1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” romani Reja



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/7
tarix07.01.2017
ölçüsü0,52 Mb.
#4765
1   2   3   4   5   6   7

9-dars. Odil Yoqubov romanlari

Reja:

1. « Diyonat » romanida ijtimoiy-siyosiy masalalarning yoritilishi

2. .”Ulug’bek xazinasi “ romani haqida
Odil Yoqubov zamondoshlari haqidagi “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo’ladi”, “Matluba” qissalari, “Er boshiga ish tushsa”, “Diyonat”roman- larida ko’pchilikni hayajonga solayotgan katta ijtimoiy masalalarga e’tiborni tortdi.Ayniqsa “Diyonat” romanida muallif 70- yillarda hayotda keng ildiz otgan turg’unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo’r ijodiy jasorat va rostgo’ylik bilan ko’rsatdi. Adib roman ustida ishlar ekan , hayotda ko’p uchratgan , dilida chuqur asorat qoldirgan bir hodisaga o’z munosabatini bildirishni- “katta ishlar qildim” degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan,qonunchiliknioyoqosti qilishdan ham toymagan ulkan xo’jalik rahbari obrazini yaratish , uning parvozi va inqirozini ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. “Men hayotda ko’p adolatsizliklarga sabab bo’lgan bunday rahbarlar haqidagi o’ylarim va ko’rgan – kechirganlarimni romandagi Otaqo’zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”, - deb yozadi muallif.

Ma’lumki, o’zbek adabiyotida 50-60-yillarda ham shunday o’zboshimcha rahbar xodim obrazlari ko’p yaratilgan.Ularning ko’pchiligi nuqul bir yoqlama – salbiy xususiyatlar qorishmasidan iborat . Otaqo’zi ulardan farqli o’laroq murakkabligi, kuchli ba ojiz tomonlari bilan berilgan. Uning bilim, fikr, manfaat doirasi xiyla keng. Ertayu - kech el-yurt ishi bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh- urug’lar taqdirini ham o’ylaydi.boshda u hiyla dilkash, tanti odam sifatida ko’rinadi.ammo u bora – bora nobop ijtimoiy muhitda o’jar, mag’rur, o’zboshimcha,shafqatsiz, toshbag’ir kimsaga aylanadi.Asarda Otaqo’zi tomonidan o’tkazilgan zug’umlar, o’zboshimchaliklar bilan barobar, bu zug’umlarning aks-sadosi, hayot qarshiliklari tufayli zo’ravon Otaqo’zi boshiga tushgan chigal savdolar, qalbidagi qiynoqlar ham mahorat bilan tasvgirlangan.

“Otaqo’zilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha ko’rsatish uchun unga qarshi turadigan nihoyatda pok ba halol bir inson, katta shaxs lozim edi- deydiyozuvchi. Bahtimga, men hayotda faqat Otaqo’zi kabi nohalol kimsalarnigina emes, Normurod Shomurodovga o’xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli insonlarni ham ko’p uchratgandim”.

Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqo’zi bilan barobar Normurod domla hayoti fojiasini ham mahorat bilan ochib beradi. Bu odam uzoq va shonli hayot yo’lini bosib o’tgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga ko’p kulfatlar tushgan. U bor kuch-quvvatini , umrini fan, adolat, el-yurt ishiga fido etib, evaziga el-yurtdan hech narsa talab va ta’ma etmaydi. U roman asosida yotgan adolat, diyonat , e’tiqodining o’ziga hos timsoli.U e’tiqod, adolat yo’lida hech kimni, hatto o’zini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u o’zini ko’p qiynoqlarga giriftyot etadi, ma’navit tuban kimsalar bilan olishadi, bu olishuvlar normurod domla dilini vayron etadi.Domlada diyonat, adolat, e’tiqod yo’lidagi qat’iylik, chuqur insonparvarlik, zabunlarga mahr, hamdardlik tuyg’usi bilan yo’g’rilib ketgan ; shuning uchun ham undagi o’jarlik , qat’iylik o’ziga xos joziba kasb etgan.

Muallf Normurod domla obraziga xos- yetakchi fazilatlar- diyonat, metindek e’tiqod jozibasini ochish bilan kifoyalanmay, bu xislatlarning ijobiy ta’sir kuchini, qudratini ham ko’rsatishga muyassar bo’lgan.Bir qarashda Domla musibatlar girdobida qolgan ayanchli shaxs. Ayni paytda kitobxon bu odam ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi.Aslada u mardona, qahramonona ulkan shaxs. Bu adolatparvar, diyonatli, yuksak e’tiqodli odam qarshisida har qanday qing’ir, nopok shaxslar dovdirab qoladi; uning adolatli, diyonati, etiqodi qarshisida hatto Otaqo’zidek zo’ravon odam ham oxiri bosh egadi.

Ulug’bek xazinasi” romani


Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asar “Ulug’bek xazinasi” romani bo’ldi.Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov “Ulug’bek xazinasi” muallifiga yo’llagan maktubida bu roman to’g’risida shunday yozadi:

“Yaxshi kitob haqida gapirish maroqli. Bu- yuksak va olijanob nasr namunasi.Badiiy quvati jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi.Bu esa yaxshi asarning birinchi alomati.Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, ko’nglimda turkey xalqlarimiztarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh urdi. Ulug’bek shunday dahoki, u asrlar osha tariximizga , zaminda tutgan mavqeiga guvoh.Ulug’bek – bizning dildagi ohimiz , hasratimiz.U buyuk insoniy tajribalar haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib mulohazayuritish, hukm- saboqlar chiqarish uchun asos beradigan shaxs…

Ulug’bek men uchun o’rta asrning atoqli olimi bo’lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og’ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo’lganligi uchun ham ulug’dir”.

Romanning ijodiy tarixi:

Yozuvchi garchi ijoddagi birinchi qadamidan boshlab uzoq vaqt zamonaviy mavzuda zamondoshlari hayotidan asarlar yaratgan bo’lsa-da , uni bora-bora o’tmish voqealari, tariximizda o’tgan buyuk allomalar hayoti qiziqtira boshladi.60- yillarning oxirlarida matbuotda ulug’bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida baxs boshlandi.Bu bahsda ilgari surilgan , xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o’rtaga qo’yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko’plab qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg’otdi.Shu paytga qadar “zamonaviy yozuvchi” deb tanilgan, doimo zamonaviy mavzuda qalam tebratib kelgan adibimiz endi hayolan olis tarix saxifalarini “sayr etish ”ga tushdi; ko’pgina tarixiy hujjatlarni , Ulug’bek hayoti va davriga oid manbalarni o’rganib chiqdi.Ulug’bek kutubxonasining taqdiriga aloqador faktlarni qidirdi.Yozuvchi boshda Ulug’bek kutubxonasining qismatidan bahs etuvchi bir sarguzasht qissa yaratmoqchi edi. Bunday qisssa bitildi ham, ammo muallifning undan ko’ngli to’lmadi.Ijodiy ish davom etdi. Xayolda charx urgan fikrlar, gavdalangan obrazlar kengayib, to’lishib jiddiy yirik asar shakliga kira boshladi.Nihoyat , ulug’ allomaning ma’naviy hazinasi, buyuk tojdor olimning ulkan fojiasi haqidagi, qolaversa Ulug’bek toj- taxti va ma’naviy merosi tevaragida brogan shiddatli kurashlar to’g’risidagi o’ziga xos yetuk bir roman maydonga keldi.



Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi:

Buyuk olim , davlat arbobi Ulug’bek hayotiga ko’p adiblar murojaat etganlar. Ulug’bek siymosi yaratilgan sarlar orasida M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug’bekdan so’z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o’tishi mumkin emes.Odil yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan.Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi , roman ham xuddi fojia kabi Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko’pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug’bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o’zining uslubiy, g’oyaviy- badiiy yo’nalishi , poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug’bek” asaridan keskin farq qiladi.

Roman Ulug’bek saltanatining so’nggi tahlakali damlari tasviridan boshlanadi.Shu, og’ir fojiali daqiqalarda shoh va olim Ulug’bek ko’p narsalar haqida o’ylaydi, murakkab ruhiy holatga tushadi. Avvalo u – shoh , temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs.Nima qilib bo’lsada, u hokimiyatni qo’lda saqlab qolish uchun tirishadi. Ammo riyokor, johil raqiblar kurshovida ; o’z o’g’li ular qo’lida qo’g’irchoq , toj- taxt, mansab deb otaga qarshi bosh ko’targan. Bu hol buyuk allomani adasiz qiynoqlar girdobiga tortadi.

Ulug’bekda insoniy g’urur juda kuchli. Shohlik qoni jo’sh turib toju-taxt himoyasi uchun o’g’liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg’usi uni qiynoqqa soladi, El- yurt , kelgusi avlodlar oldida bunday kimsa yo’q. Abdullatif – riyokor. Yana bir o’g’li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj- taxtni ularga ishonib topshira olmaydi. Ulug’bekni hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi- madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi- to’plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari – barchasining zeru – zabar havfi tashvishga soladi. O’sha mushkul damlarda ulug’bek shogirti Ali Qushchiga deydi:

“Tag’in bir narsadan – kelgusi avlodlar bandoi ojizdan hazar qilmasmu. Deb qo’rqamen. Mirzo ulug’bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan , fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir- oqibat barcha shoh, barcha taxt sohib-ariday saltanatni deb, o’z pushti kamaridan bo’lgan farzandi bilan toju taxt talashibdur-da , degan degan nom qoldirmoqdan qo’rqaman…”

Toj-taxt bebaho, tafakkur mahuli-manaviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug’bekning fojiesi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros- toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor. O’z o’g’lidan tortib qo’l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog’lari xyonatkor bo’lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to’plagan, yaratgan ma’naviy meros – nodir kitoblarning munosib vorislari, ishingan, sadoqatli , fidoyi shogirtlari bor. Eng qiyin damlarda ana shu vorislar Ulug’bek qanotiga kiradilar, tashvishiga sherik, dardiga malham bo’ladilar.Ulug’bek merosini ko’z qorachig’iday asrash, avaylashga so’z beradilar.

Ulig’bek taxtdan tushadi, johil amalparastlar qo’lida halik bo’ladi. Hokimiyat tepasiga mutaassib qalloblar qo’lida qo’g’irchoq bo’lmish Abdullatif keladi. “Qora kuchlar” ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag’ishlangan.

Ma’lumki ko’p asarlar odatda bosh qahramonning o’limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o’laroq “Ulug’bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro’y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan.

Bir tomonda- Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg’oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda- Ulug’bekning sadoqatli shogirti Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari…Ulug’bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan , tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasivakillari- madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha , oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi. Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani- Ulug’bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi.

O’sha og’ir sinov paytida maslakdosh shogirtlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi , Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi.Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko’rsatadi. Mavlono Ustozi Ulug’bekdan ko’p yaxshiliklar ko’rgan. Bir tomondan , u bu yaxshiliklarni unutolmaydi.Ikkinchi tomondan , shu ustozi pushti kamaridan bo’lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko’zining oqu qorasi, yakkayu- yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo’lib qolgan. Shu tufayli u Ulug’beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o’giradi.Asarda ikki o’t orasida , iztiroblar olovida qovrilib, telba bo’lib qolgan Mavlononing ruhiy drammasi zo’r mahorat bilan ochilgan.

Umuman, bu roman personajlar ruhiy dramasi tasvirijihatdan adabiyot- imizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug’bek, Mavlono Muxiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo’lgan.
Savol va topshiriqlar:

1. ”Diyonat” romani qanday mavzudagi roman hisoblanadi?

2. Asardagi Otaqo’zi obraziga ta’rif bering.

3. Professor Shomurodov haqida nimalar ayta olasiz?

4.“Ko‘hna dunyo” romanida Ibn Sino va Beruniy obrazlari romanda qanday talqin etilgan?

5.“Muqaddas” qissasi haqida gapiring.

6.Zamondoshlari hayotidan olib yozgan qaysi qissalarini o‘qigansiz?

10-mavzu. Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi

Reja:


  1. Adibning hayot va ijod yo‘li

  2. P. Qodirovning nasriy asarlari

  3. P.Qodirovning romanlari

Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Tojikistonning Shahriston tumaniga qarashli Kengko`l qishlog`ida tug`ilgan. Uning bolalik yillari urush yillariga to`g`ri keladi, u otasi va oila boshiga tushgan kulfatlarga sherik bo`ladi. Halol cho`ponchilikdan suruv – suruv qo`ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho`ro tuzumi tomonidan boy – zodagonlikda aylanib, jo`jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristondagi Keng ko`ldan O`zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog`iga badarg`a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko`z , sinchkov nazar bilan qarashga o`rgatdi. U jamoa xo`jaligida, yo`l qurilishida, Bekoboddagi metallurgiya zavodida ishlaydi.

Maktabda a`lo baholarga o`qiydi. 1946 – 1951 – yillarda ToshDU da, so`ngra Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida ta`lim olib, 1954 – yilda Abdulla Qahhor ijodi bo`yicha dissertatsiya yoqlidi. Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo`shib olib bordi. O`zbek realistik prozasidagi badiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag`ishlangan tadqi qotlar e`lon qildi.

Tashkilotchi, olim, jamoat va davlat arbobi sifatida 1954 – 1963 – yillarda

Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasisi –

ning Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat

Oliy Majlisida mas`ul lavozimlarda ishladi.

Badiiy tarjima yozuvchi Pirimqul Qodirov mahorati shakillanishida mu –

him rol o`ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K. Fedinning

“Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X. Deryayevning “Qismat”

romanlarini o`zbek tiliga tarjima qildi.

1988 – yilda P. Qodirovga “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni,

1998 – yilda El – yurt hurmati” ordeni berildi.

Pirimqul Qodirov asarlaridagi pok sevgi, insoniy muhabbat Mahkam

va Gavhar, Madaminjon va Ma`suda, Mohim bilan Bobur munosa –

batida go`zal tasvirlangan.

P. Qodirov xassos, nozikta`b, o`ziga xos yozuvchisi. Uning asarlaridagi

yetakchi xususiyatlar so`zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi

uyg`unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy

ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jizibada ko`zga tashlanadi.

P. Qodirov 1990 – 2000 – yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining fan, ta`lim va madaniyat qo`mitasining raisi, rais o`rinbosari

vazifasida faoliyat ko`rstadi.



P. Qodirovning nasriy asarlari.

P. Qodirov hikoya va qissachilik emas, balki ayni milliy hikoya va

Qissachilik rivojiga katta hissa qo`shgan yozuvchidir. Uning “Student-

lar” ( 1950 – yil, birinchi hikoyasi, bu kitob chiqqanda u hali ToshDU da

sharqshunoslik fakultening studenti edi ). Yana uning “Jon shirin” 1968-

yilda yozilgan.

Adib qahramonlarini chuqur o`ylar girdobida, ikkilanish, iztroblar jara-

yonida va ijtimoiy dardlar to`qnashgan nuqtada tasvirlashga intiladi.

Shunday asarlardan biri “ Jon shirin “ hikoyasidir.

Hikoyada paxta yakka hokimligi davrida hukm surgan ayrim dahshat –

lar qahramonlarning achchiq taqdiri orqali ro`yirost ko`rsatib berilgan.

Paxtaga sepilgan doridan yosh bola halok bo`ladi. Atrofdagilar zaharlana –

di. Bu mohiyat e`tibori bilan mallatning, irsiyatning paxta zug`umi ostida

zaharlanib borayotganiga, himoya qilinishi lozim bo`lgan haq – huquqi –

ning tili qisqaligiga ishora edi. Aybdorlar esa elni mutelikka slogan mar-

kazdagilarigina emas, uni shu holatda tutib turgan o`zimizdagilar, briga –

dir – u rais, firqa kitobi – yu undan yuqoridagilar. Bir vaqtlar mashhur

“ Nazir otaning g`azabi “da tosh yog`sa ham paxtani terishga da`vat etil –

gan edi. Bu asar esa paxtaga sepilgan dorilar odamni o`ldirib yubirsa ham

rejani bajarish kerak, deyilgan siyisatning insonlar taqdiridagi badiiy ko`ri-

nishi edi.

Yozuvchi hikoyada muteki, qaramlikni keskin fosh etdi. Sodir bo`lgan

dahshatni ochish, aybdorlarni jazolash o`rniga, hamma amaldorlar ishni

bosdi – bosdi qilish tarafdori. Chunki bu ishda hammasining aybi bor, egat-

larni zaharlab bo`lsa – da, yuqoriroq hosil olish va mansab – martabani

qo`ldan chiqarmaslik – hikoyadagi mansabdorlarning maqsadi shu. Sepi –

layotgan dorini, doridagi zaharni bilishmaydimi? Bilishadi. Bolaga, uning

otasiga achinishni ham unutishmaydi. Lekin jinoyatni oshkor qilishmaydi.

Mutelik, qullik davom etversin, bolalar nest – nobud bo`lsa bo`laversin.

Unga qarshi chiqish uchun esa jon shirinlik qilyapti, lekin tokaygacha de –

moqchi bo`ladi yozuvchi.

Hikoya asosida 1997 – yilda yaratilgan videofilm ham muvaffaqiyatli

chiqdi. Badiiy asar markazida, asosan, inson turadi. Uni o`yga, hayajonga slogan muammolar aks ettiriladi.

P. Qodirovning “Qadrim“, “Erk“, “Meros“ qissalari markazida inson

Shaxsiga ehtirom, shaxs tabiatining mehvari sanalmish erk, o`zlik, qadriyat

muammolari qo`yilgan. “Qadrim” qissasi - Iskandar kim nima desa xop

deydigan itoatkor, mutelikni, hatto, ma`lum darajada, oddiy bir hayotiy

haqiqat sifatida qabul qiladigan yigit. U zarur bo`lganda mustaqil fikrni,

xohishini, raddiyasini ham ma`lum qilishga qimtinadi. Sevgilisi Zulayho

esa, aksincha, o`zgalarga qaramlikka ko`nika olmaydi. Uning vujudida

qo`rquvga, hadika, o`zgalarga qaramlikka qarshi bir tug`yon bor. U birov –

ning turtgisi bilangina harakatga kelishni yoqtirmaydi. Mustaqil mushoha –

da yuritmay, o`zganing ta`sirida fikrlay boshlovchi kishidan orlanadi.

Mana shunday xislatli Iskandarni kezi kelganda siltab tashlashgacha bora-

di. Hayotga endi kirib kelayotgan yigit qiyofasida tasvirlangan bu qaram-

likka qarshi isyo, qadr – qimmat, o`zlikni, g`ururni himoya qilish va mus-

taqil fikrlashga da`vat deganda adib kichik bir shaxsiy, xususiy maqsadgina

nazarda tutgani yo`q. Uning zamirida chuqur ijtioiy ma`no: tutqun g`oya –

larga qaramlik va bo`ysunishdan qutilishga chorliv maqsadlarini ham ifo-

dalashga urindi.

Bu haqda asar yozilgandan keyin yigirma yildan so`ng yozuvchining o`zi

bunday deydi: “ Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr – qim –

matimizni yerga urishini ich – ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik.

Lekin buni ochiq aytolmay, “Qadrim”, “Erk” kabi qissalarda ichki erkini

yo`qotgan, mutelik dardiga giriftor bo`lgan qahramonlar hayotini hamdard-

lik bilan ko`rsatish orqali ozodlik va mustaqillikka bo`lgan tashnalikni

qondirishga intilardim “. Bu fikrni tiniq tushunish muhim. Sho`ro tuzumi,

g`oyasi tomonidan qadr – qimmat oyoqosti qilinishi haqida gap borar ekan,

sababini Moskvadan tashqari, ma`lum ma`noda, o`zimizdan ham qidirish

kerak. To`g`ri, tizgin markaz qo`lida edi. Lekin tizginni ishga soluvchilar,

amalgam oshiruvchilar o`z ichimizda, qatorimizda oz emas. Ular o`z yurt-

doshlarimiz, ayniqsa, turli toifadagi amaldor va firqaviylar esi. Qadr – qim-

matimiz, erkimiz, o`zligimiz – o`z qatorimizda yura turib, o`z vatandoshi-

miz bo`la turib, ana shundaylar tomonidan ham oyoqosti qilingani, chin

erkimiz, ozodligimiz bo`g`ib turilgani sir emas.

Yozuvchi qadr – qimmat, erk uchun kurash, o`zgaga mute va qaram bo`l-

maslik g`oya;arini ilgari surar ekan, bunga to`sqinlik qilhan yurtdoshlari –

mizni ko`rsatish orqali, ular timsolida tuzumni va uning tizginini olisdan

boshqarib turganlarni nazarda tutgandek bo`ladi.

Yozuvchi “Erk” qissasi markaziga ham erk va qadr – qimmat masalasini

qo`ydi. Buni asosan, muhabbat va oila orqali yoritdi.

Sattor ota – ona qistovi bilan muhabbatsiz uylandi, farzandli bo`ldi. Uni

rafiqasi Oysha qanchalik sevmasin, ko`ngli isimaydi. Oyshani mutlaq tu –

shunmaydi emas, tushunadi, farzandini ham o`ylaydi. Lekin o`z ko`ngliga,

vijdoniga, qalb amriga qarshi borolmaydi. Munoeiqlik qilib yashashni esa

xohlamaydi.

Sattor inistitutda o`qib yurganida haqiqiy muhabbatini Roziyada topadi.

Shu bilan qissa tugashi mumkin edi. Lekin yozuvchining bosh muddaosi

bunda emas. Barcha qahramonlar vujududagi tug`yon, ko`nglidagi iztrob

iskanjasida, yurak qo`ygan savollarga javob izlash qiynoqlarida ko`rsatilar

ekan, bu izlanishlar erk va qadr – qimmat mohiyatini uqishga bo`ysundiri-

lar. Rost – da Oysha – baxtsiz, farzand – yetim, Roziya – sevilibman deb,

Sattorning o`zi esa, aylanay, yangi muhabbat degancha ketavermaydi – ku!

Bu insonlar yuragida qanchadan talotumlar yotibdi, axir. Atrofdagilar ham

Ularning tutumini turlicha baholaydilar. Bahs – munozaralarning keti ko`-

rinmaydi.

Yozuvchi bu ichki tug`yon sabablarini, ildizlarini izlaydi, badiiy tahlil

etadi va bizga ko`rsatgandek bo`ladi. Xo`sh, Sattor va Oyshaning bu ahvol-

ga tushish sababi nimada? Erksizlikda, erk degan muqaddas tushunchani

e`zozlay bilmaslikda, deb javob beradi yozuvchi badiiyati. Xastaman, uy –

langaninigni ko`rib qolay, deb ota o`qishga ketayotgan o`g`lini o`z ra`yiga

ko`ndirgan. Qaytib kelguningcha Oyshaxonni birov ilib ketadi, deb onasi

ham o`g`lini uylanishga qistalang qilgan.

Boshqa tarafdan, Oysha ham Sattor o`zini sevish – sevmasligini aniq bil –

may, o`zining ham Sattorga ko`ngli bor – yo`qligini chuqur his etmay te –

gavergan. Muhabbat degan xilqat talablariga Sattor tuyg`ulari bilan javob

beradimi – yo`qmi, o`ylab o`tirmagan. Oyshadagi itaotkorlik, g`urur sust –

ligi uning erkiga g`ov bo`ladi. Demak, ikkala qahramon ham o`z erki qad –

riga yetmagan, ikkovi ham erksizlik qurboni. Qissa oxirida Sattor Oyshaga

yordam qo`lini uzatadi, Oysha ko`nglida o`zini anglash, g`urur hislari

uyg`onadi. O`z qalblarini o`zlari tahlil etish natijasida qahramonlar asar

nihoyasida erk tug`yusining muqaddasligini anglash yo`liga o`tadilar. Sat-

tor ming mulohazalardan so`ng Oysha tomonda qolish burchi ekanini his

etadi. Lekin yozuvchi, ayni vaqtda, Sattor, Oysha, Roziyalar taqdirini ochiq

qoldiradi. Buni o`zidan ko`ra kitobxonlar hal qilishiga moyillik bildiradi.

“Meros” qissasida yozuvchi el – yurtni doimo to`lqinlantirib yurgan

muammo – paxtachilik mashaqqatlarini qalamga oladi. Unda butun umrini

paykalda o`tkazyotgan, hirmat – azzat – u azob – uqubatini shu mehnatdan

topayotgan paxtakorlarning halol, jozibali qiyofalari aks ettiriladi. Bu meh-

nat bizga otameros, dala ilmi, paxtachilik qonimizga singib ketgan, degan

g`oyani ham ko`rmaslik mumkin emas.

Yozuvchi Yolqin Otajonov timsolida paxtachilik mashaqqatlarini butun

tafsilotlari bilan haqqoniy tasvirlaydi. Ammo bu tinib – tinchimaslik meh –

nat farog`ti sifatidagina taqdim etilmagan. Yozuvchi bu mehnatni doim

mustaqil mushohadasiz, itoatkorona qabul qilingan jarayon sifatida ber –

maydi. Paxtakor xalqining bu masalaga nolavor munosabatini adib Tursun

qiyofasida umumlashtirishga harakat qiladi. Tursun ba`zan paxta mehna –

tidagi zo`riqishdan, e`tiborsizlikdan, adolatsizlikdan ochiqdan ochiq noliy-

di. Bu erk – iroda, qadr – qimmat va umidini bukib tashlayotganlarga isho-

ra edi. Biroq, afsuski, bu qarash asar mehvariga ko`tarilmaydi. Yolqin

Otajonov kabi yetkchi qahramonlar faoliyati va dunyo qarashida ko`rin –

maydi.


“Meros” yozilgan o`tgan asrning 70 – yillarida bu fikrlarini ilgari surish

qiyin edi. Sho`ro siyosati va mafkurasi bunga yo`l qo`ymasdi. Bulardan

qat`iy nazar, qissadagi Yolqin Otajonov obrazi yozuvchining mahorat bilan

yaratgan jonli, intiluvchan, jozibali qahramonlari qatorida turadi.

Adib mahorati romanlarida yangi bosqichga ko`tarildi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin