1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Transport vositasini ijaraga berish shartnomasida transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə18/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq

30. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasida transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
571-modda. Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik Ekipaj bilan ijaraga berilgan transport vositasi, uning mexanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq, ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi. Ijaraga beruvchi zarar ijaraga oluvchining aybi bilan yetkazilganligini isbotlasa, uchinchi shaxslarga to‘langan pul summasini qoplashni ijaraga oluvchidan regress tartibida talab qilishga haqli. Transport vositasi saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmagan holda ijaraga berilganida transport vositasi, uning mexanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar bo‘ladi.



31.Transport vositasini ijaraga berish shartnomasida ijaraga beruvchining majburiyatlari nimalardan iborat?
566-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan holda ijaraga berilganda ijaraga beruvchining majburiyatlari
Ijaraga beruvchi shartnoma amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga berilgan transport vositasini tegishli holatda saqlashi, shu jumladan joriy va kapital ta’mirlashi hamda zarur asbob-uskunalarni berishi shart. Ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha ijaraga oluvchiga ko‘rsatadigan xizmatlari hajmi transport vositasining shartnomada ko‘rsatilgan ijara maqsadlariga mos ravishda normal va xavfsiz ishlatilishini ta’minlashi shart. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq doirasi nazarda tutilishi mumkin. Transport vositasi ekipajining tarkibi va uning malakasi taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarga va shartnomada belgilangan shartlarga, bordi-yu, taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarda bunday talablar belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, –– shunday turdagi transport vositasini ishlatishning odatdagi amaliyoti talablari va shartnoma shartlariga javob berishi lozim. Ekipaj a’zolari ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini saqlab qoladilar. Ular ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanishga doir ko‘rsatmalariga va ijaraga oluvchining transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir ko‘rsatmalariga bo‘ysunadilar. Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ekipaj a’zolarining xizmatiga haq to‘lash, shuningdek ularni saqlash xarajatlari ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi. Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, transport vositasini sug‘urta qilish va (yoki) uning tomonidan yoki uni ishlatish munosabati bilan yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar uchun javobgarlikni sug‘urtalash majburiyati, bunday sug‘urtalash qonun yoki shartnomaga muvofiq majburiy bo‘lsa, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.




Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin