3-MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK NAZARIYALAR (2SOAT).
REJA: Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
Xalqlar psixologiyasi nazariyasi.
Omma psixologiyasi nazariyasi.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi.
Tayanch tushunchalar:xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, ommaviy hodisa, shaxsiy sifat, hissiyot, aqliy sifat.
Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai. 19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa Shu bo’ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tuShuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.