1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


TAHLILNI AMALGA OSHIRUVCHI SUBYEKTLAR



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə7/10
tarix16.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#183173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akramova D. X kurs ishi

TAHLILNI AMALGA OSHIRUVCHI SUBYEKTLAR

-chizma






Ichki

Tashqi


Markaziy bank



Ichki audit boshqarmasi

Tashqi audit tashkiloti



Mustaqil department va boshqarmalar


Soliq inspeksiyasi



Xodimlar

Tashqi moliyaviy tahlil kompleks ravishda amalga oshiriladi, lekin u tahlil etuvchining maqsadiga muvofi q farqlanadi. Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan kompleks tahlildan asosiy maqsad bank barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi, banklar tomonidan Markaziy bankning o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga rioya qilish darajasi o‘rganiladi. Buning uchun Markaziy bankning maxsus inspeksiyasi tomonidan banklarning o‘z mablag‘lari tarkibi, uning monandligi bank aktivlarining likvidliligi va risklilik darajasi, kredit va investitsiyalarning tasnifl anishi hamda muammoli kredit va investitsiyalarni qoplash uchun zurur bo‘lgan zaxiralarning haqiqatda tashkil etilganligi o‘rganiladi. Haqiqiy holat iqtisodiy normativlar bilan taqqoslanadi va undan chekinishlar mavjud bo‘lgan taqdirda harakatdagi qonun-qoidalar doirasida chora-tadbirlar belgilaydi hamda zaruriy jazolarni ko‘rish mumkin.


Harakatdagi qoidalarga muvofi q har bir tijorat banki har yili bir marta tashqi auditdan o‘tishi va uning tegishli xulosalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Tashqi audit tashkilotini bank aksionerlarining umumiy yig‘ilishida tanlanadi. Yirik banklar o‘zining imijini oshirish maqsadida xalqaro audit tashkilotlarini tanlashlari mumkin.
Tashqi audit tashkilotlari ham banklar faoliyatini kompleks tarzda tahlilini amalga oshiradi. Audit jarayonida bank faoliyati natijalarining xalqaro andozalarga mos kelish darajasi o‘rganiladi. Audit xulosasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsifl ar hamda xalqaro bank faoliyatiga mos ravishda hisobot yili natijasi baholanadi.
2009-yil natijalari bo‘yicha umumiy aktivlari mamlakat bank tizimi aktivining 90 foizidan ortig‘ini tashkil qiladigan 14 Banki «Fitch Rey ting», «Mudis» va «Standart end Pur» kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Soliq inspeksiyasi tomonidan ham bank faoliyati tahlili kompleks ravishda amalga oshiriladi. Ushbu kompleks tahlildan maqsad albatta bank tomonidan davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilishdan iboratdir. Buning uchun inspeksiya tomonidan dastlab bank daromadlarining hisobotlarda o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi, soliqqa tortiladigan daromad miqdorining to‘g‘ri hisoblanganligi, xarajatlar tarkibi va ularning haqiqiyligiga hamda daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning haqiqiyligi, to‘liq va o‘z vaqtida budjet hisob raqamlariga o‘tkazilganligi tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, soliq inspeksiyasi bank tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa soliq turlari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya to‘lovlari kabilarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga ham e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, bank tomonidan harakatdagi to‘lovlar ketma-ketligiga rioya etish darajasi ham o‘rganiladi.
Ichki tahlilning asosiy maqsadi, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bunda faoliyatdagi qonun va qoidadan chetlashishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bankning har operatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanishi lozim. Tahlil natijasida Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashiga zarur informatsiyalar taqdim etish, hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bank faoliyatini yoki ayrim hududlar doirasida kompleks ravishda tahlil qilish bank ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha tahlil asosan ushbu faoliyatni tashkil etish uchun tashkil etilgan department yoki boshqarmalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bankning har bir operatsiyasi yuzasidan asosiy tahlil esa joriy ravishda ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu uning funksional vazifalari sirasiga kiradi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, tashqi tahlil ma’lumotlaridan foydalanuvchilar, kreditorlar, investorlar, omonatchilar, auditorlar va boshqa bank faoliyati bilan qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ichki tahlil natijalaridan foydalanuvchilar esa faqat bank bo‘linmalari hisoblanadi. Bu ma’lumotlaridan bank rahbariyati, ya’ni Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashi tomonidan operativ qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari Bank faoliyati tahlili uning mazmuni jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi.

2

Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin