1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

23-amaliy mashg‟ulot. 
MEVA-SABZAVOTLAR SAQLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASHNI 
O‟RGANISH 
 
Ishning maqsadi.
Talabalarda meva va sabzavotlarni saqlashning iqtisodiy samaradorligini 
hisoblash ko‟nikmasini shakllantirish. 
Ishning borishi;
Ma‟lumki meva va sabzavotlarni saqlash iqtisodiy jihatdan samarali soha 
hisoblanadi, chunki meva va sabzavotlar yilning muayyan mavsumidagina etishtiriladi. Xalqni mazkur 
mahsulotlarga bo‟lgan talabini mavsumdan tashqari muddatlarda ham qondirib turishda esa saqlash va 
birlamchi ishlov berish omborlarining ahamiyati beqiyosdir.
Mahsulotlar omborlarda saqlanganda mahsulot narxi yangi mavsum mahsulotlari pishib etilgunga 
qadar muayyan o‟lchamlarda ortib boradi. Bu esa saqlash omborlarining rentabelligini yanada oshiradi. 
Mahsulot saqlash bilan bog‟liq harajatlarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 
1.
Ombor va uskunalar ammortizasiyasi harajatlari. 
2.
Ombor va uskunalarni joriy ta‟mirlash harajatlari. 
3.
Ish haqi harajatlari. 
4.
Yelektr energiyasi, yoqilg‟i va boshqa materiallar harajatlari. 
5.
Mahsulotning tabiiy kamayishi. 
Ombor va uskunalar ammortizasiyasi ularning balans qiymatidan foizlarda hisob qilinadi. Binobarin, 
temir-beton karkasli, tosh devorli yoki yirik blokli devorga ega kapital omborlar ammortizasiyasi 2,5-
2,8% ga teng. Yog‟och omborlar ammortizasiyasi 5-7%, ventilyasiya tizimi – 12%, yuklash-tushirish 
transportyorlari – 20-27% va konteynerlar ammortizasiyasi 12,5%.
Misol uchun, 2000 t sig‟imli meva-sabzavot omborining balans qiymati 50 000 000 so‟m bo‟lsa, 
uning yillik ammortizasiyasi (50 000 000 x 2,8) : 100 1 400 000 so‟m bo‟ladi. U holda har bir tonna 
mahsulot uchun 1400000 : 2000 t 700 so‟m.
Ish haqi fermer xo‟jaliklarida umumqabul qilingan me‟yor asosida olinadi. Bunda ishchilar bilan bir 
qatorda qorovul, farrosh va boshqaruv idorasi vakillarining ish haqi ham qo‟shib hisob qilinadi.
Yelektr energiyasi va yalpi ijtimoiy to‟lov va boshqa harajatlar O‟zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilangan me‟yorlar asosida olinadi. 
Joriy ta‟mirlash harajatlari har bir muayyan holatlarda maxsus komissiya tomonidan hisob qilinadi. 
Umumiy hollarda esa uni omborning jami qiymatining 1% miqdorida deb olish mumkin. 
Meva va sabzavotlarning saqlashning iqtisodiy samaradorligini hisoblash quyidagi jadval asosida 
to‟ldiriladi (20-jadval). 
20-jadval 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin