1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə16/18
tarix18.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144990
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

2. Fakultativ ottenkalar (fakul'tativ variantlar) - fonemalarning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko‘rinishlari.Chunonchi, ulfat so‘zidagi "f" shu pozitsiyaning o‘zida "p" ko‘rinishida ham qo‘llaniladi: ulfat - ulpat kabi. Bunday xodisa faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon so‘zlari talaffuzida ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, l-r almashinuvida fonetik qurshovning ta'siri yo‘q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‘nikmalar ta'sirida, ayrimlari esa jonli so‘zlashuv ko‘nikmalari bilan bog‘liq ravishda yuz beradi. Fakul'tativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda foydalanish hollari ham yo‘q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba'zan uslubiy ottenkalar deb ham nomlanadi.

  • 2. Fakultativ ottenkalar (fakul'tativ variantlar) - fonemalarning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko‘rinishlari.Chunonchi, ulfat so‘zidagi "f" shu pozitsiyaning o‘zida "p" ko‘rinishida ham qo‘llaniladi: ulfat - ulpat kabi. Bunday xodisa faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon so‘zlari talaffuzida ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, l-r almashinuvida fonetik qurshovning ta'siri yo‘q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‘nikmalar ta'sirida, ayrimlari esa jonli so‘zlashuv ko‘nikmalari bilan bog‘liq ravishda yuz beradi. Fakul'tativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda foydalanish hollari ham yo‘q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba'zan uslubiy ottenkalar deb ham nomlanadi.
  • 3. Individual ottenkalar kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan talaffuz ko‘rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari yoki nutq a'zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‘zgarishlar). Bunday ottenkalarning lisoniy (lingvistik) qiymati yo‘q, shunga ko‘ra ular tilshunoslikda o‘rganilmaydi.

FONETIK HODISALAR. Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lishi , bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator , pozitsion yoki aralash ( kombinator-pozitsion ) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat :

  • FONETIK HODISALAR. Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lishi , bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator , pozitsion yoki aralash ( kombinator-pozitsion ) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat :
  • I. Kombinator omillar ta'sirida sodir bo‘ladigan hodisalar:
  • 1. Assimilyasiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning ( mas , undosh bilan undoshning ) o‘zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor :
  • a) progressiv assimilyasiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi : ketdi > ketti ( td > tt ) , ekgan > ekkan ( kg > kk ) , qishloqga > qishloqqa ( q g > q q ) kabi ;
  • b) regressiv assimilyasiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi : tuzsiz > tussiz ( zs > ss ) , birta > bitta ( rt > tt ) kabi ;
  • v) to‘liq , assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga aynan moslashadi ( ular o‘rtasida neytrallashuv sodir bo‘ladi ) : nonvoy > novvoy ( nv > vv ) , terakga > terakka ( kg > kk ) kabi ;
  • g) to‘liqsiz assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga qisman moslashadi : tanbur > tambur ( nb > mb ) , shanba > shamba ( nb > mb ) kabi. Bu so‘zlarda " n " ( til - tish undoshi ) lab-lab " b " ga faqat artikulyasiya o‘rni jihatdan moslashgan ( lab-lab " m " ga o‘tgan ) , ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling : " m " - sonor , " b " - shovqinli ; " m " - yumuq fokusli burun tovushi ( nazal tovushi ) , " b " - sof portlovchi kabi ;
  • d) kontakt assimilyasiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi ( q. yuqoridagi misollar ) ;
  • e) distant assimilyasiya - so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi : soch > choch kabi .

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin