17-dars. Jahon adabiyoti. Muhammad Hodiy, Frans Kafka ijodi
Reja:
-
M. Hodiy hayoti va ijodi, hamda “Alvohi intiboh” dostoni haqida
-
Franf Kafka haqida ma’lumot
-
Jahon adabiyotining bugungi kundagi ahamiyati
XX asr Ozarbayjon adabiyotining klassiklaridan biri Muhammad Hodiy 1879-yilda Shamaxi shahrida tug‘ilgan. U mulla Aliabbos qo‘lida tahsil olgan. Otasi vafot etib, onasi qayta turmush qurgach, Hodiy bir qancha muddat otasining do‘sti Mustafo Lutfiy Ismoilzoda qo‘lida qoladi. Bu yillarda u sharq mumtoz adabiyoti va falsafasi bilan shug‘ullanadi. Mustafo Lutfiydan arab tilini o‘rgangan Muhammad Hodiy u bilan birga Astraxanga boradi, olti yil mobaynida adabiyot, islom tarixi va fiqhdan ta’lim oladi, mudarris tazyiqi sababli u madrasani tashlashga majbur bo‘ladi hamda otasidan qolgan mulkni boshqarishga urinib ko‘radi, lekin tez orada mulksiz, ishsiz, pulsiz qoladi.
1902-yilda Shamaxidagi zilziladan so‘ng Hodiy ham Kurdamirga keladi. U o‘z ustida qattiq ishlab, ijod qila boshlaydi va buyuk el taniydigan shoir bo‘lib yetishadi. Hodiy ijodiga janrlar xilma-xilligi, usullar rang-barangligi xosdir. Uning asarlari orasida masnaviy, g‘azal, qasida, muxammas, ruboiy, qit’a, epic doston, liro-epik she’r, hikoya, mansura, ocherk, maqola, taqriz, memuarlar, ochiq maktub, reportaj va boshqalar uchraydi. Muhammad Hodiyning badiiy merosi 300 dan ortiq she’r, 70 ga yaqin maqolalardan iborat.
Shoir she’riyatida ko‘p ishlangan xalq mavzusi vatan va erk yo‘nalishi bilan bog‘lanib ketadi. Uning butun ijodi shu uch buyuk timsol atrofida markazlashgandir. U, haqli ravishda, erk bo‘lmagan yerda na erkin nafasolgan xalq, na ozod vatan, na uning taraqqiyoti va na umumiy baxt bo‘ladi, deb hisoblardi.
Muhammad Hodiy ozarbayjon tarjima adabiyoti rivojiga ham katta hissa qo‘shadi. U Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Rumiy va Hayyomlar kabi mumtoz adiblarning arab va fors tilidagi asarlarini mahorat bilan o‘giradi.
M. Hodiy fikri ozod shaxs edi. Shu bois oyog‘I yerda bo‘lsa-da, ko‘ngli osmonda, istaklari chegarasiz edi. Hodiy dunyodagi hamma narsadan haqiqatni baland tutardi.
U haqiqiy hayot va orzusidagi hayot orasida katta tafovut borligini bilar, o‘quvchiga: “Inson o‘zi orzu qilgan barcha go‘zal narsalar: ozodlik,muhabbat, tenglikdan mahrum bo‘lsa, unda bu qanday hayot bo‘ladi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Hodiy ijodining ikkinchi bosqichida dunyo adabiyotida keng yoyilgan “huzni umumiy” (jahoniy g‘am) tamoyili yuz ko‘rsata boshladi. She’rlarida o‘lim dahshatlarini sanash bilan hayot go‘zalligini ko‘rsatgan Hodiy “Saodati zoila” hikoyasida shunday deydi: “Hayot qanchalik achchiq bo‘lsa, shunchalik shirin hamdir”.
Shoirning adolatsiz jamiyatga, achchiq hayotga qarshi qo‘yilib, 1908-yilda yozilgan asari shirin xayollar, go‘zal orzular ifodasi bo‘lmish “Olami musovotdan maktublar” dostonidir. Mazkur asar asosini ideal jamiyat orzusi tashkil qiladi.
1910-yilda Hodiy Istanbulga sayohat qiladi. Hukumatga qarshi chiqishlari uchun shoir 1912-yilda Salonikka surgun qilinadi. 1914-yil fevralida Bokuga qaytib keladi. 1914-yil oxirlarida birinchi jahon urushiga ketadi. Ozarbayjon adabiyotida urush mavzusini eng ko‘p ishlagan muallif M. Hodiy edi. 1918-yil fevralida Ozarbayjonda bo‘lgan inqilobning mohiyatini bilgach, u orziqib kutgani puch ekanligini anglab yetadi. Bu achchiq haqiqat uning oldindan tarang bo‘lgan asablarini battar izdan chiqaradi. 1920-yil may oyida Ganja shahri kasalxonasida vafot etadi va qabri ham Ganja shahrining markazidan joy oladi.
Muhammad Hodiyning adabiy merosi: “Nag‘mayi ahbobona”, “Ishqi muhtasham”, “Toza hayot”, “Sado”, “Haqiqat”, “Ittifoq”, “Taraqqiy”, “Saodati zoila”, “Olami musovotdan maktublar”, “Ishqi muhtasham yoki Aflotun sevgisi”, “Shukufayi hikmat”, “Alvohi intiboh yoxud insonlarning tarixiy fojialari” klassik dostoni va boshqalar.
“Alvohi intiboh” dostoni haqida
Ozarbayjon adabiyotining nodir namunasi hisoblangan bu falsafiy-lirik dostonda bashariyatning qabohati va saodati, ilm rivoji va madaniyatning axloqqa ta’siri, moddiy ne’matlar istifodasi kabi masalalar haqida so‘z yuritilgan. U 1918-1919-yillarda Bokuda yozib tamomlanib, to‘rt kitobcha holida chop etilgan.
“Alvohi intiboh” (“Ozodlik lavhalari”) asari o‘zbek tiliga mashhur shoir Rauf Parfi tomonidan 1997-yilda “Hayot sadolari” nomi bilan ag‘darilgan.
46 qismdan iborat bu asar dunyoning qora bo‘yoqlaridagi tasviri bilan boshlanadi.Shoir jahonni “qonli ovloq”, insonni esa g‘addor ovchi, jallod deb biladi:
Hayotning saslari qoshimda ko‘p faryod shaklinda,
Bu insonlarki qardoshdir va lekin yot shaklinda,
Bu tuproq qonli ovloqdir, bashar sayyod shaklinda,
Adovat doimo border muhabbat ot shaklinda,
Bu dunyo eskidandir sahnayi bedod shaklinda.
Shoir nazdida tarix qon ila yozilgan kitobdir. Hodiy dostonda tarixga murojaat etadi: Qobilning o‘z inisi Hobilni o‘ldirgani, Odam Ato doim g‘amgin, Momo havo hamisha ma’yus yashagani, Yoqub o‘g‘li Yusuf hasratida adoqsiz ko‘z yosh to‘kkani, Misrda fir’avnlar fitna uyushtirishganini eslaydi.
Muhammad Hodiyning tuyg‘ulari shu qadar samimy va yoqimliki, u she’r yozayotgan shoirga emas, balki dardini aytib, yuragini bo‘shatayotgan dardmanga o‘xshaydi. Buning mohiyatini tushunish uchun kishi muallif ruhiga kirishi, o‘sha ruhiyatni ko‘nglidan kechira olishi kerak bo‘ladi. Kitobxon shoir nima demoqchi ekanini shundagina anglaydi.
Frans Kafka hayoti va ijodi
XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborgan, inson va unung umriga o‘zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafka dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan ijodkordir. Millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan yiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstriyalik bo‘lgan yozuvchi o‘zida mutlaqo kelishtirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, chigalliklarni jamlagan odam edi. Kafkaning asarlari inson tafakkurini o‘zgartirib yubordi, uning adabiyot haqidagi tasavvurini yangiladi, odamga o‘zgacha estetik nuqtai nazardan qarash mumkin ekanligini isbotladi. Uning asarlari kishilarga Botishdan oftob chiqqanini ko‘rishday ta’sir qiladi. F.Kafkaning ijodiy taqdiri ham shaxsiy hayotiga o‘xshash chigal edi. Undan uch roman qolgan bo‘lib, uchalasi ham tugallanmagan edi, uchovi ham adibning o‘limidan keyin chop etildi.
Adibning shaxsiyati, hayot va ijod yo‘li. Shaxsiyati, hayoti va ijodiy qismati hanuzga qadar ko‘pchilik uchun jumboq bo‘lib kelayotgan F. Kafka 1883-yilning 3-iyulida o‘sha paytlar Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lgan Praga shahrida tug‘ildi. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901-1905 yillarda mashhur Praga universitetida mashhur huquqshunoslikni o‘rgandi. U doktorlik ilmiy darajasiga egaliga hamda o‘zi qilayotgan ishga juda jiddiy munosabatda bo‘lganiga qaramay, bir umr kam haq to‘lanadigan kichik lavozimlarda ishladi. 1919-yilda sil kasaliga duchor bo ldi. Ushbu yildan e’tiboran xizmatga muntazam qatnamaydigan; tez-tez ra’til oladigan bo‘ldi. 1922-yilda esa salomatligiga ko‘ra nafaqaga chiiqdi. Shundan so‘ng, 1923-yilda Berlinga ketdi. U yerda biroz davolanib, adabiy yumushlar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi. Lekin sog‘ligining keskin yomonlashib ketganligi tufayli adib Pragaga qaytishga majbur bo‘ldi. F. Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahi atrofidagi Kerling sanatoriyasida vafot etdi.
U ko‘proq o‘zi uchun yozadigan adib edi. Shu bois bitganlrini eng yaqin kishilariga, shunda ham unchalik xushlamay ko‘rsatar, tirikligida chop etilgan bir necha asarini esa, do‘stlarining zo‘rlovlari bilan nashriyotga topshirgan edi. Ko‘pincha uning yozganlari stoli tortmasiga qolar edi. Shuning uchun ham dunyo adibning adabiy merosi miqyosidan uning o‘limidan so‘nggina xabardor bo‘ldi. Kafka o‘z asarlarini yaxshi ko‘rmas, ularni chop etishga deyarli qiziqmas, hatto o‘limi oldidan do‘sti Mark Brodga o‘zining chop etilmagan barcha qo‘lyozmalarini tezda yo‘qotib tashlashni vasiyat qilgan edi. “Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman”,- degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. U o‘z asrlari haqida:”Men ularni yaratgan onlarnigina hurmat qilaman, xolos”, - derdi. Shunga qaraganda, Kafka asarlarini shuhrat orttirish yoki qalam haqi uchun emas, balki yozmaslikning ilojini topmagani uchun yozgan deyish mumkin.
Mutaxassislar adibning birinchi romani “Amerika” 1911-1916-yillarda, ikkinchi romani “Jarayon” 1915-1918-yillarda, so‘nggi romani “Qo‘rg‘on” esa 1921-1922 yillarda yaratilganini aytishadi. Yozuvhcining “Evrilish”, “Hukm”, “Jazo koloniyasida”, “Ochlik ustasi” singari hikoyalari, “Otamga xat” essesi hozirda juda mashhur.
Kafka g‘alati shaxsiyat egasi bo‘lgan. Jismonan ojiz, kasalmandoq bola juda ta’sirchan va asabiy bo‘lib o‘sdi. U hamma narsadan ko‘ra ozodlikni, erkni sevar, lekin hech qachon erksevarlikni ochiq namoyon etmas, ozodlikdan quvonib ketmas edi. Adib yolg‘izljkni yaxshi ko‘rib intilar va ayni vaqtda, tanholikdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘eqar edi. Yaqin odamlari ko‘p bo‘lsa-da, uni tushunadigan chin do‘sti yo‘q edi. Intizomli va bilimdon xodim bo‘lishiga qaramay, xizmat vazifasida ko‘tarilmadi. O‘zini “adabiyotman” degan holda’ bor kuchini sarflab ijod qilmadi, lekin uning sirtdan qaraganda, ermakka qilgan ijodi odam va uning tasviri mohiyati haqidagi estetik qarashlarni ostin-ustun qilib yubordi. Chunki Kafka olamni ham, odamni
ham o‘ziga xos ko‘rardi va o‘ziga xos tasvirlashdan qo‘rqmasdi.
Dostları ilə paylaş: |