1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə3/10
tarix16.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#183173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akramova D. X kurs ishi

Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini himoyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ular faoliyatini yuritish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini qariyb 70-85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tashkil etadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bankning manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishlari kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foydalanish imkoniyalariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilarning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarmoq uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun albatta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tadbiq etiladi.
Uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank oborotga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank oborotida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar, albatta barqaror daromad manbai hisoblanadi. Bundan tashqari bank oborotiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operasiyalarga yo‘naltirilishi muvofi qlashtiriladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi.

Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin