1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari


Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə7/9
tarix02.01.2022
ölçüsü31,14 Kb.
#40206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 maruza

1.5. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari

Oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo‘lib, birinchi navbatda mustaqil davlatning boshqa davlatlarga aynan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bog‘liq, ya’ni tobe emasligini bildiradi. Shuningdek, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan etarli darajada ta’minlashni nazarda tutadi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevralda imzolangan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmonining, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida ham oziq-ovqat xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilib, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektopning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan [1].

Hozirgi vaqtda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat yetishtirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni o‘sishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti” (FAO) tomonidan qabul qilingan tushuncha quyidagicha: “Barcha odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy xohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta’minlash uchun etarli me’yorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lish uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarga egaligi – oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi, demakdir”.




Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin