1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari


-jadval Oziq-ovqat xavfsizligining tarkibiy qismlari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə9/9
tarix02.01.2022
ölçüsü31,14 Kb.
#40206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 maruza

1.1-jadval

Oziq-ovqat xavfsizligining tarkibiy qismlari

Oziq-ovqat bilan jismoniy ta’minlanish

Oziq-ovqat bilan iqtisodiy ta’minlanish

Xavfsiz ovqatlanish

Qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatining samarali faoliyat yuritishi

Aholi daromadlarining barqaror darajasini qo‘llab-quvvatlash

Mahsulot va xomashyo sifatini nazorat qilish

Oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyo bozorining rivojlanishi

Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash

Sifatni boshqarish tizimini yaratish va sertifikatsiyalash

Savdo tarmoqlarining rivojlanishi

Narx darajasini tartibga solish

Aholi salomatligini yaxshilash

Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi

Yer uchastkalarini olish uchun sharoit yaratish

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

Aholini ish bilan bandligini qo‘llab-quvvatlash

Byudjet to‘lovlarining o‘sishi

 

 

Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli, mamlakatimiz yildan-yilga dunyo reytingida yuqorilab bormoqda. Jumladan, AQSHdagi The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazining 2016 yilda o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinni egallagan, bu ko‘rsatkich bo‘yicha bir yil oldin 75-o‘rinda edi. Reyting hisoblashda mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, hajmi va sifatini hisobga olishgan. Dunyo reytingida jami 109 mamlakat qatnashdi [4].

O‘zbekiston – qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish hamda logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, o‘tgan yilda respublikamizda qariyb 3 million tonna paxta, 8,3 million tonna bug‘doy, 21 million tonnadan ziyod meva-sabzavotlar, jumladan, qariyb 3 million tonna kartoshka, 11,3 million tonna meva, 2 million tonna poliz mahsulotlari, 1,7 million tonnadan ortiq uzum, 3 million tonna meva va rezavorlar yetishtirildi va yig‘ib olindi [5].

Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida olib borilgan chora-tadbirlardan biri sifatida brinchi Prezidentimiz I.Karimovning “2015-2019 yillar uchun ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta tuzilishi, zamonaviylashishi va diversifikatsiya­sini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar das­turi to‘g‘risida”gi ­Farmoniga ko‘ra, 5 yil ichida 876 investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan faqat oziq-ovqat sanoati sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini modepHizatsiyalash va quvvatlarni oshirish maqsadida 2020 yilga qadar faqat davlat investitsiya dasturlariga ko‘ra, 304 ta yirik loyiha va 5000 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yiliga qo‘shimcha ravishda 100 ming tonna oziq-ovqat sanoa­ti mahsulotlari, 130 xildagi yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlangan.

Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi haqida gap ketganda, istiqlol yillarida ekin maydonlarining tarkibi tamoman o‘zgarganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Paxtadan bo‘shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‘-moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don etishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko‘zda tutilmoqda [8].

Lekin erishilgan yutuqlar bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ba’zi joylarda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, jumladan, respublikamizning ba’zi tumanlarida fermerlar paxta va g‘alla bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarishmagan. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham etmaydi. Yangi texnologiya va standartlar o‘ta sustkashlik bilan joriy etilmoqda. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani harid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda [10].

O‘zbekiston o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali xorijiy davlatlarning oziq-ovqat ta’minotiga munosib hissa qo‘shayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.

2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etilganligi ham yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir.

Yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va savdo tarmog‘ida strategiya va dasturlarning ijrosiga bog‘liqligini hisobga olgan holda quyidagi soha va tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


  • Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;

  • Eksport siyosatida ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish;

  • Milliy mahsulot iste’molini qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini ishlab chiqish;

  • Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dasturlarini tayyorlash.


Tayanch so’z va iboralar.

Standartlashtirish, sandart, Saqlash ko’rsatkichi, texnik ko’rsatkichi, belgilash ko’rsatkichi.



Takrorlash uchun savollar.

  1. Standartlashtirishning moxiyati va maqsadi nimalardan iborat?

  2. Sandartlarning sinflanishi qanday amalga oshiriladi?

  3. Mahsulot sifatining asosiy ko’rsatkichlari nimalardan iborat?

  4. Yog`-moy sanoati mahsulotiga qanday talablar qo’yiladi?

Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin