1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari


Ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga bo`lgan talab



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə6/9
tarix02.01.2022
ölçüsü31,14 Kb.
#40206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 maruza

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga bo`lgan talab

Mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari. Mahsulot sifati – ishlab chiqarishni yaxshilanishini birdan bir zaruriy shartidir. Shuning uchun ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini doimiy oshirib borish muammosi bor edi va u boshqarishning birdan bir asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.

Mahsulot sifati ko‘rsatkichi – bu mahsulotni sifatini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha xususiyatlarning miqdoriy tavsifidir. 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati 2 guruh omillarga qarab aniqlanadi. (korxonalar faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar).

Korxona faoliyatiga bog’lik bo`lgan omillarga quyidagilar kiradi:



  • texnikaviy reglamentlarga va retsepturalarga qat’iy rioya qilish;

  • ishlab chiqarish va sanitar me’yorlarga amal qilish;

  • qabul qilinayotgan xom-ashyo sifatiga nazoratni kuchaytirish;

  • tayyor mahsulot sifatiga nazoratni kuchaytirish;

  • korxonadagi xizmat va ishlarni bir me’yorda ishlashini ta’minlashlar kiradi.

Korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan omillarga qayta ishlashga kelgan xom-ashyo va materiallarning past sifatligi kiradi.

Davlat standarti umumiy qoidalarga asoslanib yog`-moy sanoati mahsulotlariga quyidagi sifat ko’rsatkichlari qo’yilgan:



Belgilash ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlatish xususiyatlarini asosiy funksiyalarini xarakterlaydi.

Saqlash ko’rsatkichlari - mahsulotni ma’lum bir vaqt mobaynida uzining ozuqaviy va iste’mol xususiyatlarini saklanishini xarakterlaydi.

Texnologik ko’rsatkichlari - ishlab chiqarishda kam xarajatlarga erishib, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.

Transport ko’rsatkichlari - mahsulotni iste’moli va ishlatilishiga bog’liq bo`lmagan ma’lum muhitda aralashib ketishligiga moyilligini xarakterlaydi.

Standartlashtirish ko’rsatkichlari - mahsulotni standartlar bilan to`yinmaganligini (taminlanganligi) xarakterlaydi.

Huquqiy patent - ko’rsatkichlari mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan texnik masalalarni uzlashtirilish rejasini, ularning patent ximoyasini va mahsulotni realizatsiya qilganda uning daxlsizligini xarakterlaydi.

Estetik ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatilishini takomillashtirish va ratsional shakllarini xarakterlaydi.

Ekologiya ko’rsatkichlar - atrof muhitga ta’sir darajasini xarakterlaydi. Bu ta’sirlar mahsulotni ishlab chiqarishda va iste’molida paydo bo’ladi.

Xavfsizlik ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlatishda va iste’mol qilishda uni inson salomatligiga xavfsiz ekanligini ta’minlashni hamda mahsulotni saqlash va jo’natishdagi xavfsizligini ta’minlashni xarakterlaydi.


Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin