Yoshlar haqida qissa
Badiiy ijod tarixi shuni ko’rsatadiki, aksar yozuvchilar hikoya janrida anchagina tajriba orttirgach, undan kattaroq qissa janriga o’tadilar. Sh. Xolmirzayevda bu har ikkala janrda muvaffaqiyatli ijod etish deyarli bir vaqtda boshiandi. Bir necha hikoya yozgach, ko’p ham vaqt o’tmay, u o’zini qissa janrida sinab ko’rdi. Bu vaqtda u yigirma yoshlardagi talaba edi. „Tog'Iar orasida" qissasi gazetada chop etildi. So’ng „Oq otli" nomi bilan kitob holida bosilib chiqdi. Yigirma ikkiga kirgan yozuvchi keyingi qissasida turmush muammolariga, ayniqsa, inson tabiatini belgilovchi axloqiy-ma'naviy masalalarga anchagina jiddiy qaray olishini ko’rsatdi. Asardan asargagina emas, qayta ishlangan bir asar misolidayoq o’sib bordi. „To’lqinlar" qissasida qahramon asar oxiriga borib, bizga yaxshilangan, to’g’rilangan tarzda taqdim etilsa, qissaning qayta ishlanib, „Bukri tol" nomi bilan kitob holida nashr etiigan nusxasida Ma'murjonni tuzatishdan, yaxshilashdan voz kechadi. Bu hol yosh adibning sotsialistik realizm prinsiplaridan ko’ra, hayot haqiqati va badiiy haqiqatga amal qilish muhimroq deb tushuna boshlaganini ko’rsatadi.
„Bukri tol" deb berilgan nom kitobxonni qissa qahramoni, va asar mohiyatidan falsafiy umumlashmalar chiqarishga undaydi.
„o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi yigirma besh yoshli yozuvchiga o’zbek kitobxonlari orasida shuhrat keltirdi.
Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag’ishlangan bu qissa, mana, deyarli qirq yildan buyon, yoshlar tomonidan sevib o’qiladi. Bunday masalalarga bag’ishlangan asarlar o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham oz emas. Lekin „o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi ulardan nainki sujet, qahramonlarning qismat-taqdiri, balki ularning o’ziga xos tarzda tepib turgan yuragidan taralayotgan nurning yozuvchi qalami ostida xuddi muhabbatning o’zidek samimiy ohanglarda jaranglashi jihatidan diqqatni tortadi.
Gap qissaning Jamshid,- Umida va Tilov muhabbatiga bag’ishlanishida emas. Dunyo adabiyotida sevgi bobida bunday „uchburchak" talqin bisyor. Gap, taqdir tufayli (Jamshidning otasi, Tilovning esa onasi vafot etib, bu ikki yoshning ota-onalari oila quradilar) Tilov bilmasdan, Jamshid sevib yurgan va bu muhabbati qabul qilingan Umidaga ko’ngil qo’yishi, buni sezgan Jamshid o’zini chetga olganda, Umida achchiq qilib, Tilovga tegib ketishi, to’ydan so‘ng xato qilganini anglab, pushaymon bo’lib. Sevmagani bilan yashay olmasligini tushunib, uyiga qaytishida ham emas. Hamma gap mana shu voqealar zamiridagi dard, ayanch, iztirobni, umid, ishonch va armonlarni; ularni o’zida mujassam etgan xarakterlarni milliy bo’yoqlarda, har bir qahramonga munosib tarzda mehr va sehrbilanbadiiy tasvirlashda. Bularni kitobxonlarga „yuqtira" olishda. Va eng asosiysi, shu tasvirlanganlarning o’quvchi qalbiga o’tib, ularning ma'naviy yuksalishiga ta'sir ko’rsatishida; tegishli xulosalar chiqarishga undab, ularga ibrat bo’lishida.
Hurmatli o’quvchi, siz o’zbek adibining bundan qirq yil avval yozgan ushbu asariga qaysi bir jihatlari bilan yaqin turuvchi koreyalik san'atkorlar yaratgan ajoyib „Qish sonatasi" nomli ko’p qismlik telefilmni tomosha qilgansiz, albatta. „o’n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi ham sizda shu filmdagidek go’zal tuyg’ularni uyg’ota oladi. „Muhabbat bu o’zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yangilaydi", degan edi buyuk Xodi Toqtosh. Shunga o’xshab, Jamshid, Umida, Tilovlarning yuraklaridagi yangi tuyg’ular yozuvchi Shukur Xolmirzayevning ham qalbidan o’tib, yangi asar yozilishiga olib kelgan. Bu qissa asosida bizda ham „Qish sonatasi" yanglig’ telefilmlar yaratilsa, nechog’lik soz bo’lur edi.
Shukur Xolmirzayevning „Bulut to’sgan oy" asarida hikoya unsurlari kuchli bo’lsa-da, u janr jihatidan qissaga yaqin turadi. Bu xususiyat qahramonlarning hikoyaga nisbatan birmuncha ko’pligida, xarakterlar va voqealarning chuqurroq tasvirlanishida namoyon bo’ladi.
Bu asarda ham yozuvchi muhabbat bilan aloqador qismatga murojaat etadi. Lekin ilgari yetarlicha yoritilmagan qalb muam-molarini ko’rsatishni asosiy maqsad qilib qo’yadi. Ko’rinadiki, qalb va uning dardi, bu xilqatning qirralari tasviri Sh. Xolmirzayev ijodida, umuman muhim o’rin tutadi.
Alloh Gulsarani go’zal yaratdi. Dilbar ovoz berdi, bo’y-bast berdi. Ko’zi tushgan yigit hech bo’lmaganda yuragi kaptardek pitirlar edi.
Lekin ota qizining ra'yiga qaramay, awalgi oilasidan farzand ko’rmagan prokuror do’stiga tegishga majbur qiladi. Yaratgan bu oilaga ham farzand bermadi. Yozuvchining maqsadi bu oilaning baxtsizligi yoki Gulsaraning bebaxtligini ko’rsatishgina emas.
Gulsaraning qalbida tug’yon paydo bo’ladi, eridan ketadi. Agar yodingizda bo’lsa, Abdulla Qahhorning „Dahshat" hikoyasi qahramoni Unsin qalbida ham shunga yaqin bir isyon ko’tarilgan edi. Lekin Gulsaradagisi — boshqacha. Qadamidan nafas olishigacha ta'qib va nazoratda bo‘lgan, bamisoli qafasdagi qushdek yashagan Gulsara yuragi otasidan,eridan, havotdagi hamma narsadan faqat o‘ch olish istagi bilan yonadi. Bu istak uni mudhish yo’llarning qorong’u go’shalariga yetaklaydi. Umr o’ta boradi. Quwatjon, Tavakkal ismli es-hushli, mard, to’g’riso’z, ma'naviy dunyosini is bosmagan kishilarga duch keladi. Gulsara qalbida hayot va odamlar u o’ylaganchalik faqat /azil va rasvo emas ekan, degan ishonch tuyg’ulari uyg’onadi. Hayot uning qalbiga yana yorug’liklar sola boshlaydi. Hamma narsadan o’ch olmoqchi bo’lgan va noma'qul yo’lga kirgan Gulsarada vijdonning yulduz ko’zlari hali batamom yumilmagan ekan. Hatto hayotda imonli, idrokli, hayoli kishilar yo’q emasligini ko’rib, ma'naviy pokiza hissiyotlari qayta gul ochishini kuzatgandek bo’lamiz. Shu bois Tavakkal to’g’ri va toza qo’lini uzatganda, Gulsara o’zini unga nomunosib deb topadi.
Yozuvchi asarda bosh qahramon, yetakchi personajlarning o’zidan tashqari, ularni qurshagan muhit va sharoitni ko’rsatishga ayrim-ayrim chizgi va tafsilotlarda alohida e'tibor beradi, ularga muhim vazifa yuklaydi. Biz ayrim jihatlarini qoralashimiz, qabul qilmasligimiz mumkin bo’lgan qahramondagi xislatlar uchun o’zidan ko’ra va o’zidan tashqari uni tarbiyalagan, shu kuyga solgan muhit, sharoit ko’proq aybdordir, demoqchi.
Ulkan yozuvchilar muhit va sharoit tasviriga alohida e'tibor beradilar. Yuqorida tasvirlaganimizdek, ijodining dastlabki bosqichida Sh. Xolmirzayev „Bukri tol" qissasida muhit va sharoit tasviriga yetarlicha e'tibor bermagan edi. Ijodiy takomil davomida „Bulut to’sgan oy" qissasida esa shu masalaga muhim e'tibor qaratadi.
Sh. Xolmirzayevniiig romanlari
„Qil ko’prik"dan „Dinozavr"gacha. Shukur Xolmirzayevning „QiIko’prik", „So’nggibekat", „Yo’lovchi", „01abo’ji", „Dino-zavr" romanlari turli mavzu va muammolarga bag’ishlangan. „So’nggi bekat" (1974) adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay, sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi norasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. „Bekat" xo’jaligida yashab, mehnat qilayotgan turii toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e'tibori bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bo’lsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga go’yo ishoradek bo’lgan edi. Taxminan o’n besh yil o’tgach bu badiiy „karomat" o’zining tasdig’ini topdi.
1987- yil adib „Yo’lovchi" romanini yaratdi. Ayniqsa, shakli, kompozitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mo’l bo’lgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. •
Oliy maTumotli bo’Iish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga o’tmaydigan xudbin oliy malumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy maTumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma'lumot ham ololmay qoigan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga qayishuvchi, do’stga sadoqatli (bolalikda ari chaqqan o’rtog’ining azoblanayotganini ko’rib, dardini biroz yengillatay deb, o’zini ham ariga chaqtirganini eslang: yozuvchi kichik detal orqali xarakter yaratishga usta) kishi ko’p bor afzal emasmi? Yozuvchi xuddi shu fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettiradi.
„0labo’ji" romanida yozuvchi mastaqillik arafalaridagi sho’ro jamiyatini tanazzulga yetaidaganjarayonlaming ma'naviy va axloqiy asoslarini ko’rsatdi. Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni rasvo yo’lga yetaklashda To’qliboy Qo’chqorov singari kimsan, firqaning manaman degan rahbarlari bosh-qosh bo’lgani ochib tashlandi.
„Qil ko’prik" romanini yozish uchun adib salkam besh yil sarfladi (1978 —1982). Asarda „qizil"larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda, „bosmachi"larga) qarshi olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlanadi. Kitob ham sho’rolar hukm surgan davrda yozilgani bois, firqaviy mafkuraga mos keimaydigan biror gapni aytlsh, g’oyani ilgari surish amri mahol edi. Shu ma'noda, romanda sho’ro maqsadlaririi ko’rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida milliyistiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrixohligi tug’yon uradi. o’ziga xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni „Qil ko’prik"da amalga oshirish uning bosh muddaosi edi. Romanning bosh qahramoni Qurbon. Qizillar uni go’yo o’zlaridan bezgan, o’zlaridan yuz o’girgan kishi sifatida, aslida esa, razvedkachi qilib Ibrohimbek qo’rboshi tomonga yuboradilar. Qurbonning bir vaqtlar Eshoni Sudurga murid va shogird bo’lgani, so’ng undan kelib sho’rolar yo’lini tutgani, endi esa, adashgan ekanman, deb yana bu diniy peshvo katta hurmatda bo’lgan tomonga kelishi qahramonning xatti-harakatini, ya'ni islom lashkarlari tomonga o’tishini asoslashi kerak edi. Shunday bo’ladi ham. Lekin yozuvchi butun asar davomida Eshoni Sudurga nisbatan ham, „bosmachi" deb atalgan istiqlolchilarga nisbatan ham kitobxon qalbida zimdan mehr, xayrixohlik uyg’otib boradi. Buni u ochiq-oydin yozmaydi, lekin qahramonlarini o’ta ehtiyotkorlik bilan, shunday mushohadalar, qalb kechinmalariga chirmab beradiki, kitobxonda tashqi, mafkuraviy jihatdan go’yo zararli ko’rinishi kerak bo’lgan bu qahramonlarga yashirin ravishda xayrixohlik tuyg’ularini uyg’otadi.
Mohiyat e'tibori bilan, bu — nainki bosh qahramonning, balki u va uning atrofidagilar orqali o’z qarashlari, maqsadlarini ilgari surib olayotgan yozuvchining ham sho’ro mafkurasi atalmish „qil ko’prik"dan o’tib olishi edi.
Romanda kitobxon Eshoni Sudur, Ibrohimbek, Said Olimxon, Anvar poshsho singari obrazlarga duch keladi. Qurbon va Oyparcha muhabbati bilan aloqador kechinmalarni, voqealarni asar markaziga qo’yadi.
Sho’ro siyosatiga to’g’ri kelmaydigan fikrlarni, qarashlarni, yozuvchi, ko’pincha, bu tuzumga nomaqbul salbiy qahramonlar tilidan gapirtiradi. Shunday qahramonlardan biri — Eshoni Sudur. Yozuvchi uning qiyofasiga jadidlarga xos ayrim g’oyalarni sirigdi-rishga intiladi. Natijada, bu qahramon timsolida Vatan, istiqlol, millat haqida qayg’uruvchi kishiga xos fazilatlar yashirin ravishda o’z ifodasini topadi. Adibning Ibrohimbek qo’rboshini tasvirlashida ham unga xayrixohligini sezmaslik mumkin emas. Qo’rboshi deb nom chiqargan bu qahramon butun asar davomida deyarli biron marta o’z Vatani, vatandoshiga tig’ ko’targan holatda ko’rsatilmaydi. Sh. Xolmirzayev „Qil ko’prik" romani orqali sho’ro zamo-nidayoq istiqlol uchun kurashgan, mustaqillik g’oyalarini yashirin tarzda ilgari surishga intilgan adibdir.
Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y bera-yotgan o’zgarishlarni, ba'zan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga ko’rsatayotgan ta'sirini, bir so’z bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini ko’rsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Sh. Xolmirzayevning „Dinozavr" romani shu muammoga bag’ishlandi. Yozuvchi va rejissor Mahkam — asarning bosh qahramoni. Sho’ro jamivntidn siyosatga. uning va'da!ariga ishonib yashagan. Mustaqillik ulug’ niyatlarning vosili ekanidan qafiy nazar, yangi zamon o’zi bilan murakkabliklarni, ziddiyatlarni, qiyinchiliklarni ham olib keldi. Shu sabab Mahkam yangi jamiyat talotumlarini ongi va qalbi bilan yetarlicha chuqur, o’zi qoniqish hosil qiladigan darajada idrok etolmay qiynalishda. U ba'zilarga o’xshab kim nima desa, yugurgilagancha ma'qullab ketavera-diganlar xilidan emas. U hayotda o’zaro munosabatlarda paydo bo’layotgan har qanday yangilikning mohiyatini o’zi mustaqil ravishda idrok etishni xohlaydi.
Romanda turli qahramonlarni uchratamiz. Jamoliddin o’ylab ish tutadi, mushohadakor yigit. Kelajakka ishonadi. Bozor iqtisodi sharoitida yashash, ishlash biz uchun butkul yangilik va mubham emas, bu masalada an'analarimiz bir, deydi u. Shu bois, yurt-doshlarimizning aql-zakovatiga ishonadi, ko’p o’tmay o’zini ham, yurtni ham boyitadigan tadbirkorlar yetishib chiqishiga ko’zi yetadi.
Yozuvchi tasvirda tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi, ma'naviyat masalalariga ham alohida e'tiborni qaratadi. Mahkam akaning xotini Shahlo timsolida oiladagi moddiy yetishmovchilikning milliy tabiatga ko’rsatayotgan ayrim nomatlub ta'sirini ochadi. Zamon talotumlari ma'naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, awalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq irodasi sust kishilarda namoyon bo’lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasini sinovdan, chig’iriqdan o'tkazib, ma'naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari ta'sirida yanada boyitmoqda.
Romanda Abzal, Toirov kabi qahramonlar ham bor. Ularning maqsadi zamonni idrok etib, og’irini yengil qilish emas, unga moslashish xolos. Ularning falsafasi: nima bo’lsa ham baribir, taka bo’lsin-u sut bersin. Abzal sho’ro davrida bolalar shoiri edi. Endi esa, hajga borgani-yu, yodlagan to’rtta hadisini pesh qilish bilah ovora. Bu darajadagi halol, pok kishilar oz emas. Lekin Abzal unday emas, u dunyoviy ilmda ham, diniy ilmda ham borib turgan chalasavod.
Toirov istiqlolgacha firqaviy idoraning kattagina rahbafi,sho’rolar mamlakati tarixi o’qituvchisi bo’lgan. Endi esa unga ho’l-u quruq barobar, awalgi davrni buralab so’kib, istiqbolli odamlarga yaltoqlanib, ular ishonchiga kirib olgan. Aslida axloqiy jihatdan ham anchagina tuban kishi. Biroq hamma Abzal va Toirovlarga o’xshagan emas. Romanda Bo’riboy singari qahramonlar timsolida yangi zamonga munosib ravishda shakllanib kelayotgan ishbilarmon, tadbirkor obrazi gavdalantiriladi. U daromadli savdo-sotiq ishidan tashqari „shifoli suv chiqadigan aziz joylar"ni obod qilishga, awallari savob va niyat ilinjidagina qo’y so’yilgan maskanlarni sanatoriyaga aylantirishga ahd qiladi. Topganiga xalq og’irini yengil qilish umidi bor. Ma'naviyatni yuksaltirishga hissa qo’shish orzusi ham yo’q emas. Qalamkashlarning kitoblarini chiqarishga yordam berishni diliga tugib qo’yadi va h.,k. Bu hayotda shakllanib kelayotgan real hamda adib tahayyulida yashayotgan ideal qahramonning birikuvidan paydo bo’Igan obrazdir. „Dinozavr" „zamonamizning qahramonlarini yarataylik, qani davrimizning, mustaqil jamiyatmizning yangi qahramonlari" tarzida yangi turmush qo’ygan talablarga roman janrida javob berilgan dastlabki asarlarimizdan biridir.
Sh. Xoimirzayev rang-barang janrlarda ijod etadl- »Qora kamar" unmg ana shu rang-baranglikni tasdiq etuvchi asari bo’lib, XX asrning oxirlaridagi o’zbek adabiyotining, dramaturgiyasining sara namunalaridan biri hisoblanadi.
Shunga qaramay, butun o’zbek xalqi qalbida qachonlardan buyon davosiz darddek to’lg’anib yotgan muammoni „Qora kamar" dramasida yoritish uchun Sh. Xolmirzayev jur'at va jasorat bilan qo’liga qalam oldi. „Qil ko’prik" romanidagi usulni davom ettirdi va rivojlantirdi. „Bosmachi" deb atalgan, aslida vatanparvar va millatparvar, fidoyi Xurrambekning kimligini uning o’zini o’zi ochib berish usulida ko’rsatdi. Xurrambek tarafdorlarining qiyofasi, xarakteri va g’oyasi ham monolog, dialoglar orqali shu yo’sinda ochilabordi.
Adib ijodida bayon emas, ko’rsatish, e'tirof emas, tasvirlash san'atining chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada o’zining ajoyib samaralarini berdi. Asar yozilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirg’ochlarini ko’rsatishda muallif badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etdi. Bu kunning yog’dularini tarixga murojaat orqali ochib berdi.. Dramaturg Xurrambekni chuqur ruhiy Iztiroblar ichida ko’r-satadi. Bu millatparvar shaxs fojiasining sabablarini ko’rsatishga alohida e'tibor beradi. o’z tinchini o’ylash Xurrambekka begona. Uning butun o’y-fikri, tashvishi, azobi yurt qayg’usiga qaratilgan. Xurrambek: ,,0'rusiyada inqilob bo 'Igach, endi qutuldik degan edik. Falakning gardishini qarangki, millatimiz sotqinlari O 'rusiyadan askar chaqirib, amirlikning tagiga bolta urishdi. Mamlakatni tag’in 0 'rusiyaga qo 'sh qo 'liab berib qo 'yishdi. Men Vatan ozodligi deganda ana o 'sha bosqinchilardan, xoinlardan ham xalos bo 'lishni, o 'zimiz o z yerimizga xo’jayin bo lishni tushunaman " deydi. Bu qahramon ruhiy iztiroblari, qiynoqlarining mehvari — Vatanga, millatga mehrda. U yurtga bostirib kelgan yog’iylarning kurashlari sababini tushunadi. Lekin o’z yurtiga qarshi kurashgan, bu maqsadda o’z yurtdoshlariga qarshi kurashish uchun qo’liga qurol olganlarning vijdonini, imonini tushunishga ojiz qoladi. Siz sho’roviylar „Vatanga, mana bu osmonday keng o’lkaga ozodlik bera olasizlarmi?" deydi Xurrambek Abdulla Nabiyevga va fikrini davom etadi: „Qachon inson ko’ribdi, bosqinchi bosib olgan o’lkasidan chiqib ketganini? Axir uyam qon to’kayapti! o’z qonini... Bosqinchi hech qachon bosib olgan mamlakati fuqa-rosining boshini silamaydi! Silasa, aldash uchun silaydi!"
Abdulla Nabiyevning aldangani Xurrambekning ich-tashini o’rtaydi. Lekin aldoqchi g’oyalar unga ta'sir ko’rsatib bo’lgan edi. „Yomon aldangansan, jigar", deydi u Abdulla Nabiyevga. So’nggi birgina Jigar" so’ziga muallif juda katta ma'nolarni, qahramon vujudidagi azob-u iztiroblarni jo qila oladi. Shu birgina so’zda Xurrambek bag’ridagi ajib xislatlar bo’y ko’rsatadi.
Dramada Xurrambekning ijtimoiy va shaxsiy dardlari yaxlit ravishda, yuksak mahorat bilan aks ettirilgan. Yakka-yu yagona farzandi Umidjonni va uning o’rtoqlarini Abdulla Nabiyev ta'siriga berilgani va „Yasha Sho’ro"ni ashula qilib yurganligi uchun o’limga mahkum etib yuborishi uning bag’ritoshligi ifodasi va bundan tashqari, bu o’ta dramatik lavha qahramonning shaxsiy va ijtimoiy fojiasiga ishora hamdir. Ayni vaqtda, bu o’ta iztirobli ko’rinishdagi ma'no Xurrambekning Vatan va millat qadr-qimmatini har narsa-dan ulug’ qo’yishining yorqin ifodasidir. Safdoshi, do’sti Ostonning qizillardan kechirim so’rashga chog’lanishi, sho’rolarga ashaddiy qarshi bo’lgan Xo’ja Eshonning asta-sekln yangi tuzumga xay-rixohlik ko’rsata boshlashi ham hayot haqiqatining, ham Xurrambek idealining ichdan yemirila boshlashi edi.
Dramaturg asar oxirida qahramonini o’ldirmaydi, „qizil"larga taslim ham qilmaydi, o’zga yurtlarga badarg’a ham etmaydi. o’z azoblari quyunida tanho qoldiradi. Bu qahramon g’oya-larining o’lmasligiga ishora, yozuvchi ideallarining amalga oshuviga umid, badiiy haqiqatning hayot haqiqati sifatida namoyon bo’lishidir.
Savol va topshiriqlar:
I. Yozuvchining dastlabki asarlari qachon nashr etilgan?
2. Adibning qaysi hikoyalarini bilasiz?
3. „Bodom qishda gulladi" hikoyasining qahramonlari kimlar?
4. Jamshid, Umid, Tilov qaysi qissaning qahramonlari, ular timsolida adib qanday muammolarni aks ettirgan?
5. Yozuvchining qaysi romanlarini bilasiz?
6. „Qil ko’prik" romanida adib qaysi tarixiy davrni gavdalantirgan?
7. „Qora kamar" dramasining asosiy g’oyaviy-badiiy yo’nalishi nimalardan iborat?
8. Millatparvar shaxs fojiasi dramadagi qaysi obrazda va uning qaysi fazilatlarida namoyon bo’ladi?
15-dars. Modern adabiyoti. Rauf Parfi ijodi
Reja:
-
Modern adabiyot haqida ma’lumot
-
Rauf Parfi hayoti va ijod yo’li
-
Shoir she’riyatining mohiyati
Modern adabiyoti
XX asr boshlarida Yevropada modern adabiyot yuzaga keldi. Bu adabiy yo’na- lishning paydo bo’lishiga Botishdagi hayot tarzi va fikrlash yo’sini sabab edi. Bu davrga kelib, ko’pchilik Botish mamlakatlarida fan- texnika , ilm tez rivojlandi, ishlab chiqarish unumdorligi ortdi, odamlarningboyish imkoniyati ko’paydi. Odamda oldingi davrlardagiga qaraganda kamroq qiynalib, ko’proq samaraga erishish va yaxshiroq yashash imkoniyati paydo bo’ldi. Lekin bu imkoniyat alohida odamni ham, butun insoniyatni ham baxtli qilolmadi. Inson aqlining kuchi ommaviy qirg’in qurollari yaratishga, bir- birini o’ldirishga xizmat qildirildi. Bu narsa inson baxti taraqqiyotda, ilm- fan rivojida deb bilgan kishilarni dovdiratib qo’ydi.Ilm- fan yomonlikka xizmat qilishi ham mumkinligi ayon bo’ldi.
Shuning uchun ham bu davrda ishonchsizlik , ezgulikdan umid qilmaslik, hayot,umr,odam va uning intilishlari samarasiz va bema’nidir degan qarash keng yoyildi. Bu hol adabiyotda Modern(fransuzchada – yangi,zamonaviy so’zidan) yo’nalish paydo bo’lishiga olib keldi. Modern yozuvchilar olamni ko’proq qora ranglarda ko’rdilar va tasvirlay boshladilar.Ular bugunga ham, ertangi kunga ham ishonmay qo’ydilar. Fan va texnikaning rivoji odamning tabiatini o’zgartirib yuborgandi. Shu bois modern adiblar odamzodni shu vaqtga qadar ko’nikilmagan holatlarda turli – tuman umidsiz yo’sinlarda tasvirlash yo’lini tutdilar. Modern ijodkorlar oldingilariga o’xshamagan hayotda yashayotgan avvalgilarga o’xshamaydigan odamlarni oldingilarga o’xshamaydigan badiiy shaklda tasvirlay boshladilar.Ular odamzodning kutilmagan jihatlarini aks ettirishga urindilar.
Shuning uchun ham modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi.Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga , borliqda- giga o’xshashi emas, balki odamning ichki olamini , ruhiy to’lg’amlarini aks ettirishi muhim sanaladi. Ular dunyoga o’zgacha nazar bilan qaraydilar. Modern hodisasi faqat Botish uchun emas , balki bizning adabiyotimiz uchun ham xosdir. Jumladan, shoir Rauf Parfi “Qishloqqa qaytish” she’rida shunday yozadi:
Og’ushimda zangori sezgi,
Kiprigimda suyuq hayajon.
Ko’zlarimda yumaloq sevgi,
Shu holicha she’r tamomila tushunarsiz ko’rinishi mumkin. Lekin bir qadar aqliy zo’riqish natijasida shoir “zangori sevgi” deganida yoshlikdagi tuyg’u- larini , “suyuq hayajon” deganda esa o’sha sezgilarni eslash natijasida paydo bo’lgan yoshni, “Yumaloq sevgi ”deganida muhabbatga limmo- lim ko’zni nazarda tutgani anglashiladi.
Avstraliyalik adib Frans Kafkaning asarlari modern adabiyotning mumtoz namunaaridir. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o’z oti bilan atalmaydi. Unda tasvir butunlay ramzlar va imo – ishoralarga asoslanadi.Shuning uchun ham Kafkaning “Jarayon” romani qqahramoni Yozef K. ustidan qo’zg’atilgan jarayon aslida odamning mushkuldan mushkul hayotidir. Kafkaning talqinida odam yashamaydi, balki bir umr sudlanadi. Odam boshqa odamlarga kerak emas, kimsasiz va unga hech kim yordam bermaydi. Shu bois odamning hayotida yorug’lik bo’lmaydi. Lekin ana shu shafqatsiz hukm-u xulosalar g’oyat tasirchan va o’ziga xos tarzda ifoda etilgani uchun ham yuksak badiiy qimmat kasb etadi.
Rauf Parfi O’zturk
Zamonaviy o’zbek adabiyoti, ayniqsa , sheriyatining xilma – xil yo’nalishda rivojlanayotganligi uning yorqin istiqbolidan dalolatdir. Modernizm bugungi o’zbek sheriyatidagi jiddiy uslubiy yo’nalishlardan bo’lib , milliy poeziya - mizning yanada tarovatli va ta’sirchan bo’lishini ta’minlayotir. Bugungi o’zbek she’riyatida o’ziga xos yo’nalish yaratgan shoir Rauf Parfi O’zturk milliy modern she’riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakilidir.
Shoirning hayot va ijod yo’li
Rauf Parfi, taxallusi – O’zturk 1943-yilning 27- sentabrida Toshkent viloyati-
ning Yangiyo’l tumaniga qarashli Sho’ralisoy qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Otasi- Parfi Muhammadamin o’g’li savodli,anchagina o’qimishli kishi bo’lib , sho’rolar quvg’ini davrida Farg’onaning Vodil qishlog’idan Sho’ralisoyga kelib qolgan. Onasi- Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob ko’rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo’lib , u kishi ham asli Farg’onalik edi.
Rauf Parfi 1950- yilda Sho’ralisoydagi yetti yillik maktabga o’qishga boradi va u yerda 1956- yilgacha saboq oladi. So’ng qo’shni qishloqdagi maktabga o’tib , bu yerda 1958- yilgacha tahsilni davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach , o’qishni Yangiyo’l shahridagi kechki maktabga o’tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi . U dastlab Yangiyo’l shahridagi kechki maktabga o’tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi.U dastlab Yangiyo’l tuman gazetasida musahhih bo’lib ishlaydi. O’rta ma’lum olgach , 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) ning jurnalistika fakultetiga o’qishga kiradi. U yerdagi saboqlar 1965- yilda bitgan bo’lsa- da , shoir “Markscha- lenincha falsafa ” deb atalmish fandan o’tolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun universitet diplo’mini ololmaydi.
Rauf Parfi 1966-1967 – yillarda Yangiyo’lda” gazetada muxbiri bo’lib ishladi. 1967- yilda Toshkentga kelib, Kinematografiya davlat qo’mitasida muharrir bo’lib ishlaydi. 1971-1977- yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko’rsatdi. So’ng ”Oydin” gazetasida , 1987- yilgacha yana G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida mehnat qildi. 1987-1989- yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989- yildan 1997- yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Targ’ibot markazida katta muharrir , 1997- 1999 – yillarda “Jahon adabiyoti ” jurnali bo’lim mudiri vazifalarida ishladi. Hozirda erkin ijodkor.
Olamga o’ziga xos ko’z bilan qaraydigan , uning boshqalardan yashirin go’zalliklari va qabohatlarini payqay biladigan Rauf Parfi bolaligidan kitobga o’ch edi. Uning kitobsevarligi shunchalik ediki, deyarli tushunmasa-da , rus tilidagi kitoblarni ham qatorlashtirib o’qib tashlayverardi. Rauf Parfining dunyoqarashi va badiiy didi shakllanishida otasining yaqin o’rtog’i , o’zbek mumtoz adabiyotining katta bilimdoni , taniqli g’azalnavis shoir Abdurahmon Vodiliyning ta’siri katta bo’ldi. Vodiliy hassos qalbli , ta’sirchan o’smirga chinakam she’riyat, uning badiiy joziba qudrati to’g’risida gapirib berar, sanoqsiz misralarni misol tariqasida yoddan keltirib , Raufni hayratga solardi.
Rauf Parfining birinchi sheri 1953- yilning 5- martida o’n yoshida Stalin vafotiga bag’ishlab yozilgan marsiya bo’ldi. U maktabning devoriy gazetasida bosilgan. Taqdirni qarangki, ijodini insoniyat tarixidagi eng yovuz jallodga bag’ishlab she’r yozishdan boshlagan bolakay ulg’aygach , inson erki va huquqlari uchun dadil kurashuvchi ijodkor bo’lib yetishdi . Sal o’tib, iste’dodli o’smirning she’rlari tuman gazetasida chop etila boshladi. Universitetning birinchi bosqich talabasi ekanida uning qalamiga mansub “Laylo” she’ri millat yoshlarining eng sevimli qo’shig’i sifatida kuylanardi.
Shoirning birinchi she’rlar kitobi – “Karvon yo’li” 1968- yilda bosildi. Shundan keyin turli yillarda uning “Aks sado”(1970). “Tasvir”(1973), “Xoti- rot”(1975), “Ko’zlar”(1977), “Qaytish”(1978), “Sabr daraxti”(1986),
“Sukunat” (1989), “Tavba” (2000) kabi bir qator she’riy kitoblari chop etildi.Milliy adabiyot taraqiyyoti va ma’naviyat shakllanishidagi ulkan xizmatlari uchun 1999- yilda Rauf Parfiga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Rauf Parfi o’zbek sheriyatining eng sara namunalaridan bahramand etish maqsadida dunyo adabiyotidagi bir qator mashhur asarlarni ona tilimizga tarjima qilgan. Chunonchi, Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Muhammad Hodiyning “Ozodlik lavhalari” (“Alvohi intiboh”), Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli”, A.Dyumaning “Uch sarboz” va boshqa ko’plab nodir asarlar Rauf Parfi qalami tufayli o’zbek kitobxonlariga yetib borgan. Rauf Parfi 2005- yilda 23- mart kuni vafot etdilar.
Dostları ilə paylaş: |