Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Romanning to’liq nashri matni ustida ishlash va asar so’nggidagi voqealar rivoji,voqealar yakuni va echim asosida bahs.Otabek,Kumush Va Zaynab munosabatlarini tahlil qiyoslash.
II.Bahs:”Biz Zaynabni ayblay olamizmi?”
Zaynab!Necha yillar davomida qoralanib,Muhabbat yo’lida Kumush va Otabekkka rahna slogan bir timsol sifatida tilga olinadi?Vaholanki,u ham ayol,uning ham sevishga ,sevilishga haqqi bor edi.Kundoshlik qismati Kumush bilan birga uni ham domiga tortdi.Zamon zayli,ota-ona orzusi,Xushro’ybibining hasadlari bu ikki munisa ayol qismatiga yakun yasashdi.Ular opa-singil tutinib,Otabek muhabbati ila birga hayot kechirishga ham rozo edilar.Ammo qalb bir muhabbat ila tirik.Zaynabning gunohi,u Otabekni sevdi,suymaganga intildi,rashk va qizg’anishlar qalbiga g’ulg’ula soldi…
III.Test sinovi:
1.Kumush o’z xatida “…… quvishga bel bog’ladim”,- deb yozadi?
A.Biravlarni quvishga B.Zaynab bilan do’st tutinishga
C.Vafoli yor bo’lishga D.Ikki yil ichidag sarsonchililarni unutishga
2.Kumush nimadan “behad qo’rqaman ”deb yozadi?
A.O’zbek Oyimning uni qabul qilmasligidan
B.Zaynabning jerkishlaridan va qarg’ishlaridan
C.Onasi Oftob Oyimning usiz qiynalishidan
D.O’tkan kunlarni esga olishdan
3.Otabek esa nimadan cho’chiydi?
A.Onasi Kumushni qanday qabul qilishidan
B.Zaynab bilan Kumush orasidagi munosabatlardan
C.Ikki yillik ayriliqdan keying uchrashuvdan
D.Mirzakarim qutidorning ko’ziga qarashdan
4.Adib asarda qalamga olgan”eng kirlik,qora kunlar”qaysi kunlarga ishora qilinadi?
A.I jahon urushi davriga B.Inqilob davriga
C.Sho’ro hukumatiga D.Xonlik tuzumiga
5.”O’tkan kunlar”romani
A.Tarixiy roman B.Sarguzasht roman
C.Ishqiy roman D.Dilogik roman
Javoblar:1.A 2.B 3.A 4.D 5.A Uyga vazifa:”Otkan kunlar”romani asosida ijodiy ish:”Otabek,Kumush va zamonamiz yoshlari”