1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli?



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə21/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq

38. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli?
580-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.



39. Ijarachining ijaraga olingan korxonani yaxshilash deganda nimani tushunasiz?
584-modda. Ijarachining ijaraga olingan korxonani yaxshilashi Korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib bo‘lmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli. Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining bunday yaxshilashga qilgan xarajatlari ijaraga olingan mol-mulkning qiymatini uning sifati va (yoki) undan foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga qaraganda beqiyos darajada oshirib yuborganligini yoki bunday yaxshilashni amalga oshirish vaqtida halollik va oqilonalik tamoyillari buzilganligini isbotlasa, sud uni bunday yaxshilash haqini ijaraga oluvchiga to‘lash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.



40. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi
617-modda. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan bo‘lsa, normal eyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi. Tekin foydalanish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 537-moddasida, 540-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 545-moddasida, 553-moddasining to‘rtinchi qismida, 555-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.




Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin