,3—
0,5 mm uzunlikdagi bo`lagi (tig`i) toblanadi.
Kreysmeysel chizgichdan o`zining
kambar eni bilan farqlanadi
(58-rasm,
b). U bilan zagotovkada shponka ariqchalari hosil qilinadi,
keng taxta sirtlaridan qatlamlar kesiladi. Kreysmeysellar chizgich
tayyorlanadigan materiallardan yasaladi. Har ikki asbobning o`tkirlik
burchaklari va ishlash oluvchi ishchi
qismlarining mustahkamlik
darajalari bir xildir.
Zagotovkalarga
yarim
aylana
(segment) va shunga o`xshash ariqchalar
o`yishda
maxsus
kreysmeysellardan
foydalaniladi
(58-rasm,
v).
Ular
oddiylaridan rejalash qismining shakli
bilan farqlanadi.
Ariqcha o`yish kreysmeysellari U8A
po`latdan yasalib, ularning uzunligi 80,
100, 120, 150, 200, 300 va 350 mm,
yumaloqlanish radiusi I; 1,5; 2; 2,5 va 3
mm bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: