1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning asosiy xossalari defo
154. Qobiqlar nazariyasi asosiy tushunchalari (normal kesimi egriliklari, sirt egriligi).
Qobiq deb ikkita egri chiziqli sirt bilan chegaralangan va ular orasidagi masofa (qalinlik) boshqa o’lchamlariga nisbatan juda kichik bo’lgan jismga aytiladi. Qalinligini teng ikkiga bo’luvchi tekislik qobiq o’rta satri deyiladi. Agar qobiq qalinligi o’zgarmas bo’lsa bunday qobiqlarning holati o’rta sart holatining o’zgarishi bilan aniqlanadi. Agar egri sirtning M nuqtasiga urinma tekislik o’tkazilsa, bu tekislik sirtning M nuqtasiga urinma tekislik deyiladi. Bu nuqtada urinma tekislikka perpendikulyar bo’lgan tekislik bu sirtga normal deyiladi. Sirt normali bo’yicha M nuqtada o’tkazilgan kesim normal kesim deyiladi. Har bir nuqtadan o’tgan kesim cheksiz kichik bo’lakka ajratadi. Hamma tekislik o’rtasidan o’tgan normal vektor orqali o’zaro perpendikulyar tekisliklar bilan bo’lish mumkin. M nuqta normal kesimi egriliklari qiymati K1 va K2 kabi bo’ladi. Agar ko’rsatilgan tekisliklar bosh yo’nalishlari bo’ylab yo’nalgan bo’lsa, Bu egriliklar bosh egriliklar deyiladi.Sirt egriligi boshqa ikki parametr - normal kesim o’rtacha egriligi va K-gaus egriligi bilan harakatlanadi. Bu egriliklar bosh egriliklar bilan quyidagi tengliklar orqali ifodalanadi. ,
155. Yupqa qobiq uchun deformasiya, kuchlanish va ichki kuchlar ifodasi (o’rta sirt egriligi, cheksiz kichik element, Guk qonuni).
Yupqa qobiqlar asosiy ikkita gipoteza asosida o’rganiladi. Bu gipotezalar plastinkalar uchun ham o’rinli bo’lgan : qobiq o’rta sirtiga normal to’g’ri chiziqli element deformasiyalangandan keyin ham o’rta sirtga noral va to’g’ri chiziqli element bo’lib saqlanadi; Qobiq o’rta sirtiga parallel qatlamlarda o’zaro tasir bosim nolga teng. Birinchi gipoteza normal to’g’ri chiziq gipotezasi, ikkinchi gipoteza esa qobiq qatlamlarida bosim yo’qolish gipotezasi deb nomlanadi. Normal to’g’ri chiziq gipotezasi qobiq ixtiyoriy nuqtasi deformatsiyasi orqali ifodalash mumkinligini ifodalaydi. Bu holda uch o’lchovli masala ikki o’lchovliga keladi va ikkita koordinatalardan bog’liq. O’rta sirt deformatsiyasi va yon tomon elementlari burilishlaridan qatlamda deformatsiyalarni paydo bo’ladi
(1)
Bu erda - o’rta sirt deformatsiyasi; - o’rta sirt egilishi va buralishi.
Guk qonuniga ko’ra normal va urinma kuchlanishlar quyidagicha bo’ladi.
(2)