1 A. X. O‘roqov



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

Nazorat savollari
1. Yo‘llarni ta'mirlashda ishlarning umumiy ketma-ketligi tushama va 
qoplamalarda nimalardan iborat. 
2. Qatlamlar, himoya va g’adir budir qatlamlar qanday ta’mirlanadi? 
3. Qattiq bo‘lmagan yo‘l tushamalarining qoplamalarining ta’mi 
rlanishi qanday amalga oshiriladi? 


358 
4. Sementbeton qoplamalarni ta'mirlash ketma-ketligi va ular qanday amalga 
oshiriladi? 
5. Yo‘l tushamalarini mustahkamlash va kengaytirish qanday amalga 
oshiriladi? 
6. Yo‘llarning buzilishiga qarshi qandaq usullari ishlatiladi va ular 
nimalardan iborat? 
7. Buzilishlarning sabablarini bartaraf etish uchun qanday usullar 
qo‘llaniladi? 
8. Qanday hollarda ikki tomonlama kengayish amalga oshiriladi? 
9. Yo‘l tushamalarini kuchaytirishni tanlash nimani anglatadi?
10. Asfaltbeton qoplamali yo‘l tushamalarini kapital ta'mirlashda qanday 
ishlar olib boriladi?
11. Yo‘lning holatini mukammal ta'mirlashda qanday ishlar amalga 
oshiriladi? 


359 
III-BO‘LIM. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh 
IShLARINI TAShKIL ETISh
VIII-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TEXNIK HISOBGA OLISh 
VA PASPORTLAShTIRISh
8.1. Yo‘llarni texnik hisobga olish va pasportlashtirish tartibi va 
vazifalari 
Avtomobil yo‘llari va inshootlar tabiiy omillar va avtomobil yuklari ta’siri 
natijasida vaqt o‘tishi bilan eskiradi. Yo‘llar va inshootlarning uzunligi va texnik 
holati to‘g’risida ma’lumotlar tuzish zarurati mavjud. Buning uchun yo‘llarning 
texnik hisobini olib borish zarur. 
Texnik hisobning 
asosiy maqsadi
- yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash ishlarini oqilona rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi 
uchun 
ma’lumotlarni yig’ish va tizimlashtirishdir. Texnik hisob va 
pasportlashtirish 8 -10 yilda bir marta o‘tkaziladigan uzluksiz inventarizastiyani va 
yo‘llarni yillik pasportlashtirishni o‘z ichiga oladi. Inventarizastiya Rossiya 
Federastiyasi 
hukumati 
qarorlari 
asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Barcha 
umumfoydalanuvdagi yo‘llari (har bir yo‘l alohida) texnik hisobga olinadi va 
pasportlashtiriladi. 
Texnik hisobga olinadigan yo‘lning asosiy elementlari suv qochirish tizimi, 
yo‘l poyi, qatnov qismi, sun’iy inshootlar, yo‘l xizmat binolari, yo‘l holati va 
jihozlari, avtotransport xizmati binolaridir.
Texnik hisobga olish texnik pasport bo‘lmagan yoki uning ma’lumotlari 
aniqlashtirishni talab qiladigan yo‘llarda amalga oshiriladi. Texnik hisobga olish 
jarayonida: 

umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining ro‘yxati, ularning nomi va 
uzunligini aniqlash;

avtomobil yo‘llarning geometrik parametrlarini aniqlash yoki yangilash;

yo‘l 
qoplamalarining 
turlari 
va 
holatini 
aniqlash, 
yo‘l 
qoplamasi 
mustahkamligini baholash; 

ko‘priklar, viaduktlar, yo‘l o‘tkazgich, quvurlar, tonnellar, galereyalar va 


360 
boshqa sun’iy inshootlarni hisobga olish;

xizmat, texnik va fuqarolik bino va inshootlarini hisobga olish;

muhandislik inshootlari va jihozlarini hisobga olish va ularga umumiy baho 
berish;

harakat jadalligi va tarkibidagi transport vositalari haqida ma’lumot to‘plash;

yo‘llar va ular bilan bog’liq inshootlarning qiymati belgilanadi. 
Texnik hisobga olishdan foydalanish joriy texnik hisob va pasportlashtirish 
ma’lumotlari umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va 
pasportlashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomada belgilangan tartibda doimiy 
ravishda amalga oshiriladi. 
Materialom texnicheskogo ucheta yavlyayutsya: 

polevoy jurnal obsledovaniya dorojnoy odejdы. 
Texnik hisobning materiali:

chiziqli grafikli yo‘lning yo‘lning texnik pasporti 

ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, quvurlar, xizmat, sanoat va turar-joy binolari 
uchun ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari;

ko‘priklar, tonnellar, quvurlar, saqlab turuvchi devorlar, yo‘l xizmati binolari, 
avtobus bekatlari, o‘tish va tezyurar tasmalar, yo‘l belgilari, to‘siqlar, qo‘llanmalar, 
obodonlashtirish, trotuarlar va yaylovlar, chiqishlar, yo‘l bo‘yidagi istehkomlar, 
to‘g’ri yo‘l ichidagi kommunikastiyalarni hisobga olish qaydnomalari;

suv qochirish tizmi o‘lchamlari qaydnomasi; 

mavjud yo‘l va inshootlarning jamlanma qaydnomasi;

yo‘l to‘shamasi holatini o‘rganilganligi bo‘yicha dala jurnali. 
Yo‘l pasportida texnik hisobning barcha materiallari yo‘lning texnik-iqtisodiy 
holati to‘g’risidagi ma’lumotlar bilan xulosa hujjatini ifodalovchi va yo‘lning 
barcha xizmat ko‘rsatish davri uchun asosiy (qabul vaqtida) va yillik 
ma’lumotlarni shu jumladan joriy va kapital ta’mirlash, rekonstrukstiya qilingan 
vaqti kabi barcha ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Pasportlashtirish-bu texnik hisob 
hujjatlarini tuzish maqsadida yo‘llar va yo‘l inshootlarini tekshirish va o‘lchash, bu 


361 
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha dala va idora ishlari 
majmuasidir. 
Texnik hisobga olish va pasportlashtirish tartibi, foydalaniladigan vositalar. 
Avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish Avtomobil yo‘llari 
Bosh boshqarmalari va ularning bo‘linmalari tomonidan yo‘llarni pasportlashtirish 
uchun maxsus partiyalar yoki guruhlar tashkil etadi. Texnik hisobga olish va 
pasportlashtirish uchun belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot, loyiha-qidiruv va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar jalb etiladi.
Texnik hisobga olish va pasportlashtirish bo‘yicha ishlar dala va kameral 
ishlarga bo‘linadi. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin