MYurrey nazariyasi Maslowdan farqli o'laroq, Murray barcha ikkilamchi yoki psixogen ehtiyojlar bir xil ahamiyatga ega deb hisoblar edi. Diqqatni u yoki bu narsaga qaratish har bir shaxsning shaxsiyati yoki hayotdagi lahzalar kabi omillarga bog'liq bo'ladi.
Keyin biz Murray insoniyatning ikkilamchi ehtiyojlarini taqsimlagan toifalarni ko'rib chiqamiz.
l.Ambilsiya ehtiyojlari
2Moddiy ehtiyojlar
3Quvvatga ehtiyoj
4.Sevgi ehtiyojlari
5.Axborotga ehtiyoj
Murray, odamlar ham dunyo haqida bilim olishlari va uni boshqalar bilan baham ko'rishlari kerak, deb hisobladilar. Shunday qilib, bizning tug'ma qiziqishimiz ushbu oxirgi ehtiyojlar toifasining bir qismi bo'lib, u o'zimiz o'rgangan narsalarni boshqalarga o'rgatishga moyillikni ham o'z ichiga oladi. Inson resurslariga bo'lgan ehtiyojni bashorat qilish usullari.
83.Irodaviy xususiyatlarni o’rganish metodlari
Iroda borasidagi nazariyalar Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi.
Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’zo’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas
. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi.
V.Vundtning mulohazasicha, 268 irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.
.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:
iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir;
iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir;
iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.
Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi.
P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat'iylik, tirishqoqlik o’zini uddalashni ko’rsatadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo’llanilishi kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha 269 tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan.
Dostları ilə paylaş: |