P. Qodirovning romanlari.
P. Qodirov o`zbek adabiyotini barkamol romanlar bilan boyitdi. Bu ro –
manlar davrning, zamonnig muhim ijtimoiy, insoniy muammolarini haqqo-
niy ko`rsatish, qahramonlar hayoti va jonli xarakterlar pishiq va terin ishla-
nishi jihatidan o`ziga xos.
P. Qodirov Abdulla Qahhorning shogirdi. Uning ijodini ilmiy jihatdan
ham chuqur o`rgangan. Ustozning shogirdiga ham inson, ham yozuvchi
sifatida ta`siri kuchli. Shu ma`noda P. Qodirov birorta asarida hayot haqi –
qatiga zid ish tutmadi, mafkurabozlikka berilmadi, shaxsiy manfaatlar yo`-
lida asarini kimlarningdir manfaatiga moslamadi. Aksincha, u romanlarida
dolzarb va murakkab masalalarni birinchidan bo`lib yoritdi.
Yozuvchi romanlarida qahramonlar harakatidagi kenglik va miqyosni
ko`rsatishdan ko`ra, ular ruhiyatidagi nozik nuqtalargacha kirib borishga
intiladi. So`z sehri bilan tuyg`ularni tilga kiritadi. Hayot manzaralari,
davr muammolari voqealar, hodisalarni mustaqil tadqiq etishni u, ko`proq,
shularning qalblarda to`yinfan hissiy jarayonlarini aks ettirish orqali amal –
ga oshiradi. Uning “ Uch ildiz “, “ Qora ko`zlar “, “ Olmos kamar “
singari zamonaviy romanlari bu masalada tarixiy salmoq bilan nafas olga-
nidek, “ Yulduzli tunlar “, “ Avlodlar dovoni “, “ Ona lochin vido –
si “ singari tarixiy romanlaridan shunga xizmat qiluvchi “ zamonaviy
ruh va falsafiy tafakkur “ ueurib turadi. Zamonaviy yoki tarixiy mavzuda
bo`lishidan qat`iy nazar, bu romanlarning barchasini birlashtirib turadi –
gan fazilat bor. Bu ularning qahramonlari timsolida millatimizga mansub
go`zal va noyob ma`naviy xislatlarning yorqin aks etishidir.
“ Uch ildiz “ ( 1955 – 1958 ) romanida shaxsga sig`inish oqibatlari
keskin fosh etildi. Asar markaziga oliy o`quv yurtidagi hayot, xususan,
talabalar Mahkam va Gavhar muhabbati qo`yiladi. Biroq ular va ularga
kelib bog`lanuvchi boshqa ko`plab qahramonlar taqdirida davrning dolzarb
muammolari ochila boradi. Bular: odamlarni qo`rqitib, tuhmat qilib, titroq-
da ushlab turishga o`rgangan fakultet dekani Hakimov; ana shunday razil –
lik tufayli nohaq qamalib ketgan tarixchi olim Toshev; ilg`or, xolis, millat –
parvar fikrlari, chor hukumati zamonidagi Andijon qo`zg`oloni haqida ijo –
biy fikr aytgani uchun salkam sinfiy dushmanga chiqarib qo`yilgan Ak –
barov va boshqalardir. Bular mafkura iskanjasida bo`lgan zamon dahshat –
laridan ayrim ko`rinishlar edi. Qadr – qimmat mezoni insiniy fe`l – atvor,
imon, vijdon emas, balki mafkuraviy “ sadoqat “ bo`lib qolgan edi.
Stalin vafotidan so`ng o`tgan asrning 50 – yillari o`rtalarida jamiyatda
Jiddiy yangilanishlar paydo bo`ldi. Yangi dunyoqarashli yoshlar yetishib
chiqdi. Ular tuhmat, ig`vorlarga qarshi dadil va mardona kurash boshladi –
lar. Shular tufayligina Akbarov va Toshev singarilarning hayoti omon qol –
di. Gavhar, Mahkam, Ochil singari yangi dunyoqarashli, imonli, vijdonli
yoshlarning sa`y – harakati bilan Hakimov hamda uning hamtovoq shogirdi
Eshonboyevlar tegishli jazolarini oldilar.
Yozuvchi Akbarov timsolida mustaqil fikrlash masalasini ham ko`tarib
chiqdi. Bu qahramon qiyofasida, ma`lum darajada, adibning o`zini ham
aks etadi. “ Uch ildiz “ romanida hayotdagi mafkurabozlikka barham
berilgani, adolatsizlikka chek qo`yilgani aks ettirilibdi – da, deb tushun –
maslik lozim. Adib avvalgi yillarga nisbatan jamoyatda paydo bo`lgan
yangi qarashlarni, yangi shaxslarni real ko`rsatish qatorida, ularga o`z
ideallarini ham singdiradi.
Yozuvchi talqinicha, insonning insoniyligini mafkura emas, balki ma`na-
viy – ma`rifiy asos belgilaydi. Roman nomiga ham inson taqdiri va qiyofa-
sini muhabbat, el – yurtga fidoyili va bilibdan iborat uch ma`naviy – ma`ri-
fiy ildiz belgilaydi, degan g`oya singdirilgan. Deyarli yarim asar avval ya –
ratilgan “ Uch ildiz “ romani istiqlol davrimiz g`oyalariga k`op jihatlari
biln hamohangdir.
Yozuvchi “ Qora ko`zlar “ ( 1963 – 1966 ) romanida oila, burch, ha –
lollik, e`tiqod, to`g`rilik kabi ma`naviy muammolarning yangi – yangi qir –
ralarini yoritdi. Ma`lumki, asar yozilgan zamonda sho`rolar mamlakatida –
qishloq bo`ladimi, shahar bo`ladimi – hamma yoqda hayot farovon, degan
soxta, yolg`on g`oya hukmron edi. Adib esa, O`zbekistonning olis Oyko`l
qishlog`idagi kishilar ma`naviyatini, yashash tarzini aks ettirish orqali ha –
yotning asl, haqqoniy manzaralarini ko`rsatdi.
Xo`jalik raisi Davlatbekov – manfaatparast va mansabparast. “ Nima bizga
Amerika “ qabilida ish tutib, xo`jalikdagi chorva tuyog`iga qiron keltirish-
ga bir bahya qolgan. “ Davlatbekovchilik “ masalasida Ortiq undan ham
ustasi farang. Kattalarga yaltoqlanish uning suygan oshi. Uning nazarida
vijdon degan ikkinchi, uchinchi darajali matoh. Xuddi shu – vijdonga mu –
nosabat aka – uka Ortiq va Avazni bir – biridan keskin ajratib turadi.
Romanda Hulkar, Jannatoy, Cho`lponoy singari ayollar obrazi chuqur
mehr bilan tasvirlangan. Ularning og`ir, mashaqqatli mehnati, olia, muhab-
bat, qadr – qimmat borasidagi erksizligi, “ hurmatli “ o`zgalar inon – ixti –
yoridan chiqa olmaslogi kuyinchak ehtiros va haqqoniylik bilan yoritilgan.
Alloh odamga ulug` yosh bersa, zakovatni, diyonatni ham qo`shib bersin
ekan. Romandagi Ismat bobo esa bunday emas – teskarisi.
“ Qora ko`zlar “ romanida qishloq hayoti tasvirlangan bo`sa, “ Olmos
kamarda “ ( 1977 ) yozuvchi shaharliklar hayotiga murojaat etdi. Asar
qayta ishlandi.
“ Yulduzli tunlar romani “ – asar nainki adib ijodi, balki, XX asr o`z-
bek adabiyoti tarixida muhim o`rin tutadi. Sho`rolar bunday asarlar xalq –
ning ko`zini ochdi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug` ota – bobolar orqali
buyuk o`tmishga, ma`naviy qudrat an`analariga intilish va sadoqatni
kuchaytiradi, deb qo`rqdilar va yanglishmadilar. Bu asar ham shunday asar.
1978 – yil bosilib chiqdi, hatto O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor
bo`ldi ( 1981 ). Lekin ko`p o`tmay asar va yozuvchi boshiga ko`p og`ir
kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni tar`gib qiluvchi asar sifatida
qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi. Yangi
zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi. Bu asar shoh
sarkarda, shoir – benazir inson Z. M. Boburning yorqin siymosi mahorat bn
aks ettirilgan to`laqonli va sermiqyoa badiiy asardir. Roman Bobur siymo –
sini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e`tibor-
li. Humoyun og`ir betob bo`lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi:
“Sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og`ir dardingni xu-
do sendan olib menda bersin….
….. Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi – yu:
- E parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon
berish mumkin bo`lsa, umr – u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azro –
yil mening jonimni olsin – u, xudo Humoyunga shifo bersin!”
Humoyun ko`p o`tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to`g`ri kela –
di. Bobur Hindistonda saltanatni boshqarganda podsho bo`lishning shon –
shavkati bilab bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, yuzi qaro-
lig`larni boshidan kechirgan. Vatan sog`inchi bilan o`rtangan. Shu ma`noda
romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, orzu – armonlarining yuksak mahorati
bilan tasvirlanganini ta`kidlash zarur. Onasi Qutlug` Nigorxonim bilan
Boburning nafas olishdayoq bir – birlarini tushunishlari, inining Xonzoda –
begimni nainki so`z, balki yuark bilan anglay bilishi, shoirning havo emas
ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlaridagi his – hayojonlar
tasviri P. Qodirovning ruhiyat manzaralarini ko`rsatishdagi ustaligidan
dalolat beradi. Qahramon o`z – o`zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan sa –
vollarga shu yo`sinda javob izlaydi va topadi. Zaharlangan Bobur ruhiyati
shunday chiziladi: “Boshidan o`tgan o`lim dahshati hamon xayolidan nari
ketmasdi. Shu qil uzilsa, o`lim deb ataladigan zulmat qa`riga qulab tushi –
shini 2 kun davomida muttassil his qilish unda yashash istagini behad ku –
chaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi uchquni dunyoning barcha
boyliklari – yu, toj –u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga astoydil sezildi”.
Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o`z – o`zidan bo`ladi –
gan ish emas. Buning uchun yozuvchu bunday his – tuyg`ularni o`z qalbi-
dan o`tkaza olishi kerak. Mustaqillik davriga kelib, “ Yulduzli tunlar“dek tarixiy asarning qadr –qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman Vatan, millat, ulug` ota – bobolarimizga mehr – muhabbatni yanada e`zozlashga undaydi.
Savol va topshiriqlar:
1. “ Jon shirin “ hikoyasida sho`ro davrining qanday muammolari aks et-
tirilgan?
2. Adibning qaysi qissalarini bilasiz?
3. Yozuvchining qaysi romanlari bilan yaxshi tanishsiz?
4. “ Ona lochin vidosi “ romaning bosh qahramoni kim?
5. “ Yulduzli tunlar “ romanida qaysi tarixiy davr va tarixiy siymo aks
ettirilgan?
6. Boburning shoh, sarkarda, shoir sifatidagi qiyofasini tahlil qila olasiz-
mi?
7. Adib “ Yulduzli tunlar “ ning davomi sifatida qaysi asarni yozdi va
unda, asosan, kimlarni tasvirladi?
11-dars. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani
Reja:
1.Tarixga ulug‘ hurmat
2. Shoh va shoir
3.Kechmishning achchiq saboqlari
P.Qodirov bu roman ustida o’n yil (1969-1978 yillar)davomida ish olib bordi.Avvalo,Bobur va boburiylar hayoti,qoldirgan merosini sinchiklab o’rgandi,Bobur yurgan yo’llarni kezib chiqdi,Hindistonga safar qildi.Asar 1978 yili “Sharq yulduzi”jurnalida bosildi,oradan ko’p o’tmay rus tilida chiqdi,ko’pgina tillarga tarjima qilindi.Romanni kitobhonlar huddi bayramdek iliq kutib oldi,yozuvchilar,adabiyotshunos olimlar unga yuksak baho berdilar,bu asar tarixga,tarixda o’tgan buyuk siymolarga ulug’ hurmat ruhi bilan sug’orilganligini aytdilar.
Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasbirlash muhim o’rin tutadi.Bu ulkan, murakkab shaxsning tarix sahnasiga chiqqan kunidan boshlab,to o’limiga qadar salkam qirq yillik hayoti,shuningdek,shaxsiy qiyofasi,xarakteri,oilaviy muhiti,ijodkor-shaxs,nosir,olim sifatidagi ma’naviy- ruhiy dunyosi, sarkarda, shoh, fotih sifatidagi faoliyati- barcha tomonlari bir roman doirasidaga keng yoritilgan, holis haqqoniy ko’rsatilgan. Garchi romanda Bobur hayoti keng o’rin tutsada, asar syujetini harakatga keltiradigan kuch Bobur shahsi faoliyati emas, birinchi galda tarihiy hodisalar, jarayonlarning o’zidir.
Yozuvchi XV asr ohirida, XVI asr boshlarida Turkiston, shuningdek, Afg’oniston, Hindiston tarihida yuz bergan muhim voqe’alarni jangu jadallar o’zaro ziddiyat va kurashlarni yorqin gavdalantirib bergan. Bobur hayoti, saroy muhiti, tarihiy voqe’alar bilan yondosh holda asarda oddiy mehnatkash halq turmushi, ahvol-ruhiyati , mehnatkash halq turmushi, ahvol-ruhiyati, tarihiy jarayonlardagi ishtiroki, o’zaro urushlardan, bosqinchilik yurishlaridan chekkan jabri ham o’z aksini topgan. Shular bilan barobar Bobur to’qnash kelgan dahshatli kuchlar – “Imoni zamon”, “ Halifai rahmon” deb atagan Shayboniyhon, shoh Ismoil, Ibrohim Lodi, ularning son-sanoqsiz lashkarlari, beklar, hilma-hil ijtimoiy guruhlar, diniy mazhablar, ular orasidagi ziddiyat, alohida shaxslar taqdiri –bularning barchasi qalamga olingan. Shu tariqa “ Yulduzli tunlar” keng qamrovli asardir.
Shox va shoir obrazi. “Yulduzli tunlar”dagi yozuvchining eng katta yutug‘i, shubhasiz, Bobur obrazidir. Bu romanga qadar o‘zbek adabiyotida Boburdek murakkab, ziddiyatli tarixiy shaxs obrazi yaratilmagan edi. Boburning shoh, shoir va inson sifatidagi ham kuchli, ham ojiz tomonlarini, hayoti va shaxsiyatidagi barcha fazilatu qusurlarini bor bo‘yicha ko‘rsatadi.
Bobur o‘rta asrning o‘ta murakkab, ziddiyatli bir pallasi – temuriylar saltanatining o‘z yurtida yemirilishi, o‘zga yurtlar - Afg‘oniston va Hindistondagi yangidan tiklanishi davrida yashadi. Temur nasli orasida temuriylar saltanatini eng qaltis damlarda saqlab qolish uchun astoydil kurashgan eng sobit shaxs ham, yangi imperiyaning asoschisi ham shu Bobur bo‘lib chiqdi. Bobur Sharqning ulug‘ mutafakkirlari, birinchi galda Alisher Navoiyning yuksak insonparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan, inson qalbini , uning dardu tashvishlarini yurakdan his etishga qobil barkamol bir odam, nozikta’b, haqgo‘y shoir, san’atkor, olim.
Romanda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti – onasi Qutlug‘ Nigor xonimga hcin farzandlik tuyg‘usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzzandlaridan Humoyun bilan Gulbadanga otalik mehri yorqin lavhalarda o‘z ifodasini topgan.Birinchi umr yo‘ldoshi Oyshabegim bilan o‘tkazgan ko‘ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g‘aroyib tanishuv daqiqalari, chin va teng sevgi sururi, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, beorom turmush tashvishlaridan chekkan iztiroblari – barchasi maromida berilgan. Boburning kasallikka yo‘liqqan o‘g‘li Humoyunga o‘z jonini fido etish voqeasi romanda ta’sirchan chiqqan
3-dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi
REJA:
1.Shoirning hayoti va ijtimoiy faoliyati
2.E. Vohidov–she’riyatda “o‘ziga xos sehr sohibi”
3.Yangilanish jarayonlarining o‘ziga xos ifodasi
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyating zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’analari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi ”Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan ”Ruhlar isyoni” , ”Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan ”Oltin devori” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov,Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa,”Eron taronalari” bilan ”Faust” tajribasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.
”Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish-bu katta baxt. Shuning ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimi ob qochgan emasman.Qaynoq xayot ichida yashab ,ishlab o’rganganman”,- deb yozadi shoir.Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida direktor, ”Yoshlik” jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va oliy Majilisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi.Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham taniladi. Shoir ”Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi, ”O’zbekiston qahramoni ” unvoniga sazovar boldi.
E.Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabirida qishloq o’qtuchilari oilasida dunyoga kelgan.Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’etiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar . Avval Ikkinchi jahon urishida qatnashib,og’ir yarodor bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Bo’lg’isi shoirning opasi va ukasi ham go’dakligicha vafot etgan edi. Ikki qisqa umirning yolg’iz yodgori bolib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Uning o’spirinlik ,yoshlik yillari Toshkentda o’tdi.Erkin ulg’aygan xonadan ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi,bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi.E.Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehr va mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakillandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida ”Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi.Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi ”Tong nafasi” ta’labalik yillarida yaratildi.
SHOIR LIRIKASI
Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafas , ham dolg’ali, isyonkor she’rlari orqali joy olgan.
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi.Shoir o’z qo’lidagi qurol-she’r, uning tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burch- vazifasi xususida ko’p o’yladi, she’r va shoir haqidagi qarashlarni bayon etdi. U bular hususida so’z ochganda har doim ijod mashaqatlarini , shoir bo’lish onson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o’z onayurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’lgan fidoyi mexrning samarasidir.
E.Vohidov dastlab xayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot , saodat, yoshlik, muhabbat sururini, hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, ” Yoshligim” g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi:
Yoshligim, kel, kuyga to’lgan
Qalbim oltin sozi bol
Men qo’shib aytay to’lib,
Bir lag’za jo’r ovozi bo’l.
50-yillar oxiri ,60-yillarga kelib vaziyat o’zgara boshlagan, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e’tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an’anaviy she’riy shakil, ayniqsa,g’azalning jonlanishiga olib keladi. Tabiiyki, bu jajayon o’sha kezlari osonlikcha silliq kechgani yo’q. Abdulla Oripov yozganiday, ” mumtoz g’azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo’lib E.Vohidov aruzning tabarruk ostonasidan pospon yanglig’ paydo bo’ldi”. Ba’zi munnaqitlar ishqiy kechinmalarni kuylash, kohna she’riy – aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E.Vohidov ”Yoshlik devori” kitobining ”Debocha”sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi:
Istadim sayr aylamoqni Men g’azal bostonida.
Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida.
She’riyat dunyosi keng, Gulzori ko’p, bostoni ko’p,
Har ko’ngil arzini aytur Neki bor imkonida.
Ey munnaqid, sen g’azalni
Ko’hna deb kamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida.
Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u – sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal shunchaki sheriy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramizi tarizida ham qo’llangan:
Barcha shodlik senga bo’lsin
Bor sitam, zorlik merga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha hushtorlik menga...
Bu johonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber.
Senga bo’sin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
Shoirning ona zamin qismati haqida alamli o’ylari ”Sirdaryo o’lani” she’rida o’ziga hos tarizda ifodalangan.Bu she’r xalq o’lanlari ruhi, ohanglari bitilgan: bir tomanda ona daryoning go’zal ta’rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Shoir nazarida Sirdaryo kohna Jayhun (Amudaryo) bilan birga ona vodiy hayoti, bori, quvonchi, alami, zori; yurt uchun ham tomir,ham yurak... Shoir g’urur bilan:
Sen borsanki, keng vahada hayot bor,
Demak, yurting labida bol, nabot bor...
...Sen patasan, olma, anor va nursan,
O’zbek uchun surursan ham g’urursan,
Ozni yerga tomchi-tomchi berursan
Daryo emas, xalq timsoli erursan,
Oqib turgin, qurib qolma, onajon
singari misralar tizadi. Shoirni mana shu ta’rif-tavsifga sig’mas azim daryoning, chindan ham xalq timsoli deyishga loyiq ona daryoning bugungi qismati qattiq tashvishga, iztirobga soldi.”Nega bukun bemadorsan, haloksan?” deya uni alamli savolga tutadi.
”Arslon o’ynatuvchi”-ijtimoiy pafosi jihatidan 70-yillar o’zbek milliy she’riyatining jiddiy yutig’i. Faqat bugina emas, unda qaramlik dunyosining shavqatsizligi-titikchilik, kundalik hayot tashvishlari tirik mavjudotni, odam zotini ne ko’ylarga solishi ramziy tarizda bugun dramasi, keskinligi bilan ko’rsatiladi.She’rda qaramlarni bir-birlari bilan bog’lab qo’ygan ko’zga ko’rinmas kishanlar ildizi ochib tashlanadi.Uni o’qib, alam iztirob bilan qaramga olingan hodisa,ya’ni to’qaylar podishohi arislonni charsillab yonib turgan olov halqa ichidan sakrab o’tishga majbur qilgan, sher zotini masharaboz qo’liga berib, gumroh tomoshabin- olomon uchun ermak-tomoshaga aylantirgan kuch nima digan savolga o’zingiz javob topasiz.
80-yillar oxiri ,90-yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti, ma’naviyatidagi o’zgarish, yangilanish, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin Vohidov she’riyatida, xususan, ”Yaxshidir achchiq haqiqat” kitobida o’z aksini topdi.Shoirning bu davr ijodida eng xarakterli xususiyat unda chin ma’nodagi ruhiy erkinlikning namoyon bo’lishi hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar:
-
Shoirning qaysi she’rlari, dostonlari bilan tanishsiz, qaysi she’rlarini yod bilasiz?
-
E.Vohidov jamoat arbobi sifatida qanday ishlarni qilgan?
-
”Ruhlar isyoni” dostonining yaratilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
-
Erkin Vohidov ijodidagi fuqarolik tuyg’usi yorqin namoyon bo’lgan she’rlarini eslang. Bunday she’rlarda shoirni qiynagan, o’yga toldirgan hayot jumboqlari va ularning badiiy ifodasi haqida so’zlang.
-
Adibning hayoti va ijod yo’li haqida nimalarni bilasiz?
-
E.Vohidovning birinchi she’riy to’plami qaysi?
14-dars. Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi
Reja:
-
Sh.Xolmirzayev hayoti
-
Adib qahramonlari va ma’naviy qadriyatlar muammosi
-
Sh. Xolmirzayev – taniqli romannavis
XX asrning 60- yiliaridan o’zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo’shgan va XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur Xolmirzayev alohida ajralib turadi.
Adibning hayot va ijod yo’li. U 1940- yiining 24- martida Surxondaryoning Boysunida tug’ildi. Ijodi maktabda o’qib yurgan paytlarida boshlandi. Ilk hikoyalari tuman gazetasida bosildi. 1958-yildan Toshkent Davlat universitetida o’qib yurgan Shukur talabalar davrasida og’izga tushdi. Adabiyot to’garagining markazida bo’ldi. Asarlari matbuotga tavsiya etildi. Dastlabki qissalari nashr etilib, atoqli yozuvchilarning e'tiborini qozonganida, u hali talaba edi.O’zbek adabiyotida tarjimayi holi Shukur Xolmirzayevdek kamtar va kamsuqum adib kam topiladi. Shukur Xolmirzayev universitetni bitirgach (1963), „Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, „Guiiston", „Sharq yulduzi" jurnallarida bo’lim mudiri, ma'lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo’lib faoliyat ko’rsatdi. So’ng butun umrini badiiy ijodga bag’ishladi. Shu ma'noda, adibning asosiy tarjimayi holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshira olmagan ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, o’zidan, do’stlaridan, idealidan o’tgan sifatlar uning asarlari bag’rida yotadi.
Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil etilgan to’garakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini o’ynagani hayotida va ijodida muhim o’zgarish yasadi (Ofeliya rolini boshqa fakultetda tahsil olayotgan Saida ismli qiz ijro etgandi. Havasmand aktyorlar keyin oila qurishadi). Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird munosabatlari yozuvchining u haqda kattagina hujjatli esse yozishiga sabab bo’ldi. Atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qo’shjonov rahbarlik qilgan adabiyot to’garagidagi mashg’ulotlar taassuroti ular o’rtasida do’stona munosabat uyg’onishiga va „U ustoz — men shogird" nomli hujjatli qissa yozilishiga olib keldi. Mashhur musawir, bir muhitda tug’ilib, tarbiya topgan Ro’zi Choriyev bilan qadrdonlik rishtalari u haqda ajoyib bir adabiy portret yozilishiga turtki berdi.Tarjimayi holdagi bu chizgilar izsiz ketmadi. Uning uslubida namoyon bo’luvchi og’ir vazminlik va falsafiy mushohada, keskir haqgo’ylik va hatto ayrim „sharttakilik"da Sh. Burhonov ta'siri-yu, gamletona tabiat, prinsipiallik, hayotga, odamlarga o’tkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga xolis, samimiy munosabatda bo’lishning uyg’unlashib ketuvida ustoz tanqidchidan o’rganishni; tabiatni musawirona chizish, so’zda ham rang, bo’yoqdagi kabi iliqlikni bera olish, rang-tasvirdagi kichik bir cho’g’dek detaldan butun asar qiyofasini yoritib yuborish mahoratlarida rassom do’stining jiddiy ta'sirini sezmaslik mumkin emas.Yildan yilga, asardan asarga yozuvchi mahorati sayqal topa bordi. „Hayot abadiy", „Bodom qishda gulladi" singari to’plamlarga kirgan asarlar, so’nggi yillardagi „Ko’k dengiz", „Xumor", „Qadimda bo’lgan ekan" kabi hikoyalar o’zbek adabiyotida o’ziga xos mahoratli yozuvchi paydo bo’ldi, degan fikrni mustahkamladi. Shukur Xolmirzayev o’zining „Bukri tol", „O’n sakkizga kirmagan kim bor", „Bulut to’sgan oy" qissalarini, asosan, yoshlarga bag’ishladi, ular sajiyasining toblanish jarayonlarini badiiy gav-dalantirdi. Zamonani, o’tmishni chuqur va atroflicha o’rganish, xalq dardi va orzularini aks ettirishdagi ehtiyoj hamda hikoya va qissa janrlarida orttirilgan tajriba, jahon va o’zbek yozuvchilari mahoratini sinchiklab o’rganish yozuvchini turli yo’nalishdagi romanlar yozishga olib keldi.
„So’nggi bekat" ( 1976), „Qil ko’prik" (1978 -1982), „Yo’lovchi" (1987), „0labo’ji" (1991), „Dinozavr" (1996) singari asarlar Sh. Xolmirzayevni jiddiy izlanuvchan romannavis sifatida tanitdi. Ularning barchasi bir xil saviyada emas, albatta.
Romanlarda ham adib o’z ijodiy yo’nalishi va uslubiga sodiq qoldi. Xalqimiz hayotining burilish pallalarini, yurtdoshimiz taqdiridagi muhim jarayonlarni, o’zbekni o’zbek qilgan fazilatlarni, bir so’z bilan aytganda, millat ruhini aks ettirish bu romanlarning ham yetakchi xususiyatidir. „Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bo’lmas ekan" degan o’z iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib turadi. Sh. Xolmirzayev el-yurt oldidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlandi. Unga ,,0'zbekiston xalq yozuvchisi" degan yuksak unvon berilgan. Adib O’zbekiston davlat mukofoti sovrindoridir.
Qahramonlarining aksari uning o’zi tug’ilib o’sgan tuproq —Surxon diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo’ladigan manzil ham ko’pincha shu voha bo’ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o’zbek xalqining, o’zbek tuprog’ining o’ziga xosliklarini tasvirlab beradi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo’ylik, bir qolipdagi iboralarni deyarli uchratmaysiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi.Bu qahramonlar o’zga yozuvchilarning qahramonlariga o’xshamagan: goh to’pori, goh dag’al va chapani,goh kichkinagina bir muhit vakili. Bu qahramonlar o’zligini, millatini, el-yurt tuprog’i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo’yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi. Ular tashqaridan emas, ko’pincha, ichdan jozibali, istarali bo’ladi.
Shukur Xolmirzayev hikoyalari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan muammolarning badiiy tahliliga qaratiladi. Yozuvchi qahramonlari asar g’oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og’ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to’g’ri yo’l' topolmagan, beo’xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o’zining badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi.
„Tabassum" (1984)ga nazar tashlaylik. Jalil ota sho’ro tuzumi uchun astoydil xizmat qilgan, urush qatnashchisi. Keksayganda dardga chalinib, yotib qolar ekan, hayoti birma-bir ko’z oldidan o’tadi. Yigitligida, qizillarning faol jangchisi ekanida quyun qo’rboshini bandi etdi. Uning bu yo’lga din uchun, xalq uchun kirganman, degan so’zlari hamon qulog’i ostida. Shunga qaramay, essiz, unga o’limni ravo ko’rganlar qatorida turdi-ya.
Hayot bilan vidolashuv onlari yaqinlashganda Jalil otaning nabirasiga bir vaqtlar qiziilarga fidoyi xizmat qilgan, qo’rboshi boshiga yetganlarning faoli, qo’sh-qo’sh nishonlar olgan Mo’min cholning nabirasidan sovchi keladi. Jalil ota bu nishonlar egasining qanday fe'1-atvori-yu sadoqati evaziga kelganini yaxshi bilardi. Shu bois, qalbida chuqur iztirob: u xonadonga nabirasini bergisi yo’q. Lekin iloji qancha. Hatto o’limim bu to’yni qoldirishi mumkin edi, degan xayollarga boradi. Qazosi yetganda esa uning yuzida qotib qolgan tabassumni ko’ramiz. Bu nima? Jalil otaning o’z hayotidagi ayrim holatlar, xususan, qo’rboshiga o’xshaganlarning umriga zomin bo’lgani uchun afsusimi? Mo’min cholga o’xshaganlarning ko’ksini soxta aldoq nishonlar bilan to’ldirgan jamiyat ustidan kulib ketdimikan, balki? Ehtimol, o’zi istamagan „o’sha" noma'lum to’yni loaqal o’limi bilan qoldirib ketayotganidan shukronalik belgisidir. Xulosa chiqarishni yozuvchi kitobxonning o’ziga qoldiradi.Nima bo’lganda ham, Jalil otaning umr shomida din uchun, xalq uchun jonini bergan quyun qo’rboshiga xayrixohligi o’z ifodasini topgan Sh. Xolmirzayev qarashlari, nuqtayi nazari zamirida uning millatparvar sifatidagi o’ziga xos qiyofasi yotadi, deyish mumkin. Sho’ro jamiyati hali mustahkam turgan bir davrda bunday fikrni, g’oyani badiiy talqin etish oson emasdi. Sh. Xolmirzayev buning uddasidan chiqdi. Bu, aslida, ko’p o’tmay, „Qora kamar" dramasidagi Xurrambekda ochiq namoyon bo’lajak qarashlarning bir qirrasi edi.
„Bodom qishda gulladi" (1985) hikoyasida yoshlar taqdiri, yoshlar hayoti qalamga olingan.
Bolalik, kasallik bois birmuncha dalliroq, savdoyiroq bo’lib qolgan Nosirjon balog’atga yetgan bir choqda xastaxonada o’zi sezmagan holda Hubbijamolga ko’ngil qo’yadi. Faollashaver, seni qiz sevib qoldi deb, aslida esa mazax qilib, ustidan kulmoqchi bo’lgan atrofidagilar yigit tuyg’ulari yanada alangalanishiga sabab bo’ladilar. Qiz esa unga odob yuzasidangina yaxshi muomalada. Nosirjon Hubbijamolning o’z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo’ladi. Qarashlardagi, ruhiyatdagi angilanish, o’zgarishlarni sovuq urgandek. Ammo, baribir, bu muhabbat baxtsiz bo‘lsa-da, adashgan esa-da, bokira va musaffo tuyg’ular Nosirjonning qalb ko’zlarini ochgan edi. U odamlarni, hayotni awalgidan tiniqroq idrok eta boshlaydi. Yillar davomida unga na devor-darmiyon qo’shni bo’lib kelganlar, na xastaxona-yu dori-darmonlar malham bo’lmagan xasta ko’nglini ishqning bodom guli yanglig’ bokira va nastarin gullari sog’aytirgandek boiadi. Biroq, afsuski, bu qishda ochilgan bodom gullari edi. Asar o’smir qalblarni, ilk muhabbat yoshidagilarni hayotga teranroq boqishga, musaffo tuyg’ularni ehtiyot qilishga chaqiradi. Ularni hech qachon ermakka yo’ymaslik, bu hissiyot ko’z ochgan damlardagi hayotning har bir lahzasi qadrini bilishga undaydi.
„Xumor" hikoyasini Sh. Xolmirzayev jiddiy muammolar talqiniga bag’ishladi. U so’nggi bosqich o’zbek hikoyachiligida kinoya, alamzada quvnoqlik usuli qo’llangan holda yaratilgan asarlardan biridir. Hikoya „Ko’k dengiz" singari nainki o’zbek, balki ulkan miqyoslardagi XX asrning bu janr namunalari qatoridan o’rin olishga haqlidir. Aybi bor odamdek, kechirim so’rayotgandek, u fikrini davom etadi: paxtaga sepilgan dorilar ta'sir qilgan, xolos. Hikoya davomida biz qahramonning farzandi yo’qligini, dalani ko’rmasa xumori tutishini, o’rmalab bo‘lsa ham dalaga chiqib turishini bilib olamiz. U xastahol bo‘lsa ham, fikrini quvnoq ohangda bayon qiladiki, san'atkor yozuvchi tomonidan tanlangan mazkur kinoya usuli asar va qahramonning kitobxonga ta'sirini yanada kuchaytiradi. Qahramon kitobxonning „Dalaga o’rmalab bo‘lsa ham chiqishingdan maqsad nima?" degan savolini qabul qilgandek bo‘ladi-da, o’zining (ayni vaqtda millatning) shu vaziyatdagi holatini ochishga yo’naltirilgan ushbu javobini beradi: „Maqsad — ham xumorni qondirish, ham hissa qo’shish, Labbay?.. Siz bir narsani tushunmayapsiz: u dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi, vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham o’sha bilan bogiiq". Asar uning qahramoni, paxta yakkahokimligi va u tufayli o’zbek xalqi boshiga tushgan zug’um, jabr, noilojlik qismati haqida nihoyatda muxtasar, lekin badiiy o’tkir va ta'sirchanligi bilan qimmatlidir.
Shukur Xolmirzayev o’zbek tabiati, surati va siyratini, o’ziga xos fazilatlari-yu qusurlarini, xullas, o’zi mansub bo’lgan millat ruhiyatini mahorat bilan tasvirlovchi yozuvchidir.
Yozuvchi „Quyosh-ku falakda kezib yuribdi" hikoyasida yangi istiqlol zamoni ta'sirida ro’y berayotgan inson qalbidagi o’zgarishlar bilan, asrlar davomida shakllanib kelgan milliy sajiyaning uchrashgan nuqtasida namoyon bo’layotgan fazilatlar aks ettiriladi. Hikoyada shoir Qudrat, uning oilasi timsolida shu masalalar yoritildi. Bu hikoya ma'lum ma'noda, bo’lg’usi „Dinozavr" romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham edi. Shoir oilasi bilan qishloqqa ketadi, lekin ma'lum bo’ladiki, turmush bu yerda ham osonmas. Biroq yozuvchi maqsadi faqat shu masalaga e'tiborni tortishdangina iborat emas. Asar davomidan bilib olamizki, yozuvchi nazarida, ahamiyatli moddiy ehtiyojdan kam bo’lmagan, balki undan ham mo’tabarroq bir masala bor. Bu xalq — millat tabiatining tirgagi bo’lgan ma'naviy poklik, vijdonlilik, o’zining va o’zganing qadrini baland tuta olish, bu masalada milliy an'analarga sodiq qola bilish — bir so’z bilan aytganda — ma'naviyat masalasidir. Shukur Xolmirzayevning so’nggi yillarda yaratilgan chiroyli asarlaridan biri „Navro’z, navro’z" hikoyasidir. Ma'lumki, sho’rolar xalqimizni qadimdan davom etib kelayotgan bu go’zal milliy bayramni nishonlashdan mahrum qilgan edi. Ming shukrkim, mustaqillik Navro’zni xalqning eng uiug’ shodiyonalaridan biri sifatida qaytadan tikladi. Lekin yozuvchining maqsadi bu bayramni ulug’lash, unga madhiyalar o’qish emas. Adib deyarli barcha hikoyalarida bo’lganidek, bu asarda ham tabiat bahonasida inson qalbini badiiy tahlil etadi. Tabiat ta'sirida inson ruhiyatida kechajak evrilishlarni yoritadi. Sulton, Obid Odiljonovich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlar hikoya qahramonlari, Navro’z nainki tabiatni, balki inson qalbini ham yangilaydi, oliyjanobroq qiladi, degan aqidaga ko’ra, bu ulug’ shodiyona kunda do’stlar ko’pdan buyon arazlashib yurgan ikki olimni murosaga keltirish taraddudini ko’radilar. Sulton zamonni, o’zgarishlarni, qiyinchiliklarni, inson ruhiyatidagi turli holatlarni yaxshi tushunadi, ularga to’g’ri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni CSB, ftcl tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi o’zgartira oladi, na do’stlarning unga munosabati. U awal qanday bo’lsa, hozir ham shunday: o’ziga ortiqcha bino qo’ygan, kekkaygan, do’st uzrini qabul qilishdan ojiz. Navro’zga mengzalgan mustaqillik ham uning dunyoqarashiga yetarli ta'sir ko’rsatolmaydi. Uning fikricha, o’ziga to’q, badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir-u haqir kishining qo’lidan kelishi mumkin. Ma'lumki, sho’rolar kam-bag’alni ham boy qilish o’rniga, bor boylarni ham qashshoq qilib, kulini ko’kka soviirgan edi. Yuqoridagi qahramon qarashlaridan uning ongida o’rnashib qolgan ana shu siyosat hidi kelmaydimi?
Yozuvchi qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy e'tiborni ularning qalbi, ma'naviyati, do’stlarga, yangi hayotga, o’zgarishlarga munosabatini ko’rsatishga qaratadi va hukm chiqarishni o’quvchining o’ziga qoldiradi: Navro’z,nechog’likbuyuk bo’lmasin, baribir, har kimga birdek ta'sir etmas ekan. Navro’z ham nechog’lik go’zal bo’lmasin, tabiatni, odamlarni uyg’otmasin, yangilamasin, u ham hayotning bir bo’lagi-da, axir. ,,0'zbeklar", „Qadimda bo’lgan ekan", „Quyosh-ku falakda kezib yuribdi", „Navro’z, navro’z" hikoyalarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi.
Dostları ilə paylaş: |