1-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash Darsning ilmiy maqsadi



Yüklə 39,63 Mb.
səhifə23/71
tarix12.09.2023
ölçüsü39,63 Mb.
#142858
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
8-s. geom. Umumiy

15-dars
Mavzu: O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangesi
Darsning maqsadi: O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangesi haqida ma’lumot berish. Masalalar bilan tushuntirish.
Darsning ta’limiy ahamiyati: O‘quvchilarni geometriya faniga qiziqtirish, mavzu to‘g‘risida tushyncha berish, bilim va malakasini oshirish.
Darsning tarbiyaviy ahamiyati: O‘quvchilarni mustaqillikka o‘rgatish, erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarga geometrik amallar orqali hisobga, arxitektura-qurilishga oid ilk tushuncha va bilimlarni singdirish.
TK: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi; kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
FK: geometrik shakllar (jismlar); ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar; uchburchak, to‘rtburchak ularning elementlaridan foydalana oladi.
Dars turi: Bilim ko`nikma va malakalarni nazorat qilish va korreksiya qilish darsi.
Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”
Darsning jixozi: Darslik, tarqatma materiallar, rag‘bat uchun gul maketlari
Darsning texnik jixozi: Kadoskop.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangesi
To‘g‘ri burchakli ABC uchburchakda C = 90° bo‘lsa, ABtomon gipotenuza, Ctomon — A burchak qarshisidagi katet, AC tomon esa A burchakka yopishgan katet deyiladi
To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagining sinusi deb shu burchak qarshisidagi katetning gipotenuzaga nisbatiga aytiladi.
To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagining kosinusi deb shu burchakka yopishgan katetning gipotenuzaga nisbatiga aytiladi.
To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagining tangensi deb shu burchak qarshisidagi katetning yopishgan katetga nisbatiga aytiladi.
To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagining kotangensi deb shu burchakka yopishgan katetning qarshisidagi katetga nisbatiga aytiladi.
α burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi mos ravishda sinα, cosα,tgα va ctgα shaklida belgilanadi (o‘qilishi: sinus alfa, kosinus alfa, tanens alfa, katangens alfa.
Yuqoridagi ta'riflardan quyidagi formulalar kelib chiqadi:


Yüklə 39,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin