1-amaliy ish mavzu: Toponomika fanining maqsadi, predmeti va vazifalari Topshiriq: Tumaningizdagi geologik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlarini yozing



Yüklə 233,71 Kb.
səhifə1/9
tarix01.03.2023
ölçüsü233,71 Kb.
#86118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
toponomika (2)


1-AMALIY ISH
Mavzu: Toponomika fanining maqsadi, predmeti va vazifalari
Topshiriq:
1.Tumaningizdagi geologik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlarini yozing.
2.O’zingiz yashayotgan tumandagi kasb-hunar bilan bog’liq joy nomlarini yozing.
3.Tumaningizdagi otoqli otlardan hosil bo’lgan atamalarni yozing.
4.Hududingizdagi afsonaviy joy nomlarini yozing.
5.Geografik joy nomlarining toponimlarini quyidagi jadvalda aks ettiring.

T/r

Geografik nomlar

Toponimlar haqida

1







2







Javoblar:
1.Tumaningizdagi geologik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlarini yozing.
Markaziy Osiyo toponimiyasida bu etnonim abdal shaklida uchraydi. G.P.Vasilyeva abdol etnonimi turkman urug‘lari orasida, R.G.Qo‘ziyev esa boshqird urug‘lari orasida borligini qayd qilganlar. Xorazm viloyatining Gurlan (Abdalboy, Mullaabdal), Yangi Urganch (Abdalaras), Bog‘ot (Abdalbova), Samarqand viloyatining Poyariq (Qoraabdal), Urgut (Xo‘jaabdal), Oqdaryo (Abdal) tumanlarida ushbu etnonim bilan bog‘liq geografik nomlar ko‘p uchraydi.
GURLAN-URGANJI – Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi qishloq nomlaridan biri. Urganji (Urganch – Gurganj shahar nomidan) – ayrim tarixchilarning tasdiqlashicha, xorazmlik o‘zbeklar; boshqa bir tarixchilarning ta’kidlashicha, urganji – u yerdan kelgan xorazmliklar emas, XVIII asrning oxirida Urganchni tark etib, Buxoro va boshqa joylarga joylashishgan; yana boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, urganji – hunarmand ustalar avlodlari, Chingizxon tomonidan Xorazmning tor-mor qilinishidan so‘ng Buxoroga olib kelishgan (А.Д.Гребенкин. Узбеки. Cборник “Русский Туркестан”, вып. 2, М., 1872). Gurlan – Xorazm o‘zbeklari urug‘larining nomlaridan biri.
BESHUY – Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi mahalla nomi. Hali hududlar markazlashtirilmagan va ko‘chalashtirilmagan vaqtda mazkur hududda dastlab faqat beshta uydan iborat bo‘lgan aholi punkti mavjud bo‘lgan, keyinchalik ushbu hudud markazlashtirilib, ko‘plab oilalar ko‘chib borib joylashgandan keyin ham shu nom saqlanib qolgan va shuning uchun mazkur nom bilan atalgan.
BIRLASHGAN – mahalla. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Ushbu termin “birlashmoq” so‘zining sifatdoshi asosida nomlangan bo‘lib, u “o‘zaro jipslashgan, o‘zaro kelishilgan” ma’nolarini ifodalab, mazkur hududning aholi vakillari birlashsin, deya shunday atalgan.
DEHQON – qishloq. Xorazm viloyati Gurlan tumani. Dehqon – “qishloq xo‘jayini”: forscha -deh (qishloq) va mo‘g‘ulcha kann (xoqon). Dastlab Markaziy Osiyoda (V–XΙΙ asrlar) dehqonlar deb yer egalari, yirik feodallar nomlangan. Asta-sekin oddiy qishloq mehnatkashlari leksikasida qishloq deb nomlana boshlangan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanib, biror bir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi shaxs dehqon nomi bilan ataladi.

Yüklə 233,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin