1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Xalqaro kliring va to‘lov bitimlari



Yüklə 239 Kb.
səhifə18/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Титульный

48-modda. Xalqaro kliring va to‘lov bitimlari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan kliring muassasalari bilan o‘z nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi nomidan kliring hamda to‘lov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.
49-modda. Xalqaro zaxiralar
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli aktivlaridan iboratdir.
Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida xalqaro zaxiralarni shakllantiradi, bu zaxiralar:
monetar oltinni;
Xalqaro valyuta fondidagi mablag‘ jalb qilishga doir maxsus huquqlarni va zaxira pozitsiyasini;
chet el valyutasini;
chet el hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlarni;
xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlarni o‘z ichiga oladi.
Majburiyatlari xalqaro zaxiralarga kiritiladigan mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining ro‘yxati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va to‘lovlar]
50-modda. Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq hamda umum qabul qilingan xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin