1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori qanday aniqlanadi?



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə20/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq

36 Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori qanday aniqlanadi?
577-modda. Ijara haqining miqdori Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori nazarda tutilishi lozim. Ijara haqining miqdori to‘g‘risida taraflar yozma shaklda kelishgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan narx belgilash qoidalari qo‘llanmaydi. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida belgilangan bino yoki inshootdan foydalanganlik haqiga, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasidan yoxud yer uchastkasining bino yoki inshoot bilan birga topshirilayotgan tegishli qismidan foydalanganlik haqi ham kiradi. Shartnomada bino yoki inshootning ijara haqi bino (inshoot) maydonining birligi yoki uning boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan bo‘lsa, ijara haqi ijaraga oluvchiga topshirilgan bino yoki inshootning haqiqiy o‘lchoviga qarab aniqlanadi.



37. Korxonani ijaraga berish shartnomasi tushunchasi?
579-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasi Korxonani ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno. Ijaraga beruvchi o‘z qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi bo‘lmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birontasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga o‘tkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi. Ijaraga beruvchidan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va zararni qoplashni talab qilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyingina korxona ijarachiga topshirilishi mumkin. Korxona mulkiy kompleks sifatida ijaraga berilganidan keyin ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan va ijaraga oluvchiga kreditorning roziligisiz o‘tkazilgan qarzlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas. Ijarachi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)si bo‘lmaganligi sababli bajara olmaydigan majburiyatlarni shartnoma bo‘yicha topshirilayotgan korxona tarkibiga kiritish ijaraga beruvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi.




Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin