1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning asosiy xossalari deformatsiyalanishi, elastiklikligi, ideal elastikligi, kuchlanganligi


Doiraviy prizmatik brusning buralishi (asosiy farazlar, ko‘chish vektori komponentalari, Koshining defferensial bog‘lanishlari)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə34/52
tarix22.01.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#80152
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning asosiy xossalari defo

94. Doiraviy prizmatik brusning buralishi (asosiy farazlar, ko‘chish vektori komponentalari, Koshining defferensial bog‘lanishlari). Brusning masalaning elementlar yechimini olish uchun quyidagi farazlar kiritiladi:

  1. Brusning ko‘ndalang kesimlari deformatsia jarayonida tekisligicha qoladilar;

  2. Ko‘ndalang kesimlar orasidagi deformatsiagacha bo‘lgan masofalar o‘zgarmasdan qoladi;

  3. Ko‘ndalang kesimlar deformatsia natijasida bir-birlariga nisbatan buriladilar va ularning radiuslari o‘zgarmaydilar.

biror ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy nuqtasining ko‘chish vektori komponentalari
formulalar bilan aniqlanadi.Bundan Bu esa doiraviy prizmatik brusning buralishidagi Guk qonunidan iboratdir.
95. Tekis deformatsiya (tekis taqsimlangan kuchlar, ko’chishlar, bikr ko’chish). Jismning yon sirtlariga qo‘yilgan tashqi kuchlar o‘qining normal bo‘ylab yo‘nalgan va jism uzunligi bo‘ylab tekis taqsimlangan. Jism ko‘ndalang kesimlari tekisliklarida ular o‘zaro muvozanatlashgan kuchlar sistemasini tashkil etadi. Ko‘rsatilgan chegaralanishlarda deformatsiya natijasida jismning ko‘ndalang kesimlari tekisligicha qoladi va ularning nuqtalari o‘qi bo‘ylab ko‘cha olmaydi. Shunday qilib tekis deformatsiya jism nuqtalarining o‘qiga perpendikular tekisliklardagina ko‘cha olishlari bilan xarakterlanadi: Agar qaralayotgan holda jismning chetki uchlari tekisligicha qolgan holda o‘qi yo‘nalishida ilgarilanma harakatlana olsa, u holda (7.1) dan farqli ravishda ko‘chish nolga teng bo‘lmasdan koordinataga bog‘liq ravishda (bikr ko‘chish aniqligida) chiziqli qonun bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni Jismning bunday deformatsiyalangan holati umumlashgan tekis deformatsiya deyiladi.
96. Tekis deformatsiya holatida dekart koordinatalar sistemasida asosiy munosabatlar (ko’chish vekto’ri, kuchlanish tenzo’ri, deformatsiya tenzori). . Tekis deformatsiya holati odatda o‘qi yo‘nalishida juda katta uzunlikka ega bo‘lgan jismlarda yuzaga keladi. Tekis deformatsiyaga misol sifatida suvning gidrostatik bosimi ostidagi hamda o‘z og‘irlik kuchi ta’siri ostidagi to’sin devor yoki to‘g‘onni keltirish mumkin. (7.2 - chizma). Agar to‘g‘onning uchlari bikr mahkamlangan deb hisoblansa, to‘g‘onning hamma kesimlari, shu jumladan uchlaridagi ham, tekis deformatsiya holatida bo‘ladi. Agar to‘g‘onning uchlari mahkamlanmagan deb hisoblansa, to‘g‘onning o‘qi yo‘nalishida ko‘chishlariga uning asosi bilan asosga tegib turgan yer sirti (to‘gonning tubi) orasidagi ishqalanish natijasida yuzaga keluvchi siljish bog‘lanishlari to‘sqinlik qiladi. Bu holda Sen-Venan prinsipiga asosan tekis deformatsia holatida to‘g‘onning uchlaridan yetarli uzoqlikdagi kesimlari bo‘ladilar.Faraz qilaylik, tekis deformatsiya U holda Koshining olti differensial bog‘lanishlaridan faqat uchtasi qoladi: (7.3) qolgan uchtasi nolga aylanadi


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin