1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə5/10
tarix16.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#183173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akramova D. X kurs ishi

Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish.
Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchilari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi uchun doimiy darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.
Bankning to‘lov qobiliyati, uning mijozlari tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash, imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarini likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatining maqsadi ham maksimal miqdorda foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun ham bank daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik darajasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank faoliyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qarama-qarshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shunday ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham faoliyat tahliliga asoslanadi.
Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’- min lashga erishish. Bankni o‘z mablag‘larining ko‘payib borishi asosan uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankning aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ay niqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’min lashda uning kapitalining miqdori oshib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham, uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.

Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin