b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilagan mehr-muhabbat,sevgi va sadoqat,ishonch,milliy g’urur,o’zlikni unutmaslik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs-munozara,matn ustida ishlash,qiyoslash;
Darsning jihozi:darslik,Abdulla Qodiriy siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”O’tkan kunlar”romani;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”O’tkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.”O’tkan kunlar”romani to’grisida “ berilgan adabiy maqolani ifodali o’qish va maqola asosida savol-javob:
“O’tkan kunlar”Abdulla Qodiriyning bosh asaridir.Yozuvchi asar mavzusini bekorga o’tgan kunlardan olmagan.Chunki buguni mustahkam ,ertasi poydor bo’lishni istagan har bir xalq o’tmishni yaxshi bilishi kerak.Adib millat tarixining “eng kirlik,qora kunlari”ni tasvirlash asnosida xalqning asl ma’naviy qiyofasini ko’rsatib berishga harakat qiladi.
Yozuvchi asarda tarixning eng chirkin paytlarida ham millat hayotida yuksak ma’naviyatli yorqin shaxslar va yorug’ jihatlar bo’lganligini aks ettiradi…
II.Bahs-munozara:”Otabek,Kumush vazamonamiz yoshlari”
“O’tkan kunlar ”romani har zamon uchun ham qadrli va hamiyatlidir.Chunki u bizga tarixni unutmaslik bilan birga,o’zligimizga xos milliy urf-odatlarni,sevgi va sadoqatni,qanoat va mehr-muhabbatni…o’rgatadi.Ayniqsa ,bugungi kunda yoshlarimizning muhabbat borasidagi qarashlariga ibrat maktabi bo’la oladi,desak adashmaymiz.Muhabbat borasida yengil-yelpi qarab,uni xor qilayotgan bugungi yoshlar Otabek-u Kumush,ularning vafo va sadoqati,mashaqqatlarga bergan bardoshidan o’rnak olsalar bo’lar edi….