1-amaliy ish mavzu: Toponomika fanining maqsadi, predmeti va vazifalari Topshiriq: Tumaningizdagi geologik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlarini yozing


Tumaningizdagi otoqli otlardan hosil bo’lgan atamalarni yozing. AMUDARYO



Yüklə 233,71 Kb.
səhifə7/9
tarix01.03.2023
ölçüsü233,71 Kb.
#86118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
toponomika (2)

3.Tumaningizdagi otoqli otlardan hosil bo’lgan atamalarni yozing.
AMUDARYO – Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning eng sersuv daryosi. Temuriylar davri yozma manbalarida Amudaryo ko‘proq “Jayhun” va nisbatan kamroq “Obi Omuya”, Xorazm hududida Gurganj shahri yaqinidagi qismi “Obi Gurlan” (Gurlan daryosi) va “Jo‘yi Gurlan” (Gurlan arig‘i), yuqori oqimida “Panjob” nomlari bilan uchraydi. Uning “Obi Vaxsh” (hozirgi Vaxsh daryosi), “Surxob”, “G‘und”, “Hisor” va “Chag‘onrud” (hozirgi Surxon daryosi) irmoqlari ham eslatib o‘tilga.
GURLAN – Xorazm viloyati tarkibidagi tuman va shaharcha nomi. Tuman hududi Amudaryoning chap sohilida joylashgan, relyefi bir oz past-baland tekisliklardan iborat. S.Qorayev tuman nomining kelib chiqishini gurlan etnik guruh nomi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Olimning fikricha, ushbu hududda Gurlan degan kichkina urug‘ bo‘lgan.
Z.Do‘simovning yozishicha, Xorazmda yashovchi aholi o‘zlarining urug‘ va qabila bo‘linishlarini unutgan bo‘lsalar ham etnik nomlar asosida vujudga kelgan toponimlar viloyat toponimiyasining anchagina qismini tashkil etadi. Chunki ushbu hudud qadimdanoq turli etnik guruhlarning to‘qnashish, doimiy yashash manzili va aralashish joyi bo‘lgan.
Taniqli nomshunos olim Gurlan nomining paydo bo‘lishini Xorazm toponimiyasining turkiy-mo‘g‘ul davri bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Mo‘g‘ul tiliga xos so‘zlar Xorazmning shimoliy qismida ancha sermahsul. Gurlan tumani Xorazm viloyatining shimolida joylashganini inobatga olsak, farazni haqiqatga ancha yaqinligi ayon bo‘ladi. Xorazmning janubida urug‘, qabila nomlari, ya’ni etnotoponimlar ko‘proq bo‘lsa, uning shimoliy qismida ijtimoiyiqtisodiy omillar ta’sirida shakllangan joy nomlari ko‘proq uchraydi.
Z.Do‘simovning ta’kidlashicha, Shimoliy Xorazmdagi Gurlan toponimi mo‘g‘ul tiliga aloqadordir. Buni toponim etimologiyasini kuzatish jarayonida yaqqol ko‘rish mumkin. Gurlan asli Ko‘rlang bo‘lgan deb izohlaydi mahalliy aholi. Darhaqiqat, bu so‘z uning dastlabki shakliga yaqindir. Hozirgi mo‘g‘ul tilida hovli, bog‘ ma’nosidagi “xureelen” so‘zi mavjud. E’tiborli tomoni shuki, bu so‘z o‘zining semantik taraqqiyotida qator bosqichlarni bosib o‘tgan va ma’no-mazmuni qisman o‘zgargan. Shunday qilib, Kuralan yoki Gurlan toponimining eng so‘nggi ma’nosi “to‘xtash joyi”. Bir nechta ovullarning birikuvi, to‘xtash joyi – Gurlan.
Ushbu toponimning kelib chiqishi haqidagi quyidagi qarashlar haqiqatga yaqinroqdir: ayrim manbalarda mo‘g‘ulcha Xureelen, Kuren (qo‘ra, atrofi o‘ralgan qishloq) deyiladi (Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати, –Т., 1977. 45–46-бетлар). Ba’zilari mo‘g‘ulcha kuriygen (to‘xtash joyi) so‘zidan kelib chiqqan.
Ma’lumki, har qanday nomda qandaydir ma’no – tarixiy, lisoniy ma’lumotlar yashiringan. Chunki nomlar ma’lum bir tarixiy davrda yaratilgan va ularda tarixiy voqea-hodisalar muhrlanib qolgan. Aksariyat hollarda aholi maskanlariga, qishloqlarga nom o‘zgalar tomonidan berilgan. Bu nomshunoslikning o‘ziga xos qoidalaridan biridir. Aholi maskanini yaratuvchi bilan nomlovchi jamoa munosabati bu jarayonda muhim omil sanaladi. Tuman ma’muriy markazi – Gurlan shaharchasi (1992-yildan).
BESHUY – Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi mahalla nomi. Hali hududlar markazlashtirilmagan va ko‘chalashtirilmagan vaqtda mazkur hududda dastlab faqat beshta uydan iborat bo‘lgan aholi punkti mavjud bo‘lgan, keyinchalik ushbu hudud markazlashtirilib, ko‘plab oilalar ko‘chib borib joylashgandan keyin ham shu nom saqlanib qolgan va shuning uchun mazkur nom bilan atalgan.

Yüklə 233,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin