1-amaliy mashgʻulot fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 259,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü259,67 Kb.
#165645
  1   2   3   4   5   6   7
1-Amaliy mashg\'ulot



1-AMALIY MASHGʻULOT 
 
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va 
identifikatsiyalash. 
 
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida 
insonni atrof muhitga ta'sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yo'naltirilgan 
bilimlar sistemasidir. 
Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, 
jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat 
sifatini oshirish hisoblanadi. 
Qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim bo'ladi: 
1.
Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish 
omillari va boshqalarni matematik modellashtirish); 
2.
Amaliy (uskunalarga xizmat ko'rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). Hayotiy 
jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o'zaro ta'siri 
YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini 
tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo'la olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga 
mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va 
informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan. Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar 
insonga o'zini oziq-ovqatga, suvga, havoga, quyosh energiyasiga, o'rab turgan muhit 
haqidagi informatsiyalarga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir 
vaqtda inson hayotiy fazasida o'zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual 
energiyalar), bioliogik jarayon chiqimlari ko'rinishidagi ma'lum massadagi moddalar 
oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi. 
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan jarayonlar 
uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib 
kelishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida biosferada o'simlik va hayvonlar oqimini, 
moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda 
holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro'yobga keltiradi. Texnosfera uchun barcha 
turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har 
xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga 
tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik 
ta'sirlar) xarakterlidir. 
Har qanday xo'jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo'ladi va ularni 
yo'qotib bo'lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o'tkazish yoki fazoga 
chiqarib yuborish mumkin. Texnosfera, bundan tashqari to'satdan portlash, yong’in 
natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida va shunga 
o'xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin. 
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o'zgartirishga yo'naltirilgan insonga 
xarakterli bo'lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste'mol qiladi, jamiyatda 
chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o'xshashlarni iste'mol qilishga 
aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi. 
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini 
xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz: 

Yüklə 259,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin