3.
YOng’indan kuyish - 4
´
10
-5
.
4.
Elektr tokidan - 6
´
10
-5
.
5.
YAshindan - 5
´
10
-7
.
6.
Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1
´
10
-5
.
7.
Umumiy «T» - 6
´
10
-4
.
8.
Boshqalar - 4
´
10
-5
.
Tavakkalni tasniflash . «T»ni baholashda uni «foyda» bilan solishtirish ya`ni, odam
hayotini saqlab qolish uchun pul birligining kirgizilishi taklif qilindi. Ko`p olimlar bunga
norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo`q. Lekin, odam hayotini saqlab qolish
uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o`tkazilgan
tadqiqotlarga ko`ra, odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 million dollargacha baholanar
ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo`lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi to`rt yo`li mavjud : 1. Muhandislik yo`li statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning taxminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi. 2. Modellash yo`li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta`sir qiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo`l bilan hisoblashga ma`lumotlar topish ancha qiyin. 3. ekspert (tekshirish) yo`li ma`lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so`rab yig’ishga asoslangan. 4. Ijtimoiy yo`l odamlardan so`rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga asoslangan .
Bu yo`llar «T»ni har xil nuqtai nazardan tavsiflaydi, shuning uchun hammasi birga
qo`llaniladi.
Tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan (YQB) fikr yuritish usuli xavfsizlik texnikasi,
mutlaq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo bunday holatni (ya`ni, T=0) yaratib
berish amalda mumkin emas. SHuning uchun yo`l qo`ysa bo`ladigan (YQB) «T» ning fikr
yuritish usuli qabul qilinadi. «T» o`z ishiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni
oladi. «T»da ayrim murosalarga borishga to`g’ri keladi.
Ma`lumki, texnik tizimning xavfsizligini ko`tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlar
cheksiz emas. Agar xavfsizlikka qancha ko`p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam
xarajat qilishga to`g’ri keladi.
Tavakkalning YQB mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoy va texnik
mablag’lar ma`lum mutanosiblikka ega (2.1.-rasm). Tavakkalni tanlashda uni hisobga olish
kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
Jahonning ayrim mamlakatlarida, masalan, Gollandiyada tavakkalning YQB qiymati
qonuniy asosda belgilangan. O`lim hodisalarining maksimal YQB darajasi bir yilda 10
-6
deb
olingan. Odatda, tavakkalning YQB mintaqasi 10
-8
bo`lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi.
Tavakkalning YQB mintaqasi tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to`liq
amalga oshirilmagan. Bundan tashqari ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan
qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtai nazaridan
330
yiroqdir. Haqiqatda esa, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning YQB mintaqasi usuli 2-3
daraja jiddiy sanaladi.
2.1.-rasm. Tavakkalning YQB mintaqasi aniqlash sxemasi.