Teorema. Bir to‘g‘ri burchakli uchburchakning o‘tkir burchagi ikkinchi to‘g‘ri burchakli uchburchakning o‘tkir burchagiga teng bo‘lsa, bu o‘tkir bur-chaklarning sinuslari (kosinusi, tangensi va kotangensi) ham teng bo‘ladi. 1. To‘g‘ri burchakli uchburchakning o‘tkir burchagi sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi deb nimaga aytiladi?
2. O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi nimaga bog‘liq, nimaga bog‘liq emas?
To‘g‘ri burchakli АВСuchburchakning AB gipotenuzasi 13 sm ga, AC kateti esa 12 sm ga teng. Uchburchakning A burchagi sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensini toping.
Agar to‘g‘ri burchakli ABC ( C = 90°) uchburchakda a) AB = 25, ВС= 7; b) AC = 5, BC = 12; d) AB = 41, AC = 40; e) AC = 24, AB = 25 boisa, A va Вburchaklarning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangenslarini toping.
Agar ABC uchburchakda C = 90°, cosA= va AC =3 sm bo‘lsa, uchburchakning qolgan tomonlarini toping.
Agar ABC uchburchakda C = 90°, sinA= va BC =16 sm bo‘lsa, uchburchakning qolgan tomonlarini toping.
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, ulaming o‘zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa:6-7-mashqlar
O‘IBDO‘:________________M. B. Zikiryayeva
Sana: _______________ sinf: 8a Sana: _______________ sinf: 8b 16-dars Mavzu: O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangesi