1- mavzu: ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning shakillanish tarixi (2 soat) Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə39/44
tarix23.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#134460
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
1- mavzu ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Guruhiy qutublanish haqida nimalrni bilib oldingiz?
2. Guruhiy fikr shakllanishi va guruhda qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar haqida fikringizni bildiring?
3. Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi nima?
ADABIYOTLAR

  1. Ismoilova N., Abdullaeva D. Ijtimoiy psixologiya. T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati – 2013

  2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. T. “Fan va texnologiya” – 2010

  3. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent, 2007

  4. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. Toshkent, 2009

  5. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. T. “Turon-Iqbol” - 2006

  6. Сухова A.Н.Прикладная социальная психология.M.“МОДЕЖ”-1998

  7. Носачев Г.Н. Психология и этика общения. M. - “МОДЕЖ” - 2003

  8. Toshimov R.Yu. Zamonaviy individual va guruhiy psixologiya. T. “ToshDU” – 1999

Elektron ta’lim resurslari
1. www. TDPU. O’z
2. www. Pedagog. O’z
3. www. Ziyonet. O’z
4. www. Edu. O’z
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. www. Nutq. Intal. O’z
7- MAVZU: Kichik guruhning psixologik jamoa sifatida rivojlanishi
Reja
1.IPda kichik guruhlar muammosining mazmunini yoritish.
2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasini tushuntirish.
3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar


1.IPda kichik guruhlar muammosining mazmunini yoritish.
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni, boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu xodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin