1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə15/18
tarix18.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144990
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

Fonema ottenkalari

  • Fonema ottenkalari
  • Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlaridir (L.V. Shcherba). Chunonchi "a" fonemasi old qator unlidir. Bu belgi "a" fonemasi uchun tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi "qaram" so‘zida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, "a" fonemasi "qaram" so‘zida ("q" bilan yondosh qo‘llanganda) orqa qator unli tarzida, "karam" so‘zida ("k" bilan yondosh qo‘llanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi. Bu ikki xil talaffuz "a" fonemasining so‘z tarkibidagi real ko‘rinishlari - ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulyasion jihatdan o‘zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta "a" fonemasining vazifasini bajaradi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o‘rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
  • Ottenkalar tasnifi
  • Ottenkalar tilshunoslikda majburiy, fakultativ va individual turlarga ajratiladi.
  • 1. Majburiy ottenkalar fonemaning so‘z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta'sirida yoxud ma'lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‘zgargan ko‘rinishlaridir. Ular o‘z navbatida kombinator ottenkalar, pozitsion ottenkalar va aralash (kombinator-pozitsion) ottenkalarga bo‘linadi.
  • a) kombinator ottenkalar so‘z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli "z" fonemasi mazkur so‘zi tarkibida jarangsiz "k" undoshi ta'siriga uchraydi va jarangsiz "s" tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi;

b) pozitsion ottenkalar jarangli undosh fonemalarning so‘z oxirida kelgan, unli fonemalarning esa urg‘uli yoki urg‘usiz, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlarda qo‘llangan ko‘rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‘z oxirida jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi: kitob > kitop, omad > omat kabi. Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi (fonemaning so‘z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada reallashgan ko‘rinishi bo‘lganligi uchun), "i" unlisi bilan so‘zida qisqa va kuchsiz ( urg‘usiz bo‘g‘inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‘lganligi uchun), o‘rik so‘zida kuchliroq (urg‘uli bo‘g‘inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‘lganligi uchun), bir so‘zida tor (to‘liq yopiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun), endi so‘zida esa bir oz kengaygan ko‘rinishda - ende shaklida (so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‘rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;

  • b) pozitsion ottenkalar jarangli undosh fonemalarning so‘z oxirida kelgan, unli fonemalarning esa urg‘uli yoki urg‘usiz, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlarda qo‘llangan ko‘rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‘z oxirida jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi: kitob > kitop, omad > omat kabi. Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi (fonemaning so‘z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada reallashgan ko‘rinishi bo‘lganligi uchun), "i" unlisi bilan so‘zida qisqa va kuchsiz ( urg‘usiz bo‘g‘inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‘lganligi uchun), o‘rik so‘zida kuchliroq (urg‘uli bo‘g‘inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‘lganligi uchun), bir so‘zida tor (to‘liq yopiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun), endi so‘zida esa bir oz kengaygan ko‘rinishda - ende shaklida (so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‘rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;
  • d) kombinator-pozitsion ottenkalarning yuzaga kelishida har ikki omil birga qatnashadi. Masalan, qilich so‘zi tarkibidagi birinchi "i" unlisi chuqur til orqa "q" undoshi ta'siriga berilib, "ы" tarzida (kombinator ottenka shaklida), urg‘usiz bo‘g‘inda (kuchsiz pozitsiyada) bo‘lganlgi uchun esa qisqa unli tarzida (pozitsion ottenka shaklida) talaffuz qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin