1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü31,14 Kb.
#40206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 maruza

Fanning maqsadi: «Texno-kimyoviy nazorat» fanining maqsadi shuki, ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib, saqlash, ishlab chiqarishga berish, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni omborlarga joylash va ularni iste’molchilarga berishga qadar bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish, xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini to’g’ri tahlil qilishni o’rgatadi.

Fanning vazifalari: uskunalarni to’g’ri ishlashini, paydo bo’lgan nosozliklarni o’z vaqtida aniqlab,bartaraf etishga yordam beradi. Fan vazifalari to’grisidagi ma’lumot sifatida mahsulot sifatini oshirish, mahsulotni analiz qilish uchun namunalar olish va ularni tahlil qilish usullari, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarishdagi texnik-kimyoviy nazorat o’qitiladi.

Bu fanni o’rganish talabani turli ishlab chiqarish korxonalarda amaliyotni o’tishga, texnologiyaning maxsus kurslarini o’qishga hamda texnik ijod qilishga tayyorgarligini oshiradi.

Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba:

- xom ashyo va tayyor mahsulotlarini qabul qilishda va iste’molchilariga jo’natishda ularning sifat ko’rsatkichlarini to’g’ri nazorat qilishni;

- qabul qilinayotgan xom ashyoni laboratoriya tahlillarini iste’molchi bilan ta’minlovchi o’rtasidagi farqni ko’rsatib berishni bilishi kerak;

- mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va ishlab chiqarishga berish jarayonlarini texnologik va fizik-kimyoviy nazoratlarini to’g’ri olib borish ko’nikmasiga ega bo’lshiikerak.

- mahsulotlarini sifatini organoleptik ko’rsatkichlari asosida aniqlash;

- laboratoriya tahlillarini bajarish va ularni to’g’ri tashkil eta olish malakalariga ega bo’lshii kerak.





    1. Yüklə 31,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin